Dasturiy interfeys – hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o’zaro ta’sirini ta’minlovchi vositalar yig’indisi.
Operatsion qobiq – biror bir dastur va foydalanuvchi o’rtasidagi qatlam yoki boshqa dastur ustida usqurtma bo’lgan dastur.
Mijoz (klient) – vazifa, ishchi stansiya yoki kompyuter tarmog’idan foydalanuvchi.
Printer – axborotni qog’ozga tushiruvchi moslama.
Sensor ekranlar – tasvirlar, dastur yoki buyruqlar ayrim elementlarini displey ekranida ShK ga kiritish uchun mo’ljallangan.
Skaner – qog’ozli tashuvchilardan avtomatik hisoblash va ShK ga mashinada yozilgan matnlar, grafiklar, rasmlar, chizmalarini kiritish uchun mo’ljallangan moslama.
Do'stlaringiz bilan baham: |