3.3. Polga joylashgan isitish qurilmasidan yuqoriga
issiqlik o’tishi
Alohida holatlardan (suzish basseynlarida, kam qo’laniladigan katta binolar) tashqari hollarda, odatda polni isitishda hamma pol sirtidan foydalaniladi, bunda konvektiv issiqlik almashinish koeffitsienti yuqori bo’ladi, temperatura esa 260C dan ham yuqori bo’lishi mumkin, shu sababli pol xarakteristikasi bilan bog’liq holda indeks P dan foydalanamiz. Konvektiv issiqlik almashinishi koeffitsienti
(3.5)
ga teng. To’liq issiqlik almashinish koeffitsienti (indeks e odatda issiqlikda, yuqoriga yo’nalgan yoki binodan tashqariga chiquvchi ekanligini bildiradi)
(3.6)
ga teng. Berilayotgan issiqlik quyidagi bog’lanish bilan ifodalanadi
(3.7)
ning qiymati ga bog’liq bo’ladi, uni 3.5-rasmdan aniqlash mumkin bo’ladi. Agar isitish qurilmasi shiftda yoki pol tekislgida joylashsa, ikki tarafga issiqlik beradi. Bunda polda to’liq issiqlik kelishi quydagiga teng bo’ladi
(3.8)
Do'stlaringiz bilan baham: |