Sino” aktsionerlik jamiyatida
Ichki investisiyalar hisobidan korxonada olib borilgan
modernizasiya ishlari natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi 2 martaga ko‘paygan, 5,2 mlrd. so‘mlik
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan” [9]
.
“Kinap” aktsionerlik jamiyati
og‘ir moliyaviy holatda faoliyat yuritilganligi sababli 2007- yildan
boshlab “Korxonalarning moliyaviy – iqtisodiy faoliyatini sog`lomlashtirish va tarkibi o‘zgartirish” viloyat
Dasturiga kiritilgan. Shu asosda olib borilgan ishlar natijasida korxona “2007-yil davomida 3,0mlrd.
so‘mlik mahsulot ishlab chiqarishga yerishdi va 2006-yil nisbatan o‘sish sur’ati 166.8 foizni tashkil yetdi”
[10]. 2007 yilning sentyabr oyida “Elxolding” ilmiy ishlab chiqarish korxonaning davlatga tegishli bo‘lgan
98,9 foiz aktsiyalari sotib olindi. 2000-yilda korxonada 100 nafar xodim mehnat qilgan bo‘lsa, 2007-yilga
kelib xodimlarning soni 499 nafarga yetdi.
“
Samkochavto” qo‘shma korxonasi-
avtomobilsozlik sanoati korxonasi “O‘zavtosanoat”
uyushmasi tarkibiga kiradi. “O‘avtosanoat” va “Kochxolding” kompaniyasining hamkorligida tashkil
yetilgan. O‘rta hajmli avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. O‘zbekiston va
Turkiya o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar asosida qo‘shma korxonani qurish to‘g‘risida 1995-yilda bitim,
1996-yilda ta’sis shujjatlar imzolangan. Korxona qurilishini moliyalashtirishda O‘zbekiston Respublikasi
50 foiz, Turkiya tomonidan “Koch Avtoinvest LTD 40 foiz, “Ram Dish” komponiyasi 5 foiz ulishi bilan
qatnashgan. “1999-yil mart oyida “Sam Koch Avto” qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. O‘sha yili
foydalanishga qulay, ixcham 163 ta avtobus va 302 ta yuk avtomobili, 2000 – yilda yesa 483 ta avtobus va
102 ta yukavtomobili ishlab chiqarildi. Respublika aholisi uchun “Otayo‘l” rusmli avtobuslar asosiy
transport vositasiga aylandi” [11].
“2002-yilda shaharlararo yo‘lovchi tashuvchi turbodizelli dvigatel o‘rnatilgan avtobuslar va 10
tonna yuk ko‘taradigan yuk mashinalari ishlab chiqarila boshladi. Shuningdek, o‘to‘chirish, assenizasion,
evakuator, yoqilg‘i , ichimlik suvi, chiqindi, non va non mahsulotlarini tashuvchi maxsus avtomobillar
ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi” [11].
“2003-yilda shahar ichida 50 yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtobus, 20 tonna yuk
ko‘taradigan “Ford” rusmli yuk mashinasini ishlab chiqarish boshlandi” [12
]. Korxonada Yаponiya,
Germaniya, Italiya, Angliya va Turkiyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy texnologik uskunalar
o‘rnatilgan. Korxonada 2002-yilda 414 ta avtomobil ishlab chiqarildi. Korxona mahsulotlari O‘zbekiston
ichki bozorlariga sotilishi bilan bir vaqtda Rossiya, Ukraina, Qozog‘iston, Afg‘onistonga eksport
qilinmoqda. Samarqand avtomobil zavodi “Sam Avto” jahon bozorida chinakam raqobatchiga aylandi.
Korxonada ishlab chiqarilayotgan turli hajmdagi avtobus va yuk mashinalar o‘z texnik sifati, dizayni
xavfsizligi, ekologik me’yorlarga to‘la javob berishi bilan mutaxassis– ekspertlarning yuqori bohasini
olmoqda. Samarqand avtomobillarining raqobatbardoshligi oshganligi xususida gapirganda, bu avvalo
xorijlik hamkorlar bilan aloqani sifatli yo‘lga qo‘yilganligidadir. “Sam Avto” korxonasi 2007-yildan
Do'stlaringiz bilan baham: |