Absolyut qora jismning nurlanish muammosini yechilishi fizikada yangi davr boshlab berdi. Mumtoz fizika tasavvurlarini inkor qilish oson kechmadi, hatto Plankning o‘zi ham, buyuk kashfiyotni yaratib, bir necha yillar davomida energiyani kvantlashni mumtoz fizika nuqtai nazaridan tushunishga harakat qildi. | rasm.Absolyut qora jism nurlanishi modeli. | Absolyut qora jismning temperaturasini uning nur sochish xarakteriga qarab yuqorida ko‘rib o‘tilgan nurlanish qonunlarining biriga asoslanib aniqlash mumkin. Temperaturalarni bu qonunlarga asoslanib aniqlash metodlari optik pirometriya deb ataladi. Absolyut qora jismning nurlanish qonunlariga oid ifodalardagi temperatura absolyut shkalada berilgan, shu tufayli optik pirometriya absolyut temperaturalarni belgilash usulini beradi. Temperaturalarni absolyut shaklda o‘lchashda, issiqlik xususiyatlarini oldindan bilib bo‘lmaydigan termometrik jismdan foydalanish zarurligidan prinsipial qiyinchiliklar tug‘iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |