Ijtimoiy talablar
– yetishtirib chiqariladigan mahsulot-ning xususiyatlari va
ko‘rsatkichlariga jamiyat tomonidan belgila-nadigan me’yorlar.
Ijtimoiy sharoit
– pedagogik jarayon, tizim yoki vaziyat tashkil etiladigan
muhitning moddiy ta’minlanganligi, pedago-gik kadrlar bilan ta’minlanganligi,
ta’lim oluvchilarning yoshi, jismoniy va ma’naviy tayyorligi darajasi va shunga
o‘xshashlar.
Psixologik ta’limotlar
– pedagogik jarayon, tizim yoki va-ziyat tashkil
etiladigan muhitdagi kishilarning ruhiyati (ruhiy jarayonlar, individual
xususiyatlar) ga bog‘liq omillar haqidagi bilimlar.
Samarali
– “samara” arabcha so‘z bo‘lib, tarjimada “meva”, “hosil” degan
ma’nolarni anglatadi. “Samarali strategiya” deyilganda faoliyatining ijobiy natijasi
ko‘zga yaqqol tashlanib turuvchi strategiya tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |