Issiqlik izolyastiyasi va akustik materiallarning asosiy


Polimer asosida tayyorlangan issiqlik izolyasiyasi materiallari



Download 1 Mb.
bet4/7
Sana16.05.2023
Hajmi1 Mb.
#939195
1   2   3   4   5   6   7
16.4. Polimer asosida tayyorlangan issiqlik izolyasiyasi materiallari.
Hozirgi davrda issiqlik izolyasiyasi materiallari termoplastik (polivinilxlorid, poliuretan, polistirol, polimetilmetakrilat) va termoreaktiv (karbamid-formaldegid, fenol-formaldegid va boshq.) polimerlar asosida tarkibiga gaz yoki ko‘pik hosil qiluvchi komponentlar, pigmentlar, qotiruvchilar, plastifikatorlar va modifikatorlar kiritib tayyorlanmoqda.
Energiyasamarali polimer materiallari. Turarjoy – kommunal xo‘jaligida (TKX) energiyatejamkor chora-tadbirlar ko‘rilishi energiya sarfini 70% gacha tejaydi. Ushbu chora-tadbirlarga fasadlar, eshik va deraza tirqishlari, pollar, balkonlar va truboprovodlarni polimerlar asosidagi materiallar bilan issiqlik izolyasiyalovchi qoplamalar barpo etiladi. Masalan, bir metr qalinlikdagi g‘isht devor bilan 20 sm qalinlikdagi penopolistirol qatlam bir xil energiyatejamkor hisoblanadi. Polivinilxlorid asosida tayyorlangan truboprovod va boshqa buyumlar xizmat muddati 50 yilni tashkil etadi, metall truboprovodlar esa 15 yilga chidaydi.
Penopolistirol - g‘ovaklari bir tekis tutashgan tuzilishli qattiq oq ko‘pik ko‘rinishdagi materialdir. Penopolistirol o‘lchami 1000x500x100 mm, zichligi 25...40 kg/m 3 plita ko‘rinishidagi PSBS markasi chiqariladi. Uning issiqlik o‘tkazuvchanligi - 0,05 Vt/ (m.  0C). Penopolistiroldan yirik panelli binolarning tutashgan joylarini isitish, sanoat sovitgichlarini izolyasiyalashuchun, tovushdan himoyalovchi qistirma sifatida ishlatiladi.
Yacheykali plastmassalar. Issiqlik izolyasiyasi materiallari strukturasi jihatidan ko‘pikplastlar va poroplastlarga (gazoplastlarga) bo‘linadi. Ko‘pikplastlar plastmassa tarkibiga ko‘pik kiritilgani uchun o‘zaro tutashmagan yopiq g‘ovaklar va yupqa devorlardan tashkil topgandir. Poroplastlar esa plastmassa tarkibida hosil qilingan gaz tashqariga chiqib ketishhisobiga o‘zaro tutashgan g‘ovaklar bilan xarakterlanadi. Plastmassa tarkibida ko‘pik va gaz hosil qilinishi natijasida aralashstrukturali buyumlar olishmumkin.
Yacheykali plastmassalarda g‘ovaklar 90-98% tashkil etadi. shuning uchun ularning o‘rtacha zichligi juda kichik, issiq o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,026-0,058 Vt(m.0S) atrofida bo‘ladi.
Bikr va yarim bikr yacheykali plastmassalar yetarli darajada mustahkam, elastik va egiluvchan bo‘ladi. Ular suvga, kuchsiz kimyoviy muhitlarga chidamli, biologik sharoitlarga bardoshli bo‘ladi.
Penopolivinilxlorid - bikr va elastik ko‘rinishlari ishlab chiqariladi. Bikr polivinilxlorid –600C dan 600C harorat orasida xossalarini qisman o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan issiqlik izolyasiyasi materialidir. U odatda sarg‘ishrangda bo‘lib, tarkibiga turli rangdagi pigmentlar kiritishnatijasida istalgan rangdagi mahsulotni tayyorlash mumkin. Mahsulot o‘lchami 500x750 mm, qalinligi 35-70 mm plitalar ko‘rinishida ishlab chiqariladi. Penopolivinilxloridning o‘rtacha zichligi 95-195 kgm3, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,06 Vt(m.0C), 24 soat ichidagi suv shimuvchanligi 0,3%, ishlatilishharorati 700C atrofida, bo‘ladi. Ular asosida plitalar qurilishkonstruksiyalari, sanoat uskunalari va truboprovodlarni issiqlik izolyasiyasi uchun ishlatiladi. Elastik penopolistirol o‘rama mahsulot ko‘rinishida ishlab chiqariladi va issiqlik izolyasiyasi va bezak materiali sifatida qo‘llaniladi. Penopolivinilxlorid materiallari suv va agressiv muhitlarga chidamli va penopolistirol, penopoliuretan kabilarga nisbatan kamroq yonuvchandir.Undan qurilishkonstruksiyalarini, sovutishasbob - uskunalarini va trubaprovodlarni himoyalash uchun foydalaniladi.
Mipora - mochevina-formaldegid smoladan olinadigan oq rangli, g‘ovakli material bo‘lib, tashqi ko‘rinishi bo‘yicha qotib qolgan ko‘pikka o‘xshaydi. Mipora zichligi 40...60 kg/m3 gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,06 Vt/(m.  0C). Mipora sovutgichlar konstruksiyasini izolyasiyalashuchun, karkas konstruksiyalarini to‘ldirish, quvurlarni izolyasiyalashuchun issiqlik tovushizolyasiyasi materiali sifatida keng tarqalgan.
Sotoplastlar - asalari uyasi shaklini eslatadigan katakli issiqlikni himoyalovchi materialdir. Kataklarning devorlari sintetik polimerlar shimdirilgan turli list materiallardan (kraft qogozlar, ip gazlamalar, shisha mato va boshqalar) yasalishi mumkin.
Sotoplastlar uzunligi 1...1,5 m, eni 0,55...0,65 m va qalinligi 300...350 mmli plitalar ko‘rinishida tayyorlanadi. Zichligi 30...100 kg/m3 gacha, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,046...0,58 Vt/(m. 0C), siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,4...4 MPa. Sotoplastlar uch qatlamli panellarni to‘ldiruvchisi vazifasini o‘taydi.
Fenol-formaldegid penoplasti ushbu polimer tarkibiga shisha tolasi yoki kauchuk hamda kauchuk va gaz hosil qiluvchi alyuminiy upasi kiritib tayyorlanadi. Texnologik jarayon komponentlarni aralashtirish, qizdirib ko‘pirtirish, qoliplashva qotirish(sovutishdan) iborat. Tarkibiga kauchuk qo‘shilgan fenol-formaldegid penoplastlari 200-2500S haroratda ishlatishga bardoshli bo‘ladi.
Ko‘pik polietilen. “Resurs” (Rossiya) kompaniyasi ko‘pikpolietilen asosida Petrofon, Alyufom Gold savdo markalari asosida issiqlik izolyasiyasi materiallarini ishlab chiqarmoqda.
Petrofom yuqori darajali issiqlik, tovush va gidroizolyasiya materiali hisoblanadi.



Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish