Qattiq yoqilg‘ining yonishi. Qattiq yoqilg‘ini yonish jarayoni ketma – ket keladigan quyidagi bosqichlardan tashkil topgan:qizdirish, namlikni bug‘lanishi, uchuvchan moddalarni ajralishi va koksning hosil bo‘lishi, uchuvchan moddalar va koksni yonishi. Bu bosqichlardan asosiysi, koksni, ya’ni uglerodni yonishi hisoblanadi. Bundan tashqari koksni yonishi qolgan bosqichlarga qaraganda ko‘proq davom etadi (yonish vaqtining 90% gacha) va xuddi shu bosqich qolganlari uchun issiqlik sharoitini yaratadi. Yonish bosqichigacha bo‘lgan bosqichlar uchun issiqlik sarflanadi. Bu sarflar yonish issiqligining 20 – 25 % gacha bo‘lishi mumkin. Yonish to‘liq va to‘liqmas (chala) bo‘ladi. Yoqilg‘ining yonuvchan elementlari kislorod bilan quyidagicha reaktsiyaga kirishib yonsa, bunday yonish to‘liq yonish deyiladi:
bunda Q - yonish vaqtida ajralib chiqqan issiqlik miqdori.
Bu reaktsiya kilomollarda quyidagicha yoziladi.
12 C + 32O2=44 CO2+409 MJ/kmol
yoki
(12.17) tenglamadan ko‘rinib turibdiki, 1 kg uglerodni to‘liq yonishi uchun kg kislorod zarur bo‘ladi. Reaktsiya natijasida kg CO2 hosil bo‘ladi va 34,1 MJ issiqlik ajralib chiqadi.
Vodorodning yonishi:
2H2+O2=2H2O+242 MJ/kmol
H2+8O2=9H2O+121 MJ/kg
Bu reaktsiyada 1 kg H2 yonishi uchun 8 kg kislorod zarur bo‘ladi, reaktsiya natijasida 9 kg suv bug‘i hosil bo‘ladi va 121 kg MJ issiqlik ajralib chiqadi.
Oltingugurtning yonishi:
yoki
1 kg oltingugurt yonganda 1 kg kislorod sarflanadi. Reaktsiya natijasida esa 2 kg SO2 hosil bo‘ladi va 9,04 MJ issiqlik ajraladi.
Yonish mahsulotlari ichida yonuvchan elementlar va yonmagan yoqilg‘i zarralari qolgan bo‘lsa, bunday yonish to‘liqmas (chala) yonish deyiladi.
Uglerodning chala yonishi:
yoki
ya’ni 1kg uglerod chala yonganda kg kislorod sarflanadi, reaktsiya natijasida esa kg CO hosil bo‘ladi va 10,3 MJ issiqliq ajralib chiqadi.
Hosil bo‘lgan uglerod oksidi yonadi:
yoki
ya’ni 1 kg CO yonishi uchun 4/7 kg kislorod sarflanadi, reaktsiya natijasida esa 11/7 kg CO2 hosil bo‘ladi va 5,1 MJ issiqlik ajraladi.
Yoqilg‘i to‘liq yonganda uglerod, vodorod va oltingugurtning yonishida olinishi mumkin bo‘lgan barcha issiqlik chiqadi. Yonish mahsulotlarida yona olmaydigan moddalargina: karbonat angidrid CO2, suv bug‘lari H2O va oltingugurt angidrid SO2 qoladi. Yonuvchi elementlar chala oksidlanganda yonish mahsulotlari bilan birga ko‘p miqdorda uglerod (II)–oksid CO, vodorod H2, metan CH4 va yona oladigan boshqa uglevodorodli birikmalar ham chiqib ketadi.
Hozirgi zamon o‘txona texnikasida qattiq yoqilg‘ini yoqishning asosan to‘rt xil usuli – qatlamli, qaynayotgan qatlamli, mash’alali va uyurmali yonish usullaridan foydalaniladi (12.2 - rasm).
12.2 – rasm. Qattiq yoqilg‘i o‘txonalari tasnifi
a) qatlamli usul; b) qaynayotgan qatlamli usul; v) mash’alali usul; g) uyurmali usul.
Do'stlaringiz bilan baham: |