Absolyut qora bo‘lmagan jismlar uchun esa (14.9) formula haqiqiy T temperaturani bermaydi. Bunday jismlarning (14.9) formula vositasida topilgan temperaturalari rang temperaturasi deb ataladi.
Yorqinlik usuli. Yorqinlik usulida temperaturani Plank formulasi vositasida yolg‘iz birgina ( to‘lqin uzunligiga tegishli yorqinlikni o‘lchash yo‘li bilan topish ham mumkin, lekin bu holda yorqinlikni absolyut o‘lchovda belgilashga to‘g‘ri keladi.
Yorqinlikni absolyut o‘lchovda o‘lchash ancha qiyin, shuning uchun odatda kuzatilayotgan jism yorqinligini ma’lum bir yorqinlikka taqqoslash bilan chegaralaniladi. Buning uchun ko‘rinmay ketadigan simli pirometr deb atalgan asbob ishlatiladi. Bu asbobning sxemasi 14.5-rasmda tasvirlangan. Asbobning asosiy qismi O ob’ektiv va O’ okulyar ko‘rish trubasidan iborat. Kuzatilayotgan jism sirtining tasviri O ob’ektivning fokal tekisligida hosil bo‘ladi. Tasvir yorqinligining obekt yorqinligiga proporsional ekanini keyinroq ko‘ramiz. O obektning fokal tekisligiga shisha ballon shaklidagi bir jinsli shaffof devorli А elektr lampochka o‘rnatilgan bo‘ladi.
rasm. Ko‘rinmay ketadigan tolali pirometr
Lampochkaning qizdiriladigan a simi (14.5b-rasm) odatda yarim aylana shaklida bukilgan bo‘ladi. O okulyardan aynan bir vaqtda tekshiriluvchi jism tasviri va lampochka simi kuzatiladi. Ookulyar yaqinida o‘rnatilgan rangli yorug‘lik filtri F yordamida spektrning bir qismi ajratiladi. Odatda spektrning =0.66 mk ga yaqin bo‘lgan qismidagi sohacha ajratiladi. Lampochkaning simi tokni В batareyadan oladi. R reostat yordamida tok kuchini o‘zgartirib, simni istalgan darajada qizdirish mumkin. Agar simning yorqinligi jism sirti ta’sirining yorqinligidan ortiq bo‘lsa unda u tasvir fonida yorug‘ yo‘l shaklida ajralib turadi, agarda sim yorqinligi kam bo‘lsa, unda u qorong‘iroq bo‘lib ko‘rinadi. Simning yorqinligi tasvir yorqinligiga tenglashganda sim tasvir fonida yo‘qolib ketadi. Bu usul yordamida ancha aniqlik darajasi bilan sim yorqinligini tekshiriluvchi jism sirti tasvirining yorqinligiga tenglash mumkin ekan. Qanday I tok kuchida va absolyut qora jismning qaysi temperaturasida sim yo‘qolib ketishini belgilab, asbobni absolyut qora jismga nisbatan belgilab olish (ya’ni tegishli nuqtalarni topish) mumkin. Ana shundan so‘ng G o‘lchash asbobining sim yo‘qolib ketgan paytini ko‘rsatishga qarab, kuzatilayotgan jismning tayin bir to‘lqin uzunligi intervaliga oid yorqinligiga aynan teng yorqinlik bera oladigan absolyut qora jismning temperaturasi qanday bo‘lishini bevosita aniqlash mumkin. Agar kuzatilayotgan jism ham absolyut qora jism bo‘lsa, bu tariqa aniqlangan temperatura uning haqiqiy temperaturasi bo‘ladi. Qora bo‘lmagan jismlar uchun bu usulda aniqlangan temperatura yorqinlik temperaturasi deb ataladi.