Issn 2091-5446 ilmiy axborotnoma научный вестник scientific journal


ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son



Download 2,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/150
Sana18.02.2022
Hajmi2,7 Mb.
#456196
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150
Bog'liq
wKlyKtNFPD ilmiy jurnal

ILMIY AXBOROTNOMA TARIX 2019 - yil, 6 - son 
23 
50-yillarning o‘rtalarida Yerusalimskiy hayotida yangi davr boshlandi deyish mumkin. U deyarli 
har yili Germaniyaga (ko‘pincha GDR ga, kamroq GFRga) ilmiy safarga boradigan bo‘ldi. Katta 
muddatlarga qolib ketish holatlari ham yuz berdi. Tarixchi nemis hamkasblari bilan yaqin aloqa o‘rnatishga 
erishdi. 1955-yilda u Germaniya FAning taklifi bilan Berlinga keldi. Akademiyaning plenumida ma’ruzaga 
chiqib oxirgi yillarda Germaniya imperializmining tarixini o‘rganish holati xususida ma’lumot berdi. GDR 
dagi barcha universitetlar va gumanitar institutlar hayoti bilan tanishgan Moskvalik olim tarix fanining 
mas’uliyati, vazifalari haqida ma’ruzalar qildi. Veymar shahriga tashrif buyurgan olimning Gyote va 
Shiller uy muzeylarini ko‘rganidan keyin mavzusining chegarasi yanada kengaydi. Berlindan yozgan xatida 
u quyidagi fikrni ifodaladi: “Salohiyati baland kishiga eng avvalo zamonasi va kelajak uchun chuqur 
mas’uliyatli ong mavjud bo‘ladi. Biz, mayda odamlar, kamtarin mehnatkashlar, insoniyat ma’naviyati 
cho‘qqisini egallaganlar bilan ko‘proq muloqatda bo‘lishimiz kerak. Chunki bunday intellektual va 
emotsional yaqinlashish har birimizni o‘zimizdan balandroq ko‘tarmasligi mumkin emas.” 
Oradan 20-yil o‘tib, endigina ilmiy izlanishga kirishgan, o‘sha davrda Leypsig universiteti 
qoshidagi Umumiy tarix institutining assissenti, lekin keyinchalik akademik darajasiga yetgan M. Kossok 
shunday xotirlaydi: “Yerusalimskiyning ma’naviy madaniyati yuqoriligi kishini hayratlantiradi, uning 
ma’ruzalari, bilimi nafaqat o‘zining tadqiqot mavzusini, balki adabiyot, madaniyat, tillar bilan ham 
uyg‘unlashadi. Qo‘shimcha tarzda aytish o‘rinliki, manbalarni chuqur tanqidiy o‘rganadi, tanilib qolgan 
manbalarni yangitdan o‘qiy oladigan olim edi”. 
Chet eldan qaytgach Yerusalimskiy 1956-yil boshlarida oldindan o‘ylab yurgan Sovet 
germanistikasi markazini tuzish g‘oyasini amalga oshirdi. Germaniya tarixini o‘rganadigan bu guruh FAsi 
qoshidagi Tarix institutida ochildi. Guruh Moskva va ittifoqdagi boshqa shaharlarda Germaniya tarixini 
o‘qitadigan va unga qiziqadigan barcha olimlarni birlashtirdi. Sovet germanistikasi tez orada oyoqqa turdi, 
nemis tarixchilari bilan keng hamkorlik rishtalari o‘rnatildi. Bu ham Yerusalimskiy ko‘nglidagi 
maqsadlardan biri edi. Guruh majlislarida Germaniyalik tarixchilar-L. Shtern, Ye. Engelberg, V. Ruge, V. 
Bartel, A. Shrayner va boshqalar qiziqarli ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. Germanistlar guruhida 
muhokama qilingan ko‘p dolzarb masalalar to‘plam, monografiya shakllarida nashr etildi. Afsuski guruh 
o‘z ahamiyatini Yerusalimskiy hayotligi davridagina saqlay oldi. Keyinchalik esa germanistikani 
Yerusalimskiy ko‘targan baland pog‘onaga ushlay oladigan olim topilmadi. Olimning xizmatlari yuqori 
baholanganini 1956-yilda uni Germaniya FA ning chet ellik a’zosi etib saylaganlarida ko‘rish mumkin. 
Shunday hurmatga u o‘z mamlakatida oldinroq erishishi kerak edi. Lekin o‘shandan keyin ham u bu baxtga 
muyassar bo‘lolmadi. U ittifoqda akademik ham va hatto FA ning muxbir a’zosi ham bo‘lolmadi. Sababi, 
akademiyaga saylovlar oldidan Tarix bo‘limida partiya guruhi yig‘ilib kimga ovoz berish kerakligi va 
kimga ovoz bermaslikni hal qilishgan. Yerusalimskiy har gal ham ikkinchi ro‘yxatdan joy olgan. 
O‘sha yillari bu olim “
Вопросы
истории
” jurnali tahririyati a’zosi edi. 1957-yil boshlarida partiya 
MK ti jurnalini qattiq tanqid ostiga olib tahririyatni almashtiradi. Shu yili may oyida Yerusalimskiy GDRga 
bordi. Arxivda ishlash bilan birga yosh tarixchi olimlar seminarini ham boshqardi. 25-30 kishidan iborat 
bo‘lgan seminar ishtirokchilari orasida Leypsig, Galle, Yena, Rostok va boshqa shaharlardan ham 
tarixchilar bor edi. Olim shogirdlari tayyorlagan referatlarning eng avvalo manbashunoslik bazasiga, chop 
etilgan manbalariga nisbatan tanqidiy yondashishiga e’tibor qaratgan.
Yerusalimskiy GDRda bo‘lgan vaqtda sovet germanistikasini rivojlantiruvchi yana bir ijobiy tadbir 
amalga oshirildi. SSSR va GDR tarixchilarining ikki seksiyadan iborat kommissiyasi tuzildi. Sovet 
seksiyasini Yerusalimskiy, nemis seksiyasini L. Shtern boshqardilar. Komissiyaning I konferensiyasi 1957-
yil 25-30-noyabrda Leypsigda o‘tkazildi. Undagi ko‘pgina ma’ruzalar, ayniqsa nomarksist tarixchilarning 
fikrlari keskin g‘oyaviy kurash ostida o‘tdi. Mualliflarning yuqori professionallik mahorati, qimmatli 
manbalarining ko‘pligi, asosan arxiv hujjatlaridan nemischa to‘g‘rilik va chinvijdonlik bilan foydalanishi 
nafaqat shubha uyg‘otmas, balki ulardan etalon sifatida foydalanishga ham arziydi. Ularsiz ko‘p 
tadqiqotlarning tarixshunosligi zaiflashardi.
Komissiya faoliyati uchun Yerusalimskiy ko‘p kuch sarf etdi. Lekin sovet seksiyasini boshqarish 
unga ko‘p nasib etmadi. Nemis seksiyasini boshqargan L. Shtern ko‘p yillardan beri Germaniya FA ning 
haqiqiy a’zosi edi. Arkadiy Samsonovich esa hamon fan doktorligicha qolib kelayotgan edi. 1962-yili u 
sovet seksiyasi rahbarligidan ketishga majbur bo‘ldi.
Olimning hayotida salomatligiga zavol bo‘lgan zarbalar kam emasdi. Hali 50-yillarning o‘rtalarida 
Yerusalimskiy nashrga tayyorlanayotgan “
Всемирая
история
” fundamental asarining VII tomini 
yaratuvchi guruh boshlig‘i edi. Asar 1871-1918-yillar voqealarini o‘z ichiga olgani va bu vaqt aynan olim 
o‘rgangan davr bo‘lgani uchun ko‘p boblarini o‘zi yozdi. Lekin jild tayyor bo‘lgandan keyin akademik 
unvoni yo‘qligi yana unga pand berdi. Mas’ul muharrirlikka boshqa kishi, FA ning muxbir a’zosi 
tayinlandi.



Download 2,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish