Demak ixtiyoriy jismning nur chiqarish qobiliyati shu jismning nur yutish qobiliyati bilan absolyut qora jismning nur chiqarish qobiliyatining ko‘paytmasiga tengdir.
Issiqlik nurlanish nazariyasining eng asosiy vazifasi absolyut qora jism nur chiqarish qobiliyatining T va l ga bog‘liqlik harakterini aniqlashdan iborat. Bu sohada olib borilgan izlanishlar tufayli kashf etilgan qonunlar bilan tanishaylik.
1879 yilda Yozef Stefan eksperimental ma’lumotlar taxlili asosida absolyut qora jismning R(T) to‘la nur chiqarish qobiliyati T temperaturaning to‘rtinchi darajasiga proporsional degan xulosaga keldi:
(14.6)
Undan keyinroq 1884 yilda L.Bolsman bu bog‘liqlikni termodinamik nuqtai nazardan nazariy isbotladi. Bu qonun Stefan-Bolsman qonuni nomini oldi. doimiyning son qiymati hozirgi zamon o‘lchashlari bo‘yicha