Islomshunoslik fakulteti


Xulosa…………………………………………………………………………27



Download 53,53 Kb.
bet2/5
Sana24.01.2022
Hajmi53,53 Kb.
#408146
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nazokat kurs ishi(1)

Xulosa…………………………………………………………………………27

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………29

Ilovalar


KIRISH

Mavzuning dolzarbligi:

I. BOB. ROVIYLAR VA HADIS ILMI

1.1. Roviylar haqida umumiy tushuncha

Bizga ma’lum bo’lganidek roviylarni o’rganish hadis ilmi sohasida beqiyos ahamiyat kasb etadi. Nega deganda biz roviylarni keng ko’lamda o’rganish orqali ularni hayotini , hadis rivoyat qiluvchining kimlardan rivoyat qilgani va shu borada bir qancha ma’lumotlarga ega bo’lamiz. So’zimizning asl mohiyatiga to’xtaladigan bo’lsak, roviy so’zining ma’nosi arabchadan olinganda ‘rivoyat qiluvchi, aytuvchi’ degan ma’nolarni ifodalaydi. Roviylarning har birini shogirdi bo’lgan buning sababi, hadis rivoyat qiluvchi kishi so’zida rostgo’y bo’lgan, ilmli , zabtida noqislik bo’lmagan shu jihatdan o’zidan shogird chiqarib unga o’z ilmini yetqazgan. Hadislarni roviylar shogirdlariga rivoyat qilib bergan va ular esa ustozlaridan qandey bo’lsa shundey tarzda olib, keyingilarga aytib bergan. Roviy aytuvchi o’z navbatida ‘toriq’ deb ataluvchi shogirdlariga hadislarni yetqazib uzluksiz bo’lishini ta’minlaydi.

Roviylar – Payg’ambarimizning so’zlari – hadislarni aytuvchilar. Ular 2 tur bo’lgan : sahobalar va tobeinlar.

Hadis ilmi olimlari Rasulullohdan deb qilingan har bir hadisni darajasiga qarab. «mutavotir», «sahih» va boshqalarga bo‘lib, har birining shartlarini va hukmlarini bayon qildilar. Parvardigordan yordam so‘rab, hadisdagi matn, sanad-isnod ma’nosini hadislar darajasiga ko‘ra bildiramiz. Matn – sanadning kalomga borib tugashi.,Imom Al-Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, At-Termiziydan boshqa zikrlar va duolar bobida Imom Navaviy va ‘Silohul-mu’min" dan, targ‘ib va tarxib bobida Qurtubiyning tazkirasidan sahih hadislarni rivoyat qilgan.

Rosuli akramimizning so’zlari - hadislar roviylardan yig’ib olingan,. Ma’lumot beruvchi, aytuvchi bu roviy hisoblanadi .Roviylar sahobalardan va tobeinlardan bo’lgani bizga ma’lum bo’lganidek , sahoba- payg’ambarimizni sahobalarni ko’rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilardir. Hadis ikki qismdan - sanad va matndan ko’rgan va suhbatlashgan, yonlarida bo’lgan, rosuli akramimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida yashagan . Endi tobeinlar haqida so’z yuritadigan bo’lsak, ular payg’ambarimizni ko’rmagan bo’lsada lekin sahobalarni ko’rgan, ular bilan gaplashgan . Sanad - payg’am­barimiz qandey holatda va qay tarzda kimlarning aytgan bo’lsalar shuni hujjati hisoblanadi, matn esa uning mazmunidir. Imom al-Buxoriy hadis ilmining ulug’ yulduzi edi .Buyuk allomamiz tufayli hadis ilmi keng rivoj topishiga sabab bo’ldi.

1.Ushbu ilmning joizligiga Qur’oni karim “Hujurot” surasi 6-oyati dalil sifatida keltirilgan bo‘lib, unda Alloh taolo: “Yey iymon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab ko‘ringlar, bir qavmga bilmasdan musibat yetkazib qo‘yib, qilganingizga nadomat chekuvchi bo‘lmanglar”, - deya mo‘minlarga har qanday xabarga ham ishonavermasdan, ushbu xabarning chinligini tekshirib ko‘rish lozim ekanini uqtirmoqda.

Vaqt o‘tishi bilan islom dinining keng tarqalishi hamda musulmonlar sonining ko‘payishi natijasida ko‘plab kishilarning hadis talabida safar qilish holatlari kengaydi. Shu sababli xalifalar Usmon ibn Affon hamda Ali ibn Abi Tolib hukmronligi davriga kelib kam hadis rivoyat qilish odati o‘z-o‘zidan to‘xtadi. Hadis ilmi markazlari sanalgan Madina va Makka shaharlariga kelayotgan tobeiylarga hadis o‘rgatish sahobiylar uchun asosiy mashg‘ulotga aylandi. Bundan foydalangan munofiqlar asta-sekin musulmonlar orasida turli ig‘vo so‘zlarni tarqatish bilan nizolar keltirib chiqara boshladilar. Natijada musulmonlar orasida har xil guruhlarga bo‘linish kuzatildi. Soxta hadislar paydo bo‘la boshladi.

Tobeiylar davriga kelib Payg‘ambar (s.a.v.)ning hadislari siyosiy va e’tiqodiy maqsadlarda qo‘llanila boshlandi. Natijada, “jarh va ta’dil”da ham rivojlanish yuz berib, roviylarga baho berish mezonlari ko‘paydi. Hadis isnodini o‘rganishda roviylarning adolati (musulmon, oqil, balog‘atga yetgan, rostgo‘y, taqvodor bo‘lishi, bid’atchi emasligi), zabti hamda o‘z rivoyatining ma’nosini anglay olishi ham o‘rganila boshlandi.


Hadis rivoyat qilgan kishilar

haqidagi ma’lumotlarni o‘rganuvchi ilm «ilm rijol al-hadis» (kishilar ilmi) deb yuritiladi. Bu sohada hadis rivoyat qilgan ayollarni ham o‘rganiladi. Hadis ilmida «kishilar ilmi» deb atalishining sababi hadis rivoyat qiluvchilarning aksariyati erkak kishilar bo‘lgani inobatga olingan. Bu ilmda roviylarning ahvoli, ularning rivoyatini qabul qilish-qilmaslik, yashagan zamoni, ustozi va shogirdlari hamda ismi-sharifi, laqablari o‘rganiladi. Hadis ilmiga oid manbalarda roviyning

shaxsiyatini bilish asosan ikki yo‘l orqali o‘rganiladi:

1. Roviylar tarixi; Muhaddislar hadis roviylarining tug‘ilishi, Shayxlaridan hadis eshitish vaqti, biror joyga safar qilgan payti, vafot etgan sanalari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganishiga aytiladi. Bu hadis ilmining muhim sohasi bo‘lib, u bilan roviylardagi yolg‘on aniqlanishi mumkin. Hadis isnodining esa, uzluksiz (muttasil) yoki uzilgani (munqati’) aniqlanadi. Imom Sufyon Savriy: «Roviylar yolg‘on ishlatishni boshlaganda, ularga qarshi tarixdan foydalandik», deganidan bu ilm muhaddis uchun dolzarb ahamiyat kasb etganini bilish mumkin.

2. Roviylarning ismlari. Roviylarni aniqlash borasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida isnodlarda zikr etilgan shaxslarning tarjimai hollari ta’lif etilgan asarlar paydo bo‘lgan. Ularda hadis roviylarining ismlari ko‘rsatib o‘tilgan. Roviylar o‘z ismlari bilan boshqalardan ajralib turganlar. Biroq bir-biriga o‘xshash ismlar ko‘p bo‘lgani uchun muhaddislar ularni ajratib olish yo‘llarini ishlab chiqib, o‘ziga xos qoidalarni joriy qilganlar. Roviylarning ismlari quyidagilar orqali aniqlanadi:

1. Muttafiq va muftariq (bir xil va turli).

2. Mu’talif va muxtalif (kelishish va ixtilof).

3. Mutashobih (o‘xshash).

4. Mubham (gumon).

5. Vuhdon (bittagina).

6. Mufradot (yakka).

7. Turli kunya, laqab va ismlar bilan eslash.

8. Kunya.

9. Laqab.

10.Otalaridan boshqalarga mansub bo‘lish.

Muhaddis uchun «Asma ar-rijal al-hadis», Ya’ni hadis rivoyat qilgan

kishilarning ismlarini bilish ahamiyatlidir. Bu «hadis kishilarining ismlari»

ma’nosini bildirib, hadis rivoyat qilgan roviylarning ismlari bo‘yicha ta’lif etilgan asarlarga aytiladi. Buni muhaddislar hadis roviylarining ismlarini aniqlash

maqsadida joriy qilgan ilm turi, deb atash ham mumkin. Bu ilm orqali roviyning to‘liq ismini, Ya’ni otasi, bobosi, kunyasi, nasabi, laqabi kabilarni bilishda foydalanilgan. Bir xil ismga ega bo‘lgan turli roviylarni bilishda ham foydali hisoblangan. Bunday asarlar ishonchli, zaif kabi roviylarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Hadis roviylari haqidagi ilmni har bir muhaddis bilishi shart hisoblangan. Bu bo‘yicha yozilgan asarlar asosan ikki turlidir: tarix nuqtai nazardan va roviylarning ismini bilish nuqtai nazardan roviylar ilmi.

«Asma ar-rijol» bo‘yicha yozilgan asarlar qatoriga Abul Qosim ibn Asokirning (vaf. 571/1176 y.) «al-Mu’jam al-mushtamil ala zikr asmo Shuyux alaimma an-nubl» asarini kiritshi mumkin. Bu asarda olim olti ishonchli hadis to‘plami sohiblarining Shayxlarini muxtasar holda, alifbo tartibida (avval Ahmad

ismlilarni) keltirgan. Ashobi sittaning nomlarini qisqartirib (masalan, Buxoriy uchun «X», Muslim uchun «M», Abu Dovud uchun «D», Termiziy uchun «T», Nasoiy uchun «N», Ibn Moja uchun «Q» harflarini qo‘llagan holda) keltirgan. Abdulg‘ani ibn Abdulvohid Abu Muhammad Maqdisiy Hanbaliy (vaf.

600/1204 y.) «al-Kamol fi asmo ar-rijol». Ibn Asokir olti ishonchli to‘plam

sohiblarining Shayxlarini asos qilib olgan bo‘lsa, bu kitobda esa olti kitob

roviylari, Ya’ni sahobalardan muhaddisning Shayxigacha tanlab olingan.




Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish