MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI-200 (20) GURUH ISSIQLIK ENERGETIK JARAYONLARNI MODELLASH VA OPTIMALLASHTIRISH FANIDAN mustaqil ishi MAVZU: YOQILG’I ENERGETIK XO’JALIGINI MODELLASH.
BAJARDI: B.F. Jo’rayev QABUL QILDI: B.M. Toshmamatov
Qarshi-2021.
T/r
Mundarija.
bet
Kirish.
2.
1.1
Model va modellashtirishtirish tushunchasi.
3.
1.2
Yoqilg’i nergetik jarayonlarni modellashtirish .
5.
1.3
Modellashtirish bosqichlari va model turlari.
8.
Xulosa.
11.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
12.
1.
Kirish.
Zamonaviy ishlab chiqarish bu - axborotlashtirilgan boshqarish tizimlari va kommunikatsiya, moliya - iqtisodiyot va marketing xizmatlari, ilmiy texnologik hamda loyihalash markazlarining kimyo-texnologik va energetik bosqichlar majmuidir. Raqamli texnika va ma'lumot qayta ishlash usullarining intensiv rivojlanishi natijasida energetika tizimi hamda ulaming ichki komplekslaridagi axborotlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot uzatish jarayonining funksionallik ahamiyati tobora oshib bormoqda. Matematik modellashtirish optimal boshqarish parametrlarini aniqlashda samarali qurol hisoblanadi, ayniqsa, fizikaviy va kimyo- viy jarayonlarning qonuniyatlari yetarlicha o‘rganilgan holatlarida. Shundan kelib chiqqan holatda tashqi ta'sirlaming keng diapazonida obyektning matematik modelini hisobi orqali boshqarish parametr- larini aniqlash amalga oshiriladi. Matematik modellami ishlab chiqish usullari orasida quyidagilarni ajratish mumkin:
- analitik - bu usul asosida substansiyani saqlashning funda- mental qonunlari yotadi:
- eksperemental va eksperemental-analitik - bu usul asosida o‘rganilayotgan obyektning kirish va chiqish holatlari haqidagi eksperemental maTumotlami statistik qayta ishlash yotadi. Texnologik qurilmalar quvvatlarining ahamiyatli darajada o‘sishi tashqi va ichki energiya resurslaridan optimal foydalanish bilan bog‘liq qator masalalarning yuzaga kelishini belgilaydi. Shuning uchun ham amaldagi jihozlarni takomillashtirish va yangilarini loyihalashda asosiy e'tibor texnologik va konstruktiv parametrlami hisoblashning aniq usullarini ishlab chiqishga qaratiladi. Ko'rsatilgan masalani yechimi matematik modellashtirish usullarini takomillashtirish va ularni tadqiqot amaliyoti va loyihalash ishlariga tatbiq etish asosida yotadi. Matematik tavsif tuzish ko‘nikmalariga ega bo’lish EEJIar- ning modellarini bilish texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish bo‘yicha mutaxassis, muhandis hamda operatorlarga samarali va foydali bo’lishi mumkin.
2.