Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich


Qonuniyatlar  asosan  emperik  metodlar  asosida  paydo  bo‘ladi  va  ikki



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

Qonuniyatlar  asosan  emperik  metodlar  asosida  paydo  bo‘ladi  va  ikki 
guruhga bo‘linadi: 
TA’LIM 
JARAYONINING 
UMUMIY 
QONUNIYATLAR
IIIIII
 
Ta’lim maqsadlari    
 
Ta’lim mazmuni     
 
Ta’lim sifati
 
Ta’lim metodlari
 
Ta’lim 
samaradorligi
 
Ta’limni 
rag‘batlantirish
 


 
26 

 
Tashqi  qonuniyatlar-ta’lim  jarayonida  ta’limning  ijtimoiy  jarayonlar  va 
sharoitlari bilan bog‘likligida xarakterlanadi. 

 
Ichki qonuniyatlar-ta’lim jarayonida uning  tarkibiy  qismlari  (maqsad,  mazmun, 
vosita, metod, shakllari) orasidagi aloqani hosil qiladi.  
Bunday  qonuniyatlar  pedagogikada  ko‘p  bo‘lib,  quyidagilar  bilan 
xarakterlanadi: 

 
pedagogikaning  o‘rgatuvchilik  faoliyati  ko‘pincha  tarbiyaviy  xarakterga  ega 
bo‘lishligi. Bu qonuniyat ta’lim va tarbiya orasidagi aloqada aks etadi; 

 
ta’lim  beruvchi  bilan  ta’lim  oluvchilarning  birgalikdagi  faoliyati  va  ta’lim 
natijalari orasida bog‘liklikning mavjudligi; 

 
o‘rganilayotgan bilimlarga o‘rganish istagining mosligi; 

 
ta’lim  beruvchi  xarakatlarini  ta’lim  oluvchilarning  yakka  va  jamoaviy 
faoliyatiga mosligi; 

 
ta’lim beruvchi xarakatlarini ta’lim oluvchilarning bilish, intellektual va boshqa 
ehtiyojlariga mosligi;  

 
ta’lim  beruvchi  va  ta’lim  oluvchilar  faoliyatini  ta’limning  axborot-texnik 
vositalari imkoniyatlariga mosligi; 

 
ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar faoliyatini zamonaviy hayot shart-sharoitlari 
asosida modellashtirish. 
O‘qitish  qonuniyatlari  talablarni  albatta  e’tiborga  olishi  zarur,  chunki 
qonuniyat  –  bu  barqaror,  zaruriy  u  yoki  bu  hodisalar  va  jarayonlar  o‘rtasidagi 
mutanosiblik va muhim aloqa hisoblanadi. 
Ijtimoiy  ehtiyojlar  va  sharoitlar  o‘quv  jarayonining  xarakterini,  uning 
vazifalarini,  mazmuni,  shakllari,  usullari  va  vositalarini  qonuniy  ravishda  aniqlab 
beradi.  Demak,  ta’lim  berish,  tarbiyalash  va  ta’lim  oluvchilarning  umumiy 
rivojlanishlarini 
bir 
butunlikda 
amalga 
oshirish 
zarur. 
         O‘qitish  qonuniyatlari  o‘z  aksini  o‘qitish  tamoyillarida  topadi.  Ular  o‘qitish 
tamoyillarini  ilmiy  asosda  o‘zaro  bog‘lanishda  qo‘llash  ko‘nikma  va  malakalarni 
chuqur, puxta, ongli va ta’sirli o‘zlashtirilishini ta’minlaydi. 


 
27 
           
Ta’lim  tamoyillari
  -  ta’lim  beruvchi  faoliyatini  va  ta’lim  oluvchining  bilish 
faoliyati  xususiyatini  belgilovchi  asosiy  boshlanmalardir.  Ular  ta’lim  beruvchi  va 
ta’lim  oluvchilar  faoliyatining  muhim  ichki  tamonlarini  aks  ettiradi  hamda  turli 
shakl,  mazmun  va  yo‘sinda  tashkil  etiladigan  ta’limning  samaradorligini 
belgilaydi.  Shuning  uchun  ta’lim  tamoyillari  ta’lim  berishning  muayyan  ob’ektiv 
qonuniyatlarini aks ettiradi.  
            
Ta’lim  tamoyillari
  tarbiyaning  maqsad  va  vazifalarini  amalga  oshirishga 
qaratilgan  o‘qish  va  o‘qitish  jarayonining  xarakteri,  yo‘nalishi,  ta’lim  oluvchilar 
tomonidan ilmiy bilimlarning o‘zlashtirilishi, tegishli ko‘nikma va malakalar hosil 
qilishning  asosiy  qonun  va  qoidalarini  o‘z  ichiga  oladi.  Shu  bilan  birga  ta’lim 
tamoyili  ikkita  faoliyatni,  ya’ni  ta’lim  oluvchi  va  ta’lim  oluvchining  faoliyatini 
ham  o‘z  ichiga  oladi.  SHunga  ko‘ra,  o‘qitish  tamoyili  ta’limning  eng  muhim 
masalalarini  nazariy  va  amaliy  jihatdan  to‘g‘ri  hal  qilishning  asosiy  negizi 
hisoblanadi. 
 
 
Buyuk pedagoglar YA.A.Komenskiy, J.J.Russo, CH.R.Pestalotssi,  
 
V.Disterverg,  K.D.Ushinskiy  va  boshqalar  o‘z  asarlarida  ta’lim  (didaktika) 
tamoyillarini  asoslab  bergan  edilar.  Ta’lim  tamoyilari  tizimi  o‘qitish  jarayoni 
qonuniyatlarini ifodalaydi  va tarbiya maqsadlari bilan belgilanadi. SHunga ko‘ra, 
o‘qitish  tamoyili  ta’limning  eng  muhim  masalalarini  nazariy  va  amaliy  jihatdan 
to‘g‘ri hal qilishning asosiy negizi hisoblanadi. 
M.N.Skatkin  ta'lim  tamoyillarini  quyidagicha  belgilaydi:  ilmiylik,  har 
tomonlamalik,  hayot  bilan  aloqadorlik,  tabaqalashtirish,  tizimlilik,  o'quv  fanlari 
orasidagi o'zaro aloqadorlik, joriylilik . 
M.G.Ogorodnikov  esa  o'z  tadqiqotlarida  ilmiylilik,  g'oyaviylik,  tarixiylik, 
tizimlilik, nazariya va amaliyotning birligi, ta'limning hayot bilan aloqasi kabilarni 
tamoyillar sifatida ajratib ko'rsatgan. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish