Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

7.3.
 
Interfaol metodlarning o‘ziga xos jihatlari va turlari. 
Shu  vaqtgacha  an’anaviy  ta’limda  talabalarni  faqat  tayyor  bilimlarni 
egallashga  o’rgatib  kelingan.  Bunday  metod  talabalarda  mustaqil  fikrlash,  ijodiy 
izlanish, tashabbuskorlikni so’ndiradi. 
Psixologlar  tadqiqotlariga  ko‘ra  100  %  ko‘rsatkichga  ega  bo‘lgan  yangi 
ma’lumotni  taqdim  qilishda  o‘qituvchi  qo‘llayotgan  metodga  qarab,  uning  ta’lim 
oluvchilar  tomonidan  qabul  qilinishi  va  xotirada  saqlanib  qolishida  quyidagidek 
farqlarning kuzatilishini aniqlashgan. 
1 - g u r u h   m e t o d l a r i . Ma’ruza  o‘qish,  hikoya  qilish,  tushuntirish, 
og‘zaki yo‘riqnomalar berish – 5 %. 
2 - g u r u h   m e t o d l a r i . Yangi  ma’lumot  qayd  etib  qo‘yilgan  matnni 
o‘qitish – 10 %. 
3 - g u r u h   m e t o d l a r i . Ma’lumotga  oid  rasmlar,  chizmalar,  jadvallar, 
xaritalar, diagrammalar, videostasvirlar yoki hajmli modellar ko‘rsatish – 20%. 
4 - g u r u h   m e t o d l a r i . Ma’lumotni  nutq  vositasida  bayon  etish  bilan 
barobar, unga oid tasviriy materiallarni ko‘rsatish – 30 %. 


 
160 
5 - g u r u h   m e t o d l a r i . O‘quv  materiali  haqidagi  ma’lumotlar  yuzasidan 
o‘qituvchi  va  talabalar  yoki  talabalar  bilan  talabalar  o‘rtasida  “aqliy  hujum” 
o‘tkazish, suhbat yoki munozaralar tashkil etish – 40 %. 
6 - g u r u h   m e t o d l a r i . Bir vaqtning o‘zida ma’lumot qayd etib qo‘yilgan 
matnni  o‘qitish,  uning  muhim  joylarini  yozdirish,  ma’lumot  asosida  suhbat  yoki 
munozaralar tashkil etish – 50 %. 
7 - u s u l . Ma’lumotni  o‘zlashtirish  uchun  talabadan  ma’lumot  qayd  etib 
qo‘yilgan  matnni  mustaqil  tarzda  o‘qishini,  ma’lumotni  tahlil  qilishini,  uning 
mazmuni  asosida  biror  narsa  yozishini,  boshqalar  bilan  ma’lumotni  muhokama 
qilishini, o‘z fikrlarini himoya qilishini, o‘zlashtirganini namoyish qilishini tashkil 
etish – 75 %. 
8 - u s u l . O‘quv  materiali  mazmunining  talaba  tomonidan  boshqalar  ongiga 
yetkizilishini, ya’ni boshqalarga o‘qitilishini tashkil etish – 90 %.     
Hozirgi  kunda  ta’lim  jarayonida  interfaol  metodlar  (innovatsion  pedagogik 
texnologiyalar)dan  foydalanib,  ta’limning  samaradorligini  ko’tarishga  bo’lgan 
qiziqish,  e’tibor  kundan-kunga  kuchayib  bormokda.  Innavatsion  texnologiyalar 
qo’llanilgan  mashg’ulotlar  talabalar  egallayotgan  bilimlarni  o’zlari  qidirib 
topishlariga,  mustakil  o’rganib,  tahlil  qilishlariga,  hatto  xulosalarni  ham  o’zlari 
keltirib  chiqarishlariga  qaratilgan.  O’qituvchi  bu  jarayonda  shaxs  va  jamoaning 
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan 
bir  qatorda,  boshqaruvchilik,  yo’naltiruvchilik  vazifasini  bajaradi.  Bunday  o’quv 
jarayonida  talaba  asosiy  figuraga  aylanadi.  Hozirgi  davrda  sodir  bo’layotgan 
innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi 
axborotni  o’zlashtirish  va  o’zlashtirgan  bilimlarini  o’zlari  tomonidan  baholashga 
kodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustakil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. 
Shuning  uchun  ham,  oliy  ta’lim  muassasalarining  o’quv-tarbiyaviy 
jarayonida  zamonaviy  o’qitish  uslublari  -  interfaol  uslublar,  innovatsion 
texnologiyalarning  o’rni  va  ahamiyati  beqiyosdir.  Interfaol  ta’lim  metodlari  va 
ularning  ta’limda  qo’llanishiga  oid  bilimlar,  tajriba  talabalarni  bilimli  va  etuk 
malakaga ega bo’lishlarini ta’minlaydi. 


 
161 
          Innovatsiya 
(inglizcha 
innovation

yangilik 
kiritish, 
yangilik 
demakdir.Innovatsion  texnologiyalar  pedagogik  jarayon  hamda  o’qituvchi  va 
talaba  faoliyatiga  yangilik,  o’zgarishlar  kiritish  bo’lib,  uni  amalga  oshirishda 
asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. 
Interfaol 
(“inter”
 - bu o’zaro, “
act”
- harakat qilmoq) - o’zaro harakat qilmoq 
yoki  kim  bilandir  suhbat,  muloqot  tartibida  bo’lishni  anglatadi.  Boshqacha  so’z 
bilan aytganda, o’qitishning interfaol metodlari -bilish va kommunikativ faoliyatni 
tashkil etishning maxsus shakli bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb 
qilingan bo’ladilar, ular biladigan  va  o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash 
imkoniyatiga  ega  bo’ladilar.  Interfaol  darslarda  o’qituvchining  o’rni  qisman 
talabalarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi. 
Bugungi  kunda  ta’lim  muassasalarida  interfaol  ta’limni  tashkil  etishda 
quyidagi eng ommaviy texnologiyalar qo‘llanilmoqda:  
Interfaol  metodlar:  “Keys-stadi”,  “Blits-so‘rov”,  “Modellashtirish”,  “Ijodiy 
ish”, “Munosabat”, “Reja”, “Suhbat” va boshqalar; 
Strategiyalar: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”, “Zinama-
zina”,  “Muzyorar”,  “Rotatsiya”,  “T-sxema”,  “BBB”,    “Yumaloqlangan  qor”  va 
boshqalar;                                                              
Grafik  organayzerlar:  “Baliq  skeleti”,  “Konseptual  jadval”,  “Venn 
diagrammasi”,  “Insert”,  “Klaster”,  “Nima  uchun?”,  “Qanday?”  va  boshqalar.                                                                
Ta’lim  jarayoni  interfaol  metodlar  asosida  tashkil  etilganda  ta’lim  oluvchilarning 
intellektual,  ijodiy  fikrlashlarini  rivojlantirish,  o‘z  fikrini  asoslab  berishga 
o‘rganishi,  o‘zgalar  fikrini  tinglay  olishi,  muammolar  yechimini  topishga  harakat 
qilishi, ijodiy va axloqiy rivojlanish jarayonlariga samarali ta’sir etadi. O‘qituvchi 
ta’lim-tarbiya  jarayonida  ta’lim  metodlaridan  foydalanganda,  avvalo,  ushbu 
metodning mohiyati, undan foydalanish metodikasini bilishi muhimdir.  
Ta’lim  jarayonida  qo‘llaniladigan  interfaol  metodlarning  o’ziga  xosligi 
shundaki,  ular  faqat  o‘qituvchi  va  talabalarning  birgalikda  faoliyat  ko’rsatishi 
orqali amalga oshiriladi. 


 
162 
Bunday  pedagogik  hamkorlik  jarayoni  o’ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo’lib, 
ularga quyidagilar kiradi: 

 
talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish 
va izlanishga majbur etilishi; 

 
talabalarning  o’quv  jarayonida  fanga  bo’lgan  qiziqishlarini  doimiyligini 
ta’minlanishi; 

 
talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustakil ravishda har bir masalaga 
ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi; 

 
o‘qituvchi va talabalarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil 
etilishlari kiradi. 


 
163 
O‘qituvchi - olimlarning yillar davomida ta’lim tizimida quyidagi savollariga 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish