X-BOB. MAXSUS FANLARNI O‘QITISH JARAYONIDA MODULLI
YONDASHUV. MASOFAVIY TA’LIM
Tayanch so‘z va iboralar:
Modulli ta’lim, modul, modul turlari, modulli ta’lim
texnologiyasi, masofaviy ta’lim, masofaviy ta’limning afzallik va kamchiliklari,
elektron pochta, multimedia, multimedia vositalari.
10.1. Modulli ta’limning maqsadi va vazifalari.
Bugungi kunda talaba shaxsini barcha imkoniyatlarini yuzaga chiqarish
uchun albatta ta’lim shaxsga yo‘naltirilgan xarakterda bo‘lishi talab etiladi.
Buning uchun ta’limni tashkil etish jarayonida talabaning qobiliyatlari, extiyojlari
va o‘ziga xos jihatlarini xisobga olish lozim. Ana shu elementlar hisobga olingan
taqdirda o‘z–o‘zidan tabaqalashtirilgan, rivojlantiruvchi, o‘qishga bo‘lgan
motivlarni kuchaytiruvchi “sub’ekt-sub’ekt” konsepsiyasiga asoslangan ta’lim
tizimi kelib chiqadi.
An’anaviy
ta’lim
tizimida
chuqur
o‘rnashib
qolgan
pedagogik
paradigmalardan biri bu “sub’ekt-ob’ekt” munosabatlaridir. Bu yondashuv
ta’limga nemis pedagogi I.F.Gerbard tomonidan (1776-1841yillar) kiritilgan.
Bunday yondashuvda pedagog sub’ekt rolini bajaradi va qanday o‘qitish, qanday
talabalarni qanday ishlab chiqish, talabalar jamoasini qay yo‘nalishda
rivojlantirishni faqat o‘z yondashuvi asosida hal etadi. Talabalar esa passiv holda
ob’ekt rolini bajaradilar. Talabalarning asosiy faoliyati eslab qolish, tushunish,
qo‘llashga o‘rganish hisoblanadi. Bu paragdimaga qarshi g‘oyani amerikalik
pedagog D. Dyui ishlab (1859-1952 ) chiqadi. Uning fikricha nimani va qanday
o‘qish lozim degan savollarga javob topishda talabaga ham erkinlik berish va
uning o‘z istak va hohishlarini xisobga olish lozim. Toki talaba o‘z faoliyatini, o‘z
taqdirini, o‘z hayotini mustaqil boshqarishga faol kirishsin. Bu konsepsiya
“sub’ekt-sub’ekt” munosabatlari sifatida tan olindi va ko‘pgina rivojlangan
davlatlar ta’lim tizimida o‘z o‘rnini topdi.
Aytish joizki, ta’lim tarixida yig‘ilgan boy didaktik tajribaning ijobiy jihatlari
o‘z aksini modulli ta’limda topgan.
225
Ta’lim jarayoniga “Modulli ta’lim” tushunchasi 1971 yillarda Dj.Rassel
tomonidan kiritilgan. Dj.Rassel modulni o‘quv paketi sifatida talqin etadi va unga
o‘quv materialining konseptual birligini o‘rganishga oid harakatlarni kiritadi.
B.M.Goldshmid – modulni talabaga ma’lum ko‘zlangan natijaga
erishishiga yordam beruvchi mustaqil birlik sifatida talqin etadi.
G.Ouyens modulni yopiq kompleks sifatida talqin etadi va ushbu kompleksga
ta’lim beruvchi, ta’lim oluvchi, o‘rganiladigan axborot materiali, va vositalarni
kiritadi.
Zamonaviy tadqiqotchilardan biri P.A.Yutsyavichene modulni ma’lum
darajadagi mustaqil axborotdan hamda maqsadli ravishdagi metodik boshqaruv
asosida maqsad qilib qo‘yilgan natijalarni ta’minlashga qaratilgan birlik sifatida
tahlil etadi.
N.V.Borisova, K.Ya.Vazina, V.M.Gareyev, Ye.M.Durko, V.V.Karpov, M.N.
Katxanov, S.I.Kulikov, P.Yutsyavichene va boshqa bir qator pedagog olimlarning
fikrlarini o‘rganish natijasida modul tushunchasiga quyidagicha ta’riflarni
ajaratish mumkin:
- modul bu - mustaqil konseptual kichik birlik;
- modul bu - mustaqil birlik sifatida muayyan o‘quv kursini o‘z ichiga olib,
bir necha bloklarni o‘zida mujassam etadi;
- modul bu - ma’lum mutaxassislikka tegishli bo‘lgan bir qancha o‘quv
predmetlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi fanlararo birlik bo‘la oladi;
- modul bu - aniq bir mutaxassislikni egallashga yo‘naltirilgan kasbiy ta’lim
moduli.
Bundan tashqari “modul” tushunchasiga tegishli bo‘lgan quyidagi
xususiyatlarini ajratish mumkin:
-
maqsad;
-
turli xil turdagi o‘quv faoliyatini integratsiyasi;
-
metodik ta’minot;
-
mustaqil rivojlanish;
-
ta’lim jarayonidagi talabaning mustaqilligi;
226
-
o‘quv axborotini tahlil qilish va strukturalashtirish ko‘nikmasi;
-
nazorat va o‘z-o‘zini nazorat;
-
talabaning ta’lim olishdagi shaxsiy trayektoriyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |