Keywords:
civilization, defense, fortress, architecture, the wall of the fortress, architectural
harmony, yellow sulis, Amir Temur, Gur Emir, “Zafarnama”, dome, garden.
O‘rta Osiyoda qadim zamonlardan ilm-fan,memorchili yuksak taraqqiy etgan va insoniyat
tamaddunida muhim iz qoldirgan.Bu borada nemis tarixchisi va faylasufi A.Toynbi shunday takidlaydi:
«Mashhur sivilizatsiyalar soni unchalik ham katta emas, bizga faqat yigirma bitta sivilizatsiyaga bo‘lish
mumkin bo‘ldi. Biroq ularni davom ettirish mumkin. Turli xalqlar, davrlar va mamlakatlarda o‘ziga xos
turli rivojlanish hodisalari yuz bergan. Biroq har tomonlama mustaqil va jiddiy sivilizatsiyalar soni undan
ortmaydi»[1], — deydi. Ular qatoriga Arab, Xitoy, Shumer, Mayam, Hind, Ellin, Fapb, Xristian (Rossiya),
Uzoq Sharq (Koreya va Yaponiya), Eron, Misr, Arab (mullif-Mavoraunaxr), Meksika, Bobil va boshqa
sivilizatsiyalar kiradi. Sivilizatsiyalar tarixida O‘rta Osiyo sivilizatsiyasi axloq sivilizatsiyasi sifatida
shakllandi. Bu jarayonda Amir Temur va Temuriylar davri ilm-fani, madaniyati, me’morchilik hamda
obodonlashtirish sohalaridagi ishlari alohida ahamiyat kasb etadi. Amir Temur me’morchilik va
obodonlashtirish borasida mamlakat poytaxti bo‘lmish Samarqand shahrining rivojlanishiga, gullab-
yashnashiga katta e’tibor qaratgan. Mamlakat poytaxtiga aylangan Samarqandda 1370-yil iyunida quriltoy
chaqirilib uning ulkan shaharsozlik tadbirlari haqidagi rejalari belgilab olindi. 1371-yili qisqa muddat
ichida shahar atrofiga mudofaa istehkomi vazifasini bajaruvchi qal’a devori burjlari bilan oltita
darvozaxona barpo etildi. Oxanin, Feruza, So‘zangaron, Gozuriston (Korizgoh), Buxoro va Shayxzoda
(Chorraha) darvozalari shaharning olti tarafidan keladigan yo‘lni belgilab turardi. Amir Temur
binokorlikda va shaharsozlikda birinchi navbatta shaharning binokorlik salohiyatiga va qurilish
texnologiyasiga etibor qaratgan. Samarqand shahri me’morchiligi yorqin namunalaridan biri shubhasiz
Amir Temur davrida bunyod etilgan Go‘ri Amir maqbarasidir. Maqbara XIV asr ohiri-XV asr boshlarida
qurilgan bo‘
lib Тemuriylar maqbarasi
deb ham yuritilgan bo‘lib, Amir Temur, o‘g‘illari Umarshayx Mirzo,
Shohruh Mirzo, nabiralari Muhammad sulton, Ulug‘bek Mirzo va piru Mir Said Barakalar dafn etilgan.
Maqbaraning g‘arb (qibla) tarafida tasavvuf ta’limotining ulug‘ namoyondalridan Mir Said Umar sag‘anasi,
supa ustiga qo‘yilgan yangi ikki kichik qabrlar bo‘lib ular Mirzo Ulug‘bekning go‘dakligida vafot etgan
o‘g‘illari Abdullo Mirzo(1420-yil tug‘ilgan) va Abdurahmon Mirzo (1421-1432) lar qabrlaridir[2]. Go‘ri
Amir yoki Amir Temur maqbarasi qurilishi to‘g‘risida manbalarda turli ma’lumotlar bo‘lib, dastlab 1389-
Do'stlaringiz bilan baham: |