Issiqlik usuli asosida gaz va suyuqlik sarfini o’lchash asboblari
Reja :
Kirish
Analitik qism
1. Suyuqlik va gazsimon moddalar sarfini bosim farqlari o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar bilan o’lchash
2. Suyuq moddalar sarfini hisoblash.
3. Difmanomentli sarf o’lchagich.
Asosiy qism
4. Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar.
5. Induksion sarf o’lchagichlar.
6. Suyuqlik sath balandligini o’lchash va o’lchov asboblari
Xulosa
Adabiyotlar
Kirish
Ishlab chiqarishda hom ashyo va energiya sarfini to’g’ri normalash va ularning amalga oshirilishini doimo kontrol qilib turish ishlab chiqarishning samaradorligini oshiradigan asosiy yo’llardan biri hisoblanadi. Shu tufayli ishlab chiqarish ob’ektlarida (ish agregati, texnologik oqim liniyalari, sex va zavodda) ishlab chiqarish prosesslarining to’g’ri boshqarilishini ta’minlash uchun hom ashyo (suyuqlik va gazsimon moddalar, kislorod, suv, bug’, kimyoviy reaksiyalar komponentlari va boshqalar) miqdorini uzluksiz o’lchab, ularning sarfini hisoblash turish va shuningdek ishlab chiqarish mahsulotlari miqdorini ham o’lchab kontrol qilib turish ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak.
Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish masalasini hal qilish ko’pincha rezervuarlardagi suyuqlik, bunkerlardagi to’kilib sochiladigan , qattiq bo’lakchalardan iborat moddalarning sath balandligini o’lchash, kontrol qilish bilan bog’liq bo’ladi.
Sath o’lchov asboblari juda ko’p turli bo’lib, ularning eng asosiylari sifatida qalqovichli, p’ezometrik, mexanik, elektrik, radiaktiv va boshqa sath o’lchagichlarni ko’rsatish mumkin.
1. Suyuqlik va gazsimon moddalar sarfini bosim farqlari
o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar bilan o’lchash
Ishlab chiqarishda hom ashyo va energiya sarfini to’g’ri normalash va ularning amalga oshirilishini doimo kontrol qilib turish ishlab chiqarishning samaradorligini oshiradigan asosiy yo’llardan biri hisoblanadi. Shu tufayli ishlab chiqarish ob’ektlarida (ish agregati, texnologik oqim liniyalari, sex va zavodda) ishlab chiqarish prosesslarining to’g’ri boshqarilishini ta’minlash uchun hom ashyo (suyuqlik va gazsimon moddalar, kislorod, suv, bug’, kimyoviy reaksiyalar komponentlari va boshqalar) miqdorini uzluksiz o’lchab, ularning sarfini hisoblash turish va shuningdek ishlab chiqarish mahsulotlari miqdorini ham o’lchab kontrol qilib turish ishlari to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak.
Modda sarfini o’lchash va miqdorini hisoblash usullari ko’p va turlicha.Ularni birinchi navbatda ob’ektning turlariga qarab harakterlash mumkin :
1) truba orqali o’tadigan suyuqlik va gazsimon moddalar miqdorini o’lchash usullari;
2) sochiluvchan moddalar (paxta va chigit) sarfini o’lchash usullari;
3) sanaladigan qattiq jismlar va narsalarni hisoblash usullari.
Ishlab chiqarishda sarf o’lchagichlarning quyidagi turlaridan foydalaniladi:
1. Bosim farqlari o’zgaruvchan sarf o’lchagichlar;
2. Bosim farqlari o’zgarmas sarf o’lchagichlar;
3. O’zgaruchan sathli sarf o’lchagichlar;
4. Induksion sarf o’lchagichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |