ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son 5
yillarda sevimli nabirasi Muhammad Sultonga atab Amir Temur bog‘ va uning oldida bozor qurdirgan.
1399-1400 yillarda madrasi va xonaqo qurdirgan. 1403-yil Muhammad Sulton kasalligi sababli vafot etgan,
Sultoniyada dafn etilgan. Oradan 1 yil o‘tib, 1404-yil martida Muhammad Sultonning onasi Xonzoda
Begim iltimosiga ko‘ra Samarqandga qabri ko‘chirilib, Amir Temur buyrug‘iga ko‘ra majmua janubiy
qismida maqbara bunyod etilib, o‘sha joyga dafn etilgan[3].
Ushbu voqea to‘g‘risida Ibn Arabshoh Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir
ajoyibotlari) nomli asarida shunday yozadi: ‘’Sayfuddin Xurosonda Muhammad Sulton Rum mamlakatida
vafot topdilar. Nabirasi Muhammad Sulton o‘limi sababli chuqur qayg‘uga cho‘kdi. Temur askarlari qora
libos kiyib uning uchun motam shartlarini ado etdilar. Keyin Temur uning jasadini tobutga solib izzat
iftixor bilan Samarqandga jo‘natdi va shahar ahliga uni ovoz chiqarib yig‘lab, motam tutishini va qora libos
kiyishini farmon qildi.Shahar ahli aza tutib kutib olib Muhammad Sulton o‘zi qurdirgan deb mashhur
bo‘lgan mustahkam madrasaga dafn qildi’’. Bu motam 805 (1403) yilda edi[4]. Nizomiddin Shomiy
“Zafarnoma”sida voqealar bayoni shunday talqin etiladi; “Bu motam olam xalqi dili kuyib hasrat oti
siynasida alanga oldi. Amir Sohibqironning bu fojeada sabru qarori qo‘lidan ketti. O‘zini tutish va chidam
quvvati zaiflashdi. Ikki ko‘zidan pok javohiru la’llar yuz saqfasiga to‘kildi. Oxiri osmoniy hukmga qarshi
chiqish va qazoy ilohidan qochib biron kishiga ham mumkin bo‘lmaganligi uchun nochor qazo hukmiga
bo‘yi qo‘yib kafanlanishga va dafn etilishga majbur bo‘ldilar. Rabboniy taqdir hukmiga bo‘yin egdilar’’-
deb baho bergan[5].
Sharofiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”sida Muhammad Sulton madrasasiga tutash qilib xonaqo
oldiga maqbara qurdirib shahzoda nomiga osh berib, Qur’on tilovat qilinganligini yozadi[6]. Tadqiqotchilar
ma’lumotiga qaraganda, Samarqand hokimi Muhammad Sultonga atab maqbara qurilishini boshlaydi, yetti
yillik yurishdan qaytib kelgan Sohibqiron maqbarani qurib, imoratni past deb topib, boshqa maqbara
qurishni buyurgan.
Huddi shu voqea haqida ispan elchisi Run Gonsales de Klavixo “Samarqandga Amir Temur
saroyiga sayohat kundaligi” asarida shunday ma’lumot beradi.”O‘ttizinchi oktabr kuni podshoh
qarorgohdan chiqib, shaharga qarab yo‘l oldi. Machit oldidagi saroyga kelib tushdi. Ushbu machitni
podshoh Turkiyada vafot etgan nevarasi Muhammad Sulton Mirzoni dafn etish uchun qurdirgan edi.
Temurbek nevarasini juda yaxshi ko‘rar, shu sababli uning sharafiga saroy, machit va maqbarani qo‘rdirgan
edi. Shu kuni podshoh nevarasi xotirasiga xudoyi qilish uchun bu erga kelgan edi. Podshoh nevarasini
Turkiyada vafot etgandan so‘ng Samarqandga jo‘natgan va shahar mahkamasiga ushbu machit va sag‘anani
qurishni topshirgan edi. Podshoh shaharga qaytganda machit qurilishidan ko‘ngli to‘lmadi, uning fikricha,
machit juda past qurilgan edi. Podshoh qahr bilan uni buzib tashlash va o‘n kun ichida yangidan qurishni
buyurdi. Shoshilinch ravishda kecha-yu kunduz tinmay ishladilar. Podshohning shaxsan o‘zi ikki bor
shaharga keldi. Machit o‘n kunda qurib bitkazildi. Shunday ulkan qurilish bu qadar qisqa muddatda
bitkazilganligiga ajablanmasdan mumkin emas, albatta”- deb yozadi[7].Bundan ko‘rinib turibdiki o‘sha
zamon me’morlari tez va sifatli ishlaganligi, Klavixoni ham lol qoldirgan.
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida maqbara qurilishi to‘g‘risida ma’lumot berib,
“Temurbekning nabirasi Jahongir Mirzoning o‘g‘li Muhammad Sulton Mirzo Samarqandning tosh
qo‘rg‘onida-chaqarda bir madrasa solibdur. Temurbekning qabri va avlodidan har kimki Samarqandga
podshohlik qilibtur, alarning qabri ul madrasadadur”- deb ma’lumot bergan[8].
Abu Toxirhoja o‘zining “Samariya” asarida Amir Temur Muhammad Sultonga atab madrasa
qurganini, o‘shalardan kunbotar tarafida o‘zining qabri uchun marmar va yashil toshlardan yuksak bir bino
hamda gumbaz solganini, Mir Said Baraka qabrini Mozondorondan keltirib, gumbaz ichiga ko‘mganini,
uning sahnasida go‘zal bir chorbog‘ tuzganini yozadi[9].
Amir Temur va Temuriylar davri yangi inshootlarni tiklashda mavjud bo‘lgan inshootlar bilan
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini oldindan hisobga olishga. Ularni oqilona ravishda muvozanatlashtirilganlar
shu tariqa badiiy uslubning go‘zallik bo‘yicha takrorlashni arxitekturaviy mazmun vujudga kelgan. Unda
arxitekturaviy shakllar va dekorlarning turli tumanligida, bir-butunlikning arxitekturaviy garmoniyasiga
erishilgan. XIV-XV asrlar me’mori monumental majmualarni yaratishda yagona o‘qda o‘tuvchi ikki bekan
bir-biriga ko‘rishdik eng soda usilni qo‘llagan. Huddi shuningdek qum sharoitlarida bunyot etilgan
inshoatlarga Muhammad sulton Madrasasi va xonqaxi ham kiradi. Maqbarasi esa o‘ziga xos bo‘lib Temur
va Ulug‘bek davri me’morchiligi Rempel.A. ko‘p rangchilik bo‘lishni o‘rganishni deb ko‘rsatgan[10].
Temur va Temuriylar davrida bezak qo‘llashda ikkita bosqish ajralib turadi 1-bosqich XIV-asr ortalarida
,2-bosqich XIV-asr oxiri va XV-asr birinchi yarmini o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda binoning old
tomoni va ko‘pincha ichigaham boshdan-oyoq qo‘shin qoplash odati, ikkinchisi bosqichda bino old
tomonida jo‘shqin ko‘tarilgan binoning birxil rangli hamda peshdoq, ravo, gumbaz va Favvor kabi joylarda
tanlanib yorqin rang berilgan gumbaz tupi zangori bo‘lgan.