ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son
22
boshlandi. German fashizmining mohiyatini o‘rganish va fashizmga qarshi kurash undagi tadqiqotning
oldingi safidan joy oldi. Uning ilmiy biografiyasi yil o‘tgan sayin boyib bordi. U yangi hujjatlarni kashf
etdi, xorijiy nashrlarni taqriz etganida chuqur, har tomonlama tahlil etdi, hamkasblari bilan bo‘lgan
munozaralarda o‘zining ilmiy va siyosiy qarashlarini charxladi.
Yerusalimskiyning gazeta va jurnallarda chop etgan maqolalari ko‘p jihatdan o‘z davrini aks
ettirardi. O‘zining asosiy vazifasi sifatida u, tobora xavfi ortib borayotgan fashizmga qarshi vatanidagi
hushyorlikni oshirishni ta’minlash deb bildi. Tarixchi german imperializmining agressiv xarakterini yaxshi
bilardi. U olib borgan tadqiqotlar tarixan buni tasdiqlashi mumkin. Lekin bu agressivlikning qay darajada
ekanligini u ham tasavvur qila olmasdi.
1940-yil yozida Yerusalimskiyni Kremlga chaqirganlarida u nima uchun kerak bo‘lganini ham
bilmasdi. Limuzinda uni kuzatib borayotgan harbiy ham miq etmasdi. Stalin va Jukov huzurida tashqi
ishlar vaziri Molotov unga kansler Bismarkning rus tiliga tarjima qilingan “Fikrlar va Xotiralar” kitobini
tahrirlash va uch hafta ichida unga ma’ruza matni tayyorlab berishni topshiradi. Olim yozgan matn alohida
broshyura shaklida nashr etildi. Bir kun ichida bu muallif ham o‘z vatanida va ham chet elda mashhur
bo‘lib qoldi. Ko‘p yillar davomida “Temir kansler” mavzusi bilan shug‘ullangani va joriy siyosat
vazifalaridan kelib chiqqan holda A.S. Yerusalimskiy o‘z maqolasiga asos qilib Bismarkning “har qanday
sharoitda ham Germaniya Rossiyaga qarshi urushga bormasligi kerak”-degan fikrini qo‘lladi. Sal keyinroq
ham, u 1940 yildagi holatda eng to‘g‘ri yo‘l shu deb ta’kidladi. Taniqli mutaxassis M.Ya. Gefterning
yozishicha shu yil kuzida, Fransiya va Dyunkerg mag‘lubiyatlaridan keyin xalqaro ahvol o‘zgargach, Stalin
maqolaning oxirini o‘zgartirishga qaror qildi. U vatanparvarlik ruhidagi so‘zlardan voz kechdi, raqibni
ogohlantirishni qisqartirdi, ruslarga doir syujetni esa o‘rtaroqqa ko‘chirish sharti bilan qoldirish
mumkinligini aytadi. Muallif ham, buyurtmachi Molotov ham sarosimada edilar. Oxirgisi bir og‘iz so‘z
ham aytmadi, uchrashuvda ishtirok etayotgan Jdanov singari, Yerusalimskiy esa masalaning dolzarbligiga
urg‘u berib etiroz bildirdi. Unga javoban Stalin “nima uchun siz ularni qo‘rqitasiz? Mayli, urinib
ko‘rishsin”, dedi. “Bu nima, deb so‘radi Gefter Yerusalimskiydan,-kaprizli zamona siyosatini o‘lchaydigan
kishining injiqligimi, ayyorligimi yoki tabiiy tuyg‘usimi?”.
Urush nafaqat Germaniya va SSSR, balki Yevropaning barcha xalqlari uchun ham juda qimmatga
tushdi. Yerusalimskiy vatani uchun nihoyatda og‘ir kechgan bu jangning birinchi kunidan oxirgi kunigacha
qatnashdi. “Krasnaya Zvezda”ning muxbiri sifatida Yevropaning turli mamlakatlaridagi janglarning guvohi
bo‘ldi, 1942-yil alohida topshiriq bilan Eronda bo‘ldi.
U son-sanoqsiz maqolalar chop etdi, ko‘p joylarda maruzalar o‘qidi. Aynan urushda u fashizmning
haqiqiy basharasini ko‘rdi. “1944-yilda, deb eslaydi Yerusalimskiy,-Rokosovskiy menga Maydanskni borib
ko‘rishimga rozilik berdi. Mening ko‘rganlarimni yozib ham bo‘lmaydi. Men 800 ming juft ayollar,
erkaklar va bolalar poyafzalini ko‘rdim…, bolalar jasadlarini, kuydiradigan o‘choqlarni ko‘rdim, mo‘jiza
tufayli tirik qolgan odamlarni ko‘rdim”.
Urush yillarida gitlerchilarga qarshi koalitsiyada bo‘lgan AQSh va boshqa mamlakatlar egallagan
mavqeylari ham Yerusalimskiyga katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa SSSR, AQSh va Buyuk Britaniya
davlatlari rahbarlarining urush taqdirini hal qilish maqsadida o‘tkazgan uchrashuvlari oxir-oqibat
Germaniyani mag‘lubiyatga yetaklashini tarixchi sifatida u yaxshi tushunib yetdi. 1943-yil oxirlarida
Tehronda bo‘lib o‘tgan konferensiya koalitsiyadagi uch yetakchi davlat rahbarlarining bir maqsad bilan,
hujumda bir yo‘la ham sharqdan, ham g‘arbdan, ham janubdan o‘tish kerakligini qayd etdi.
Yerusalimskiyning adolat yuzasidan bergan bahosiga ko‘ra strategiya sohasida bunday keng miqyosdagi
kelishuv koalitsion urushlar tarixida hali uchramagan holat edi.
1945-yil mayida u Karlxorstda bo‘lgan yagona tarixchi edi va german fashizmining mag‘lubiyatini
tan olgani guvohi bo‘ldi. Keytel Germaniya reyxi nomidan so‘zsiz taslim bo‘lish aktiga imzo chekdi. “Bu
unutilmas damlar edi, deb eslaydi tarixchi, german fashizmining halokati boshlandi va men tarixchiga
boshqa ish qolmadi, endi men boshqa mavzuga o‘tishim mumkin”.
Yerusalimskiy Karlxorstda qisqa muddatda bo‘ldi va o‘zicha, ijozat olmay Parijga o‘tdi. Bu uchun
harbiy intizomni buzishda ayblanib partiya yo‘li bilan unga hayfsan e’lon qilindi. Oradan uch yil o‘tib,
1948-yili u doktorlik dissertasiyasini himoya qilayotganida tarjimai holi to‘g‘risida ma’lumot bergan ilmiy
kotib o‘sha hayfsanni ham aytib o‘tdi.
Urush tugagach, ancha siyosiy tajriba orttirgan olim o‘zi tanlagan mavzusi-“XIX-XX asrlar
chegarasida davlatlararo imperialistik munosabatlarning boshlang‘ich fazasi, xususan Germaniya
imperializmining XIX asr oxirlaridagi tarixi” ustida jadal ishladi. Qisqa davr ichida u salohiyatli
monografiya tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi va bu asar tez orada nemis, chex, polyak va italyan tillariga
tarjima qilindi. Asar muallifi Davlat va M.V.Lomonosov nomlaridagi mukofotga sazovor bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |