ILMIY AXBOROTNOMA SOTSIOLOGIYA 2019-yil, 6-son
76
1. XIX asr oxirlarida G‘arb mamlakatlarida markazlashtirish, ixtisoslashtirish, standartlashtirish,
uyg‘unlashtirish va konsentrasiyalash (aholining biron joyda zich joylashishi – B.O.) kabi omillarning
jamiyatda ustuvorlik qila boshlashi natijasida an’anaviy tizimlar buzildi;
2. Shahar ahli, hukumat va siyosiy hokimiyatlarning imkoniyat doirasi kengayib boraverdi, qishloq
aholisi esa battar qashshoqlashdi;
3. Industrlashtirish (sanoatlashtirish) avj olishi tufayli ko‘paygan pul oqimi Yevropa siyosiy
tizimlari markazlashuviga olib keldi. XX asr boshida Parij, London, Rim kabi shaharlarda qudratli
byurokratik tashkilotlar soni ko‘paydi, byurokratik apparat va chinovniklar G‘arb davlatlarining yirik
markaziy idoralariga mustahkam joylashib oldilar. Avlodlar almashinuvi davrida ular ustakorlik bilan
o‘rinlariga o‘zlarining «odamlari»ni joylashtirdilar. Muhim jihat shuki, har bir mamlakatda modernizasiya
taqdiri qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining o‘zaro aloqasi, bir-birini tushunishi va tutgan
obyektiv pozisiyasiga bog‘liq kechadi. Avvalo, ular asosiy funksiyalari va o‘z maqomlarini bilib olishlari
kerak. G‘arb tahlilchilarining fikricha, uchta tuzilmada qonun chiqaruvchi hokimiyatning o‘rni doimo
yuqori turadi. Davlat hokimiyati taqsimlanish modeliga ko‘ra, qonun chiqaruvchi hokimiyat jamiyatda
mavjud barcha ijtimoiy guruhlarning vakillik organlarini ta’minlashi, siyosiy qarorlar qabul qilishda
sezilarli ta’sir ko‘rsatishi lozim. Parlament «davlatning siyosatini belgilaydi» (J.Lokk), «uning faoliyati
xalq tomonidan nazorat etilmaydi» (E.Berk) [2-35].
Ha, jamiyatni modernizasiyalash faqat siyosiy-iqtisodiy masala emas. Demak, ma’naviy-ma’rifiy,
ijtimoiy soha, odamlar turmush tarzi, axloq-odobida, mentalitetida, siyosiy ongidagi o‘zgarishlar, vujudga
keladigan va kutilayotgan inqirozlarning ildizini jiddiy tadqiq qilish talab etiladi. Agarda har bir davlatda
yashagan yuqori elita xuddi xitoylik yoki malayziyalikka o‘xshab ommaviy madaniyat, globallashuv
muammosiga yechim izlaganda millat oldidagi vazifasini ado etgan bo‘ladi.
Xulosa
qilib aytish mumkinki, O‘zbekiston tajribasida hokimiyatga va siyosiy yetakchiga nisbatan
to‘la ishonch, hurmat ratsional legitim (qonuniy) usullar orqali namoyon bo‘lmoqda. Bugungi kunda kuchli
islohotlar samarasi o‘laroq, davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyevning xalqaro siyosat maydonida nufuzi va
obro‘si oshib bormoqda. Hatto xorij matbuoti siyosiy yetakchining o‘tkazayotgan dadil demokratik
islohotlari va “ochiq eshiklar siyosati”ni 1980-yillarda Xitoyni boshqargan Den Syaopin faoliyatiga
o‘xshatishadi. Hozirda O‘zbekiston ichki va tashqi siyosatida, investitsiya va integratsiyalashuv
jarayonlarida iqtisodiy islohotlarning samaradorligi ko‘zga yaqqol tashlanmoqda. Jamiyatda siyosiy
maydondagi “o‘yin qoidasi”ga ko‘ra, davlat va jamiyatdagi ijtimoiy guruhlar o‘rtasida umum maqsad
yo‘lida o‘zaro kelishuv shakllangan. O‘zbekistonda huquqiy kelishuv (konsensus)ga erishilgani, fuqarolik
jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining ochiqligi tamoyillari namoyon bo‘lishi jamiyatni
modernizasiyalashning kuchli omili hisoblanadi. Ammo, o‘z navbatida, Sharq mamlakatlarida jamiyat
siyosiy tizimini modernizasiyalashda ma’naviyat va axloq, milliy qadriyatlar, an’analar ustuvorlik qiladi,
murakkab o‘tish davrida kuchli siyosiy yetakchiga ijtimoiy zarurat tug‘iladi. Bu omilni hech yoddan
chiqarmaslik lozim. Bugungi kunda Janubi-sharqiy Osiyo (Singapur, Malayziya, Indoneziya, Tailand, jami
11 davlat) milliy an’ana va demokratik qadriyatlarni baravar ushlash hisobiga yuksak taraqqiyotga erishdi.
Buyuk Xitoy rahbari Xitoy rahbari Den Syaopin (1904-1997 y.) tomonidan 1980-yillarda olg‘a surilgan
«mamlakatni sevish», «xalqni sevish», «mehnatni sevish», «ilmni sevish», «sotsializmni sevish» g‘oyalari
millatni yagona siyosat atrofiga birlashtirdi.
Mamlakatimizda jamiyat siyosiy tizimini modernizatsiyalashda Xalq qabulxonalari, Elektron
hukumat tizimi mexanizmlaridan foydalanish ma’muriy boshqaruv sarf-xarajatining kamayishiga, ijro
hokimiyati samaradorligi oshishiga, jamiyat va hukumat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni
muvozanatlashtirishga, demokratiyani takomillashtirishga imkoniyat yaratishga hamda xalq oldida siyosiy
hokimiyat mas’uliyatining kuchayib borishiga xizmat qiladi. O‘zbekistonda jamiyatni transformasiyalash
jarayonida mamlakatni modernizasiyalash, ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishning mexanizmi sifatida Xalq
qabulxonalari joriy etilishi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari rasmiy veb-sayt va portallari
takomillashtirilishi, sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalarining mustaqil bo‘lishi ma’muriy
to‘siqlarni olib tashlash, korrupsion holatlarning kamayishi, fuqarolarning davlat hokimiyati va boshqaruv
organlariga ishonchi ortishiga, jamiyatda ochiqlik va shaffoflik ta’minlanishi natijasida davlat boshqaruv
organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga imkon beradi.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan holda, quyidagi xulosaga kelindi: “siyosiy modernizatsiya”,
“milliy rivojlanish”, “jamiyat siyosiy tizimini modernizasiyalash” tushunchalarining siyosatshunoslik,
falsafa, sotsiologiyaning maxsus kategoriyasi hamda tadqiqot obyekti sifatida o‘rganilishi o‘quv
dargohlarida talaba yoshlar o‘rtasida siyosiy-falsafiy bilimlar mazmunining kengayishiga olib keladi [3-
198].
Do'stlaringiz bilan baham: |