Ismailova Zukhra Karabayevna, Maxsudov Po’lat Maxsudovich, Ergashev Oybek Karimovich



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/222
Sana01.01.2022
Hajmi3 Mb.
#291914
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   222
Bog'liq
Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi

 
 
 
 
 
 
 
7.2-rasm. Muammoli  ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etish bosqichlari. 
 
Muammo  ta’lim  oluvchilarning  bilim  darajalariga  hamda  intelektual 
imkoniyatlariga  mos  bo‘lishi  shart.  Hosil  bo‘lgan  muammoli  vaziyatni  yechish 
uchun  topshiriqlar  yangi  bilimlarni  o‘zlashtirishga  yoki  muammoni  aniqlab, 
yaqqol ifodalab berishga yoki amaliy topshiriqni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.  
Ta’lim  oluvchilarning  muammoli  vaziyatni  tushunishlari  -  uning  kelib 
chiqishi  sabablari  hamda  nimalarga,  qanchalik  darajada  bog‘liqligini  idrok  qila 
olishlari  natijasida  hosil  bo‘ladi.  Bunday  tushuna  olish  esa  ta’lim  oluvchilarga 
mustaqil ravishda muammoni ifodalay olish imkoniyatini beradi.  
Talabalarni  hamkorlikdagi  faoliyatini  tashkil  etish,  boshqachasiga 
aytganda, hamkorlik pedagogikasi XX asrning 80-yillari ta’limida ko‘plab kuchli 
innovatsion jarayonlarni boshlab bergan strategiyalardan biri hisoblanadi. 
Dars mavzusi bilan bog‘liq muammoli masalani belgilash 
 
Belgilangan masalaga ko‘ra muammoli vaziyatni hosil qilish 
 
Kerakli o‘quv vositalarini tayyorlash 
 
Muammoli vaziyatni hal qilish bo‘yicha kichik guruhlarni tashkil qilish 
 
Muammoli vaziyatni yechimi bo‘yicha har bir guruh taqdimotlarini tinglash 
 
 
 
Guruhlarning taqdimotini muhokama etish, maqbul yechimni qabul qilish 
 
 


 
158 
Hamkorlik  pedagogikasi  shaxsga  yo‘naltirilgan  ta’lim  texnologiyasi 
ko‘rinishlaridan bo‘lib, uning asosida Baxtin – Beblerning madaniyat konsepsiyasi 
yotadi.  Ushbu  konsepsiyaga  asos  qilib  inson  ongi  uchun  dialogning  yoppaligi  va 
yalpiligi xususiyati olingan. Bu haqda V.S. Bibler shunday deb  yozgan edi (1930-
yillar):  “Dialogik  munosabat  universal  hodisadir.  Dialog  inson  nutqida  va 
qandaydir  ma’no  hamda  ahamiyatga  ega  holida  uning  hayotida  kechib  o‘tadigan 
barcha  munosabatlarda  ishtirok  etadi.  Qayerdaki  anglash  boshlanar  ekan,  o‘sha 
yerda dialog boshlanadi”. 
Ma’lumki,  aksariyat  didaktik  tizimlar  asosida  yaratilgan  pedagogik 
texnologiyalarda 
tushuntirish
  asosiy  metod  hisoblanadi.  Shaxsga  yo‘naltirilgan 
ta’lim texnologiyasida, shu jumladan, hamkorlik pedagogikasida esa: 
tushunish
 va 
o‘zaro  tushunish
  asosiy  metod  deb  qabul  qilinadi.  V.S.  Bibler  bu  ikki  metod 
to‘g‘risida mana bunday fikrni ilgari suradi: tushuntirish, bu – bitta sub’ekt, ya’ni 
monolog;  tushunish,  bu  –  ikkita  sub’ekt,  ikkita  ong,  bir-birini  tushunish,  ya’ni 
dialogdir.  Tushuntirish  –  hamisha  yuqoridan  qarashlik,  fikrni  o‘tkazmoqlik. 
Tushunish bu – bir-birini tushunish yo‘lidagi muloqot, hamkorlik, tenglik. 
Hamkorlik 
pedagogikasining 
fundamental 
g‘oyasi 
tushuntirishdan 
tushunishga, 
monologdan 
dialogga, 
ijtimoiy 
nazoratdan 
rivojlanishga, 
boshqarishdan  o‘z-o‘zini  boshqarishga  o‘tib  borishdan  iborat.  Bunda  pedagog 
zimmasidagi  vazifa  “o‘quv  materiali”ni  bildirishga  emas,  balki  ijod  bilan 
shug‘ullanish  uchun  o‘quvchilarni  muloqotga,  bir-birini  tushunishga  safarbar 
etishdan  iborat.  Shaxsga  yo‘naltirilgan  ta’lim  muhitida  o‘quvchi  faoliyatining 
asosiy  usuli  bo‘lib  ijod  qilish  va  tadqiqiy  izlanish  hisoblanadi.  Lekin  ijodiy 
masalalar  va  turmush  muammolari  qarshisida  undagi  ruhiy,  jismoniy  va  aqliy 
imkoniyatlar  ancha  zaif  holda  bo‘ladi.  Talabaga  pedagogik  dalda  berish  uni 
qo‘llab-quvvatlab turish lozim bo‘ladi. 
Qo‘llab-quvvatlash  o‘qituvchining  talaba  shaxsiga  nisbatan  insonparvarona 
pozitsiyasini  ifodalaydi.  Bu  yerda  tabiiy  ravishda  o‘qituvchining  talabada  u 
izlayotgan yordam va himoyani ko‘proq o‘z o‘qituvchisidan topishi mumkinligiga 
ishonch hosil qilishi, talabaning himoyaga muhtojligini tushunishi va uning bolalik 


 
159 
yoki  o‘smirlik  hayoti,  salomatligi,  kayfiyati  va  rivojlanishida  o‘zining  shaxsan 
javobgarligini anglashi – o‘qituvchining insonparvarligi pozitsiyasi hisoblanadi. 
Hamkorlik  pedagogikasi  ta’limoti  asoslari  xorijiy  davlatlar  pedagog 
olimlaridan J.J. Russo, Ya.Korchak, K.Rojers, E.Bern, Rossiya va boshqa davlatlar 
pedagog  olimlaridan  K.D.Ushinskiy,  N.P.Pirogov,  L.N.Tolstoy,  S.T.Shatskiy, 
A.S.Makarenko,  V.A.Suxomlinskiy,  Sh.Amonashvililarning  asarlarida  keng 
yoritilgan va ular  yaratgan pedagogik maktablar hayotida jiddiy sinovlardan o‘tib, 
o‘zinining porloq istiqbolga egaligini isbot etib kelmoqda. 
Hamkorlik pedagogikasining rivojlanib borishi to‘rtta asosiy yo‘nalishga ega: 
1. Ta’lim oluvchi shaxsiga insonparvarona munosabat. 
2. Faollashtiruvchi va rivojlantiruvchi didaktik majmua. 
3. Tarbiya konsepsiyasi. 
4. Atrof-muhitni pedagoglashtirish.  

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish