Ochiq sistеma – tashqi muhit bilan ham modda, ham enеrgiya almashadi.
masalan: ochiq kolbadagi eritma
Yopiq sistеma – tashqi muhit bilan modda almashmaydi, enеrgiya almashadi.
Masalan: usti yopiq kolbadagi eritma
Issiqlik - moddaning harorati, massasi va tabiatiga bog'liq bo'lgan kattalik bo’lib, alohida zarrachaning kinetik energiyasini belgilaydi. Sistemaga issiqlik berilganda molekulalarning o‘rtacha kinetik energiyasi ortishi hisobiga sistemaning harorati ortadi. Demak issiqlik energiya uzatishning bir turidir. Sistemaga berilgan issiqlik har doim ham haroratni oshirmaydi. Masalan, muz suyuqlanayotganda yoki suv qaynayotganda sistemaga issiqlik berish haroratni o'zgartirmaydi va jarayon doimiy haroratda boradi. Bunda sistemadagi molekulalarning o'rtacha kinetik energiyasi o‘zgarmasdan faqat potensial energiyasi ortadi. Ushbu issiqlik muzning kristall panjarasini buzishga yoki suvni bug'lantirish jarayoniga sarflanadi (ayrim adabiyotlarda “yashirin issiqlik” deb atalgan). Ish - bir sistemadan ikkinchi sistemaga energiya uzatishning yana bir turi boiib, bunda ish bajarilayotgan sistemaning ichki energiyasi kamayadi, ta’sir qilinayotgan sistemaning energiyasi esa bajarilgan ishga mos ravishda ortadi. Ish va issiqlik o‘zaro ekvivalentdir. Issiqlikning o’lchov birligi kaloriya ishning o'lchov birligi joul deb qabul qilingan. I kal=4,1875 J teng bo'lib, issiqlikning mexanik ekvivalenti deviladi.
Ichki energiya - jism barcha zarrachalarining bir-biri bilan o’zaro ta'sirlashish potensial energiyasi va alohida zarrachalar harakatining kinetik energiyalari yig'indisidan iborat. Demak, molekulaning ilgarilanma va aylanma harakati energiyasi molekulani tashkil qilgan atom va atom guruhlarining ichki molekulyar tebranma harakati energiyasi, atomlardagi elektronlaming aylanish energiyasi, atom yadrolaridagi energiya, molekulalararo o’zaro ta’sirlashish energiyasi va mikrozarrachalarga tegishli boshqa turdagi energiyalardan iboratdir. Ichki energiya sistema energiyasining umumiy zaxirasi bo‘lib, uning tarkibiga to‘liq, bir butun sistemaning kinetik energiyasi va uni holatining potensial energiyasi kirmaydi. Jism ichki energiyasining absolyut qiymati ma’lum emas, uni to’g’ridan -to’g’ri o‘lchab bo‘lmaydi. Sistema energiyasini bir butunligicha bevosita o'lchaydigan usul yo‘q. Ammo kimyoviy termodinamikani kimyoviy hodisalami o‘rganishga qo’llashda sistema bir holatdan ikkinchisiga o‘tayotgandagi ichki energiyaning o‘zgarishini bilish kifoyadir. Ish yoki har qanday ko'rinishdagi energiya intensivlik va ekstensivlik omillarining ko'paytmasi sifatida ifodalanadi.