Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Muammoli  ma’ruzadan
  ko‘zlangan  maqsad    o‘quv  jarayonini  yanada 
takomillashtirishning  asosiy  yo‘nalishlari  ta’lim  oluvchilarning  bilish  faoliyatini 
faollashtirish,  mustaqilligini  rivojlantirish,  o‘qitishning  eng  samarali  shakl  va 
metodlaridan foydalanishdir. 
Bugungi kunda ta’lim muassasalarida ma’ruzaning yangi shakli hisoblangan 
elektron ma’ruzalar qo‘llanilmoqda. 
Elektron  ma’ruza
 –  elektron  shakldagi  o‘quv  materiallarining  majmuasi 
bo‘lib,  ma’ruza  matni,  didaktik  materiallar,  qo‘shimcha  ma’lumotlar,  interfaol 
harakatlar  va  giperhavolalarni  o‘zida  mujassalashtirgan  multimedili  tizim.  Oliy 
ta’limda  elektron  ko‘rinishdagi  ma’ruzalar  uchun  quyidagi  ko‘rinish  va  struktura 
tavsiya  etiladi:  ma’ruza  mavzusi;  ma’ruzaning  asosiy  mazmunini  yorituvchi 
qisqacha  annotatsiya;  mantiqan  tugallangan  bo‘limlar,  mavzular  uchun  ma’ruza 
rejasi; nazariy ma’lumotlarni chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatini beruvchi asosiy 
va  qo‘shimcha  adabiyotlar  ro‘yxati;  ma’ruzani  yakunlovchi  xulosa  rejasi  va 
xulosalar.  Elektron  shakldagi  ma’ruza  matnlarning  o‘ziga  xos  xususiyatlari: 
ma’ruza  mazmuni  aniq  tuzilishga  ega;  o‘quv  materiallari  bloklarga  ajratilgan; 
gipermatnli havolalar mavjud; o‘quv materialini to‘ldiruvchi vositalar, ya’ni ovoz, 
animatsiya, grafikalardan foydalaniladi.
 
Elektron  shakldagi  ma’ruza  matnlari  asosan  uch  xil  shaklda  bo‘lishi 
mumkin:
 
On-Line
 ko‘rinishidagi elektron ma’ruza;
 
Of-Line
 ko‘rinishidagi elektron ma’ruza;
 
Bosma nashr ko‘rinishidagi ma’ruza matnining elektron nusxasi.
 
On-Line
 ko‘rinishidagi  elektron  ma’ruza  –  Internet  tarmog‘i  orqali  elektron 
ma’ruzalarning barcha imkoniyatlarini saqlagan holda 50 Kb
 
fayldan iborat hajmni 
egallab
 
talabalarga  yetkazib  beriladi. 
Of-Line
 ko‘rinishidagi  elektron  ma’ruza  – 
keys texnologiya tizimida foydalanish uchun mo‘ljallangan, fayl o‘lchovi inobatga 
olinmaydi.
 


 
85 
Shuningdek,  o‘qitish  amaliyotida  bir  necha  ma’ruzachilar  ishtirokidagi 
ma’ruzalar,  ya’ni  har  bir  ma’ruzachi  o‘z  pozitsiyasiga  (ma’ruzachi,  ekspert, 
tanqidchi, mavzu bo‘yicha muammo tashlovchi va b.) ega bo‘lgan ma’ruzalar ham 
keng qo‘llaniladi. 
Multimediali  elektron  ma’ruzalarda  slaydlar  namoyishi  ko‘zda  tutiladi. 
Ma’ruzachi  slayd  yordamida  taqdimotda  yangi  mavzuning  talabalar  tushunishlari 
qiyinroq bo‘lgan ba’zi bilimlarni ravon va vizual tarzda bayon qilishi mumkin.
 
Maxsus  fanlarning  maqsad  va  vazifalari,  ta’lim  oluvchilarning  talab  hamda 
ehtiyojlari,  ta’lim-tarbiya  qonuniyatlari,  tamoyillari  kabilarga  ko’ra  ma’ruza 
mashg‘ulotlariga quyidagi didaktik talablar qo’yilishi lozim: 

 
ma’ruza  tuzulmasini  fan-texnika  va  ishlab  chiqarish  texnologiyalarining 
so’nggi yutuqlari, ilg’or pedagogik tajribalardan imkon qadar foydalanish, ta’lim-
tarbiya qonuniyatlariga asoslanib maqbullashtirish;
  

 
har  bir  ma’ruzaning  ta’lim-tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  vazifasini  aniq 
belgilab olish; 

 
ma’ruzada barcha didaktik  tamoyillarning maqbul nisbatini ta’minlash; 

 
ta’lim  oluvchilarning  qiziqishi,  ehtiyojlari,  moyilligini  hisobga  olgan 
holda yuqori samarali o’quv-bilish faoliyati uchun shart-sharoit yaratish; 

 
o’quv 
materialini 
mukammal 
o’zlashtirilishi 
uchun 
fanlararo 
aloqadorlikka amal qilish; 

 
ta’lim  oluvchilar  tomonidan  ilgari  o’zlashtirilgan  bilimlar  va  ularning 
hayotiy tajribalariga tayangan holda ish ko’rish; 

 
ta’lim oluvchilarning barcha ijobiy jihatlarini rag’batlantirish, o’quv-bilish 
faoliyatini faollashtirish yo’li bilan rivojlantirishga erishish; 

 
ta’lim jarayoni ishtirokchilari bilan tezkor-teskari aloqani ta’minlash, ta’sirchan 
boshqaruv mexanizmini ishlatish; 

 
ma’ruzaning barcha bosqichlarida mantiqiy va his-tuyg’ularga asoslanish; 

 
didaktik materiallar va axborot vositalaridan samarali foydalanish; 


 
86 

 
nazariy materialni amaliyot bilan uzviy bog’lab o’rganishga amal qilish; 

 
zarur  bilim,  ish-harakat,  oqilona  fikrlash  va  amaliy  faoliyat  ko’rsatish 
usullarini tarkib toptirish; 

 
ta’lim oluvchilarda uzluksiz ravishda o’qib-o’rganish, o’z bilimi va kasbiy 
mahoratini oshira borish malakasini shakllantirish; 
-
 
ma’ruzalarni mukammal rejalashtirish natijalarini oldindan bashorat etish va 
tashxislash.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish