Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich


TT = Ptex. + TV + dasturiy ta’lim (DT)



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

TT = Ptex. + TV + dasturiy ta’lim (DT)  
Dasturiy ta’lim – ta’lim maqsadlarining aniqlanishi, ta’lim 
jarayonini umumiy loyihalash, tinglovchilar tomonidan 
nazariy bilimlarning o‘zlashtirilishi ehtimolini oldindan 
tashhislash, ta’lim jarayonining samaradorligini aniqlash, 
ta’lim maqsadining natijalanganligini o‘rganish, faoliyat 
natijalarini tahlil etish 
TT = Ptex + TV + DT 
 
60-yillarning  o‘rtalarida  bu  tushuncha  mazmuni  chet  el  pedagogik 
nashrlarda keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda “Pedagogik 
texnologiya”  (Educational  Technology),  1964  yildan  Angliyada  “Pedagogik 
texnologiya  va  dasturli  ta’lim”  (Technology  and  programmed  Learning). 
Yaponiyada esa 1965 yildan “Pedagogik texnologiya” (Educational Technology) 
jurnallari  chop  etila  boshlandi.  1971  yilda  xudi  shu  nomli  jurnal  Italiyada  ham 
chiqarila boshlandi. 
  Pedagogik  texnologiya  muammosining  o‘ta  dolzarbligi  hisobga  olinib, 
uning  ilmiy  asoslarini  tadqiq  qilish  maqsadida  maxsus  korxonalar  tuzildi.  Misol 


 
207 
uchun,  1967  yilda  Angliyada  pedagogik  texnologiya  Milliy  Kengashi  (National 
council  for  Educational  Technology)  tashkil  etildi  va  1970  yildan  boshlab 
“Pedagogik  texnologiya  jurnali”  (Journal  of  Educational  Technology)  chiqa 
boshladi.  AQShning  qator  universitetlari  va  ilmiy  markazlarida  ham  pedagogik 
texnologiya  muammolariga  jiddiy  e’tibor  berildi.  1971  yilda  maxsus 
“Kommunikatsiya  va  texnologiya  Assotsiatsiya”si  (Association  for  Educational 
Communications  and  Technology)  faoliyat  ko‘rsata  boshladi.  Hozirgi  kunda  bu 
tashkilotning barcha shtatlarda va Kanadada 50 dan ortiq filiallari ishlab turibdi. 
  Yaponiyada pedagogik texnologiya muammolari bilan to‘rtta ilmiy jamiyat 
shug‘ullanmoqda,  faol  harakatdagi  pedagogik  texnologiya  Markaziy 
Kengashining  22  ta  davlat  universitetlarida  markazlari  mavjud.  Har  uch  oyda 
yapon  tilida  chiqadigan  “Pedagogik  texnologiya  sohasidagi  tadqiqotlar” 
(Educational  Technology  Research)  jurnallarida  yirik  olimlarning  ilmiy  ishlari 
o‘z  o‘rnini  topmoqda.  Yaqinda  Umumyapon  pedagogik  texnologiya  Markaziy 
Kengashi  (The  Japanese  Council  of  Technology  Centers)  tuzilib,  bu  sohada 
xalqaro aloqalar o‘rnatish ishlari bilan mahur.  
  60-yillar  o‘rtalari  va  70-yillarning  boshlarida  AQSh,  Angliya,  Yaponiya, 
Italiya  kabi  yuksak  rivojlangan  davlatlarda  pedagogik  texnologiyalar  masalalari 
bilan  shug‘ullanuvchi  jurnallar  nashr  etila  boshlandi,  keyinchalik  bu  muammo 
bilan ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va markazlar shug‘ullana boshladi. 
AQShda  1971  yil  –  “Pedagogik  kommunikatsiyalar  va  texnologiyalar 
bo‘yicha  AQSh  Assotsiatsiyasi”  tuzildi.  Hozirgi  kunda  mamlakat  bo‘ylab  va 
Kanadada bu kengashning  50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSh  da 1961 yilda 
“Pedagogik  texnologiya”  jurnali  (Yeducational  Technology),  1971  yilda  esa  – 
“Audiovizual o‘qitish” jurnali nashr etila boshlandi. 
Angliyada  1967  yil  -    Pedagogik  texnologiya  bo‘yicha  Milliy  kengash,  1964 
yildan 
boshlab 
“Pedagogik  texnologiya  va  o‘qitishni  dasturlashtirish” 
(
Yeducational  Technology  progratted  tearning
)  jurnali,  1971  yilda  –  “Pedagogik 
texnologiya” jurnali nashr etila boshlandi. 


 
208 
Yaponiyada  -  Pedagogik  texnologiyalar  muammolari  bilan  4  ta  ilmiy 
tashkilotlar  shug‘ullanadi.  1967  yilda  “Pedagogik  texnologiyalar  bo‘yicha  Milliy 
kengash” tashkil etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 
1965 yildan boshlab Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va 
ingliz  tilida  yiliga  ikki  marta  “Pedagogik  texnologiyalar  sohasida  tadqiqotlar” 
jurnali  nashr  etiladi.  Yaqinda  “Pedagogik  texnologiyalar  bo‘yicha  umumyapon 
Markaziy  kengashi”  tashkil  etildi,  u  muammolar  bo‘yicha  xalqaro  aloqalar 
o‘rnatish bilan ham shug‘ullanadi. 
Italiyada – 1971 yili pedagogik texnologiyalar bo‘yicha Milliy markaz tashkil 
etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr etiladi. 
Vengriyada  - 1973 yili o‘qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi. 
Didaktikaning  bu  yo‘nalishiga  e’tibor  nihoyatda  oshib  borishini  70-yillarda 
o‘tkazilgan  qator  xalqaro  konferensiyalar  tasdiqlaydi.  Shunday  xalqaro 
konferensiyalar  1966  yildan  boshlab  har  yili  bahorda  Angliyada  o‘tkazilib 
kelinadi  va  anjuman  materiallari  “Pedagogik  texnologiya  jihatlari”  (Aspects    of 
Educational Tec-hnology) nomida nashr qilinadi. 
Yuqoridagi  ma’lumotlarni  keltirishni  g‘arb  davlatlari  misolida  yana  ham 
davom ettirish mumkin. Ko‘rsatib o‘tilganlarning o‘ziyoq pedagogik texnologiya 
pedagogika  nazariyasi  va  amaliyoti  sohasidagi  alohida  hodisa  sifatida  diqqat 
markazda  turganligini,  60-yillardan  boshlab  chet  ellarda  yangi  yo‘nalish  sifatida 
shakllanganligini  ta’kidlab  turibdi.  Taxlillarning  ko‘rsatishicha,  bu  davrda 
pedagogik  texnologiya  ikki  yo‘nalishda  muhokama  qilinadi  va  rivojlantiriladi: 
birinchisi – o‘quv jarayoniga texnik vositalarini qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa (shu 
jumladan dasturli ta’limning texnik vositalari), ikkinchisi – o‘qitish texnologiyasi 
masalalarini,  ya’ni  o‘quv  materiallarni  tahlil  qilishdan  tortib  ta’lim  jarayonini 
turlicha nashrli va texnik vositalardan jamuljam foydalangan holda tizimli tashkil 
etishga qadar bo‘lgan keng doiradagi muammolarni qamrab oladi.       
Takrorlanadigan  tuzilmani    pedagogikada    yaratish    qiyin.    Bunga    o‘quv 
(ta’lim-tarbiyaviy)  vazifalarning  xilma-xilligi,  ta’lim  mazmunining  bo‘laklari 


 
209 
va  o‘quv  materiali  turlarining  har  xilligi,  ularni  bilish  faoliyati  uslubining  bir 
xilda namoyen bo‘lmasligi va ko‘plab boshqa omillar to‘sqinlik qiladi. 
Shunday  bo‘lsada,  AQShda  taniqli  olimlar  B.Blum,  D.Kratvol, 
N.Gronlund,  J.Kerroll,  J.Blok,  L.Anderson  va  boshqalar    harakati    bilan  
rejalashtirilgan 
natijalarga 
erishishni 
kafolatlaydigan, 
takrorlanadigan  
pedagogik    tuzilmani  o‘z  ichiga  olgan  pedagogik  texnologiya  ishlab 
chiqilgandi. 
70-80-  yillarda  AQShda  yuzaga  kelgan  pedagogik  texnologiya  oqimi  
deyarli  barcha  rivojlangan  mamlakatlarga  tarqaldi,  YuNYeSKO  kabi  nufuzli 
tashkilot  ham  qiziqa  boshladi.  Yuqorida  aytib  o‘tilganidek,  ta’lim 
samaradorligini  oshirishga    texnologik  yondashuv  o‘ttiz  yillar  muqaddam 
AQShda paydo bo‘lgan.  
Pedagogik  texnologiya  (bu  iborani  birlamchi  tushunishda)  bixeviorizm 
g‘oyalariga  asoslanadi.  Bu  yo‘nalishning  psixologiyadagi    eng    muhim  qoidasi 
organizmni  qo‘zg‘atgich  (stimulyatsiya)  bilan  uni  bu    qo‘zg‘atgichga    javobi 
o‘rtasidagi aloqa bir ma’noligining so‘zsiz tan olinishidir. Bu  ta’lim  jarayonini 
tajriba-sinov  tarzida  o‘rganishga  ham,  bu  jarayonni  boshqarishga  ham  bir  xilda 
dahldordir.  Biz  organizmda  sodir  bo‘layotgan  ichki  jarayonlar  (shu    jumladan, 
psixik  jarayonlar  to‘g‘risida  ham)  to‘g‘risida  tashqi  kuzatiladigan  harakatlarni 
tahlil  qilmay  turib  hech  narsa  bila  olmasligimiz,  shubhasiz,  dalil    ekanligidan 
kelib  chiqsak,  bixevioristlar  kuzgatgich  bilan  javob  ta’sir  o‘rtasidagi  aloqani 
o‘rganish bilan cheklanadi. Bu cheklanish bixeviorizm ahamiyatini kamaytiradi, 
chunki  har  qanday  nazariya  bevosita  kuzatishdan  yashiringan  u  yoki    bu 
qonuniyatlarni bilishni nazarda tutadi. 
Pedagogik  texnologiyaning  asosiy  tamoyillari  va  ularning  mohiyatini  bilish 
mazkur jarayon haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkoniyatini yaratadi. 
Pedagogik texnologiya umumiy didaktik tamoyillarga ega bo‘lishi bilan birga, 
quyidagi aynan o‘zigagina xos bo‘lgan tamoyillarga ham ega (9.2-rasm): 
 
 


 
210 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish