Xulosa Termodinamika ilmiy fan sifatida -asr boshlarida vujudga keldi. Termodinamikaning mujassamlanishida issiqlikning mexanik ishga aylanishi haqidagi ta‘limot asos bо‘lib xizmat qildi. Termodinamika grekcha tho’qmo’-issiqlik va dynamis - xarakat demakdir. Ya‘ni termodinamika issiqlik energiyasi bilan boshqa kimyoviy energiyalar orasida bо‘ladigan munosabatlar haqidagi ta‘limotdir. Bu fan energiya effekti bilan sodir bо‘ladigan kо‘pgina fizikaviy va kimyoviy hodisalarni о‘rganadi. Termodinamika qonunlarini yaxshi tushinib olish uchun ba‘zi bir terminlar, tushunchalar va qiymatlar bilan tanishib olish lozim. Termodinamik sistema termodinamika usulda о‘rganish uchun tashqi muhitdan ajratilgan, doimo bir-biri bilan о‘zaro munosibatda bо‘lgan istalgan jism yoki jismlar guruxidir.