Nazorat uchun savollar:
Soplo nima?
Diffuzor nima?
Oqim uchun termodinamikaning birinchi qonunini yozing.
Oqim tezligi qanday aniqlanadi?
Gaz oqimining kinetik energiyasi
Gaz oqimining kinetik energiyasi qanday parametrlarga bog‘liq?
Gazning sarfi qanday aniqlanadi?
Gaz oqimining kritik bosimi.
Kritik tezlik qanday kattaliklarga bog‘liq?
Gazning maksimal sarfi tenglamasini yozing.
Drossellanishning ahamiyati nimadan iborat?
Drossellash effektiga ta’rif bering.
Integral temperatura effekti.
Inversiya temperaturasi qanday aniqlanadi?
Jicmlar orasidagi issiqlik almashinuvi va issiqlikning bir jism ichida tarqalish jarayonlarining qonuniyatlarini o‘rganadigan fan issiqlik uzatish deyiladi.
Issiqlik uzatish, termodinamika bilan birgalikda issiqlik texnikasining nazariy asosi hisoblanadi. Issiqlik almashinuv qonunlarini o‘rganish mashina, Dvigatel, apparat va shu kabilarning ish jarayonlarida vujudga keladigan issiqlik oqimlarini boshqarish uchun zarur.
Issiqlik uzatish nazariyasida ikkita asosiy masala ko‘riladi.
Berilgan sharoitda bir jismdan boshqa jismga uzatiladigan yoki jismning bir qismidan ikkinchi qismiga o‘tadigan issiqlik miqdorini aniqlash.
Issiqlik almashinuv jarayonida ishtirok etayotgan jismning turli qismlaridagi temperaturani aniqlash.
Temperaturalar farqi issiqlik almashinuvining zaruriy va yetarli shartidir. Issiqlik uch xil usulda: issiqlik o‘tkazuvchanlik, konvektsiya va nurlanish yoki radiatsiya usulida uzatiladi. Bu issiqlik almashinuv usullari bir-biridan tubdan farq qilib, turli xil qonuniyatlarga bo‘ysunadilar. Issiqlik o‘tkazuvchanlik – jismning turli temperaturali ayrim qismlari bir-biriga bevosita tekkanda issiqlik energiyasining tarqalish jarayoni. Konvektsiya – bir tekis isimagan suyuqlik yoki gazning harakati va aralashishi natijasida issiqlik uzatish jarayoni.
Nurlanish (nuriy issiqlik almashinuvi) – energiyaning elektromagnit to‘lqinlar vositasida uzatish jarayoni. Nurlanish bilan issiqlik uzatilishida energiya ikki marta aylanadi: nurlanayotgan jismi sirtida issiqlik energiyasi nuriy energiyaga va nuriy issiqlikni yutayotgan jism sirtida nuriy energiya issiqlik energiyasiga aylanadi.
Jismlar orasidagi issiqlik almashinuvida, odatda shu uchala usulning hammasi bir vaqtda sodir bo‘ladi. Uchala usulning birgalikda amalga oshishi murakkab issiqlik almashinuvi deb aytiladi. Murakkab issiqlik almashinuvi qonunlarini o‘rganish nihoyatda qiyin masala. Shu sababli issiqlik uztilishini turli usullari ayrim-ayrim hollarda ko‘rib chiqiladi. Issiqlik almashinuv jarayonlari barqaror (statsionar), shuningdek, beqaror (nostatsionar) holatda borishi mumkin. Jismning istalgan nuqtasida temperatura vaqtga bog‘liq bo‘lmaydigan holat statsionar issiqlik holati, vaqtga bog‘liq bo‘lgan holat nostatsionar holat deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |