Islomshunoslik fakulteti


Roviylar hadis ilmidagi o`rni



Download 53,53 Kb.
bet3/5
Sana24.01.2022
Hajmi53,53 Kb.
#408146
1   2   3   4   5
Bog'liq
Nazokat kurs ishi(1)

1.2. Roviylar hadis ilmidagi o`rni

Ma’lumki, hadis rivoyat qilinishida Imom Buxoriy keltirganlaridek o’z shartlari bordir.1-Hadis bir-biridan rivoyat qilayotgan roviylar bir shaharda zamondosh bo’lishi , hadis esa muttasil hadis deb qaralishi uchun esa barcha shartlar topilishi kerak bo’ladi. 2-Hadis rivoyat qilgan roviylar bir shaharda uchrashgan bo’lsa-yu lekin bir shaharda yashamagan bo’lsa, bu hadisga ham muttasil deb qaralmaydi. 3-Roviy hadis rivoyat qiluvchi shaxs o’zidan oldingi eshitgan roviydan ijozatan -yuz tarzda ya’ni rivoyat jihatidan yoki diroyat jihatidan olgan bo’lishi. 4-Eng asosiylaridan biri roviy musulmon bo’lishi, musulmon bo’lmagan roviydan hadis qabul qilinmagan. 5-Roviy bu bosqichda balog’atga yetgan bo’lishi, muhaddislar e’tiborida balog’at yoshi belgilanmagan . Ular tavilicha balog’at yoshi hadisni bemalol yod oladigan va uni mas’uliyatini boshqalarga huddi o’zidek yetqaza olish darajasiga yetsa deb aytishgan. Hadis ilmidan bizga ma’lumki, birinchi roviy Qutayba ibn Said bo’lgan. Bu roviy ko’plab hadislar rivoyat qilgan bo’lib, bu roviy Imom Termiziyning eng kata ustozlaridan biri hisoblanadi. Qutayba ibn Said asli Xurosonlik bo’lib, u kishi ustolari Imom Molikdan, Ibn Laysdan, Shayx Naxiyadan va Imom Sharikdan hadis eshitgan. Siqa bo’lganlar, kata olim, taqvador kishi edilar.Buni dalili sifatida aytib o’tishimiz joizki, Imom Nasoiy bu

kishiga shunday ta’rif berganlar. Bu kishi siqa edilar va Xurosonning eng kata olimlaridan bo’lganlar. Qutayba ibn Said ko’p safar qilganlar va safarlari chog’ida ko’plab hadislar eshitganlar va uni saqlab olganlar. Bu roviy olimlarning ta’kidlashicha juda ham ishonchli bo’lganlar. Hijriy 240-yil vafot etganlar. Manabalarda kelishicha, 91 yoshlarida vafot etganlar. Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy yashagan davrlarida hadis ilmi rivoj topgan edi va ko’plab muhaddis olimlarimizning hadis to’plamlari bor edi. Imom Buxoriy vafotlaridan keyin ham muhaddislarning qancha-qanchalari yuzaga kela boshladilar.Lekin shunga qaramasdan, Imom Buxoriyning ‘’Al-jome as-sahih’’ kitoblari hadis ilmida eng mukammal manba hisoblanadi. Buning eng asosiy sabablaridan biri- Imom Buxoriy o’z oldiga kelib hadis rivoyat qilgan roviylarni hadisini qabul qilishda va ularni kitobat holida keltirishda boshqa muhaddislardan mutlaqo farq qilgan.Shu jihatidan boshqa ko’plab muhaddislardan kuchli bo’lgan. Bunda Imom Buxoriy hadislarni qabul qilish yo’lida bir muncha shartlarni qo’ygan. 1-Rivoyat qiluvchilarning xulq-atvoriga , odob –axloqiga jiddiy e’tibor qaratganlar. Agar ushbu hislatlar topilmasa, unday roviydan hadis qabul qilmaganlar. 2-roviyning sifati ya’ni unga muhaddislar tomonidan jarh yetmagan bo’lsa, yoki nasl nasabi noma’lum bo’lmagan

bo’lmagan bo’lsa undan hadis rivoyati olingan.Muhaddis olimlar hadisni sahih deb topishi uchun o’zining beshta shartlari bo’lgan. Ular quyidagilar;1) sanadning muttasil bog’langan bo’lmog’i . 2) sanaddagi roviyning odil ya’ni adolatli bo’lmoqligi. 3) hadisda roviyning zabti kuchli bo’lmoqligi, nuqson bo’lmasligi kerak .Shunda hadisi olinadi. 4) hadis o’z sanadi va uning roviylari martabasiga zarar yetkazuvchi sabablardan holi bo’lishi. 5) hadis sanadi shozlikdan holi bo’lmoqligi lozimdir. Endi esa Imom Buxoriy zamirida roviylarni rivoyatini qabul qilishda o’n ikkita shart bo’lganligi haqida to’xtalib o’tamiz. Hadis rivoyat qiluvchi roviylar bir shaharda zamondosh bo’lishi. Bir-biridan hadis rivoyat qilayotgan roviylar o’zaro uchrashgan bo’lishi. Roviy musulmon bo’lishi joizdir. Roviy balog’atga yetgan bo’lishi, aqli zaif bo’lmasligi, roviy fosiq bo’lmasligi, roviy rostgo’y bo’lishi, xotirasi kuchli bo’lishi, natijasida, muhaddislar orasida faqatgina Imom Buxoriygina 12 shartga amal Tadqiqotlar qilgani yaqqol namayon bo’ladi. Boshqa muhaddislarda Imom Buxoriy kabi qat’iy rioya etilmaganligi ko’rsatilgan. Imom Buxoriy nazdida agar hadisning sanad va matn qismlari sahih deb topilsa, shu hadis maqbul deb topilgan va roviydan qabul qilib olingan. Imom Buxoriy hazratlari aytganlaridek ,

roviyni rivoyatida 11ta shart topilsa unda bu hadis olinadi va kitobatga kiritiladi. Yana bir misol keltiradigan bo’lsak, bir roviy bir shaharga kelib, o’sha yerning aholisiga dars tashkil qilsa, darsda hadis rivoyat qilib bersa, shu darsida ishtirok etgan biror kishing hadisni bir shaharda yashaydigan vatandoshiga aytib bersa, lekin aytib bergan kishisi darsda qatnashmagan bo’lsa , o’sha insonni rivoyati muttasil sanad sifatida qaralmaydi. Lekin Imom Muslim va boshqa ko’plab muhaddislar bu vaziyatda hadisni sanadini muttasil sanaganlar. Shu bilan bir qatorda, Imom abu Dovudning nazdlarida esa roviyning rivoyatida 9ta shart topilsa ham bu hadisi muttasil hisoblangan.Imom Termiziy esa buning shartlarini 10ta deb olganlar. Shuning uchun hamImom Termiziyning ‘’Sunan’’ini Imom Abu Dovudnikidan ustun qo’yishadi. Yana so’zimizga qo’shimcha qiladigan bo’lsak Imom Molik va Imom Ahmad rohmatullohi alayhlarning boshqa muhaddislarga nisbatan roviyga qo’yilgan shartlari kam bo’lgan. Lekin bu bilan ularning to’plagan hadislari kam degan nazariya shakllanib qolishi to’g’ri bo’lmaydi. Sababi buning ijobiy tomonlari ham mavjud bo’lib shulardan, bu muhaddislarimiz haqida ma’lumotlar kamligidir. Shu sababdan ham ularning roviylarning rivoyat qilishida aynan nechta shart qo’yganligi

noma’lumdir.Ana shu jihatdan ularni sahihdan past darajada tushira olmaymiz, bu mutlaqo xato bo’ladi. Yana bunga bir qanch sabablarni keltirishimiz mumkin. Ular yashab o’tgan davrning payg’ambarimiz yashagan davr orasidagi farq yaqinligi va shu sababidan rivoyat qiluvchi roviylarning kam son bo’lganligi ham bunga dalil bo’la oladi. Va buning natijasida bu hadis oliy darajada ham chiqishi mumkin bo’ladi. Hijriy 3-asrda hadislarni ta’vil etishda, ‘musnad, sahih, sunan’ deb atalgan darajalar vujudga keldi. Shular orasida esa ‘’Sahih’’da eng to’g’ri hisoblangan, sanadi muttasil bo’lgan hadislar kiritilgan. Bular sirasiga; Abu Dovud, Abu Iso at- Termiziy, Nasoiy, ibn Moja to’plamlari shular jumlasidandir. Movarounnahrda birinchi bo’lib Imom Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy hadis to’plamini ta’lif etgan. Bundan tashqari Ahmad ibn Hanbal al-Marvaziy, Haysam ibn Kulayb , Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad al-Barakotiy, Ibrohim ibn Ma’qul an-Nasafiy va boshqalar hadis to’plamlarini ta’vil etishgan. Aslini olganda roviylarni hadisini qabul qilishda yordam beradigan ilmlardan biri bu jarh va ta’dil ilmidir. Bu ilmda roviylarni ajratiladi.Ularni ayb, nuqson va kamchiliklari ko’rilib shu bilan ularni jarh qilinadi. Ta’dil qilishda esa ularni ijobiy sifatlari maqtaladi. Shuning uchun aytishimiz mumkinki, builm juda ham keng bo’lib har bir inson o’rgansa manfaat oladigan desak yanglishmagan bo’lamiz. Bu ilmda roviylarni ayblarini oshkor qilishni maqsad qilinadi. Shu sababidan ham islom shari’ati asosida bahs-munozaralar olib borilib, o’sha roviylarning hayotida qandey sifatlarga ega ekanligi ko’rib chiqiladi so’ngra ularni rivoyat qilgan hadislari qabul qilinadimi yo’qmi ko’rib chiqiladi. Agarda roviyning jarhiy tomondan ayb va nuqsonlari ko’p bo’lsa, unda jarh qilinib, hadisi qabul qilinmaydi. Bu limning paydo bo’lishini olimlar quyidagicha tasniflaydilar. Bu ilm islom paydo bo’lgan davrda yuzaga kelgan turli ixtiloflar natijasida deb qaraydilar. Roviylarda zabt eng asosiy hisoblanadi. Hattoki payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam davrlarida ham sahoblarni yig’ib o’tirgan vaqtlarida ham ularni zabtini sinar edilar. Bu ham roviyning barcha zabt borasidagi nuqsonlardan pok bo’lishini aytadi. Negaki, zabti bo’lmagan roviyning rivoyat qilgan hadisi qabul qilinmasligi aniq edi. Buni hatto Imom Buxoriy, ibn Moja, Imom Nasoiy va boshqa muhaddislarimiz misolida ham ko’rishimiz mumkin. Bu muhaddislarimiz eng asosiy shartlari sirasiga zabti kuchli bo’lishligini kiritganlar. Ana shuning uchun ham rivoyat qiluvchi roviylar har jihatdan hadisida turli xil metodlar ularga nisbatan qo’llanilgan. Roviylarni asosan so’zida rostgo’ymiyo’qmi, siqami shu tomonlariga jiddiy e’tibor berganlar.Shu boisdan ham turli metodlarni roviylarga nisbatan qo’llashgan.Masalan, olimlar bir roviydan eshitgan hadisini tekshirib olish uchun boshqa zabti bor bo’lgan roviydan eshitishgan negaki rost aytganmi yo’qmi aniqlashgach keyin uni qabul qilsa va ishonsa bo’ladimi yo’qmi o’rganishgan. Jarh va ta’dil ilmida yakdillik hamda har jihatdan kenglik borasidagi yo’llar orqali qamrovining mag’ziga kirib boriladi. Bu limning ahamiyati beqiyos ahamiyat kasb etib, muhaddislarimiz ham bu ilmni hadisning yuragi sifatida qarashadi. Roviylarni tekshirish borasidagi ishlar ham davrlarga bo’lingan bo’lib, unga ko’ra sahobiylar davrida ularning zabti va bid’atchilardan bo’lgan yo bo’lmaganligi tekshirilgan. Tobeiylar davrida esa odilligi tekshirilgan.Shularning natijasida , roviylarni siqasini zaifidan ajratishga muvaffaq bo’lindi. Olamlar robbisi Alloh subhana va taolo bu ilmni yuzaga kelishiga keng yo’llarini ochib qo’ydi va unga barokot berdi. O’z fazli va karami ila biz kabi ahli ilmlarga Alloh taolo hadis ilmiga kengroq kirib borishimiz uchun yana bir keng yo’llarini ochib qo’ydi. Yana bir muhim ma’lumotlardan biri shuki, agar biror roviydan Imom Muslim va Imom Buxoriyda har ikkisida rivoyat keltirishlari uchrasa, unda bu adolatli va sahih hisoblanadi. Ba’zan esa hadislarning oxirida mutafaqun alayhi deb kelishi ham ‘’Imom Buxoriy vs Imom Muslim’’da kelganini anglatadi. Allohga hamdu sanolar bo’lsin. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga durudur salovatu salomlarimiz bo’lsin. Jarh va ta’dil ilmida roviyning adolati , uning fosiq emasligi, uning adolatidagi darajalari , zabt darajalari yoki uning aksi bo’lgan jarh darajalari ko’rib chiqiladi. So’ngra olimlar bu ilmning qoidalarini qo’yib chiqdilar. Va jarh va ta’dil ilmini tayin qildilar. Bu qoidalar ma’no mohiyatda kelgan. Shu bilan birga roviylar ustida qo’yilgan ko’plab hukmlar mavjud bo’lib . Olimlar senga uni bu ilmdagi biror bir masalani qoldirishmagan . Faqatgina bu ilmni ixlos va diqqat e’tibor bilan o’rganmoq kerak. Bu ilm bizga har bir roviyni holatini bilishda yordam beradi. Ularning darajalari oliymi, o’rtami bizga anglab tushunishimiz uchun yordam beradi. Yoki zabti mukammali, kuchsiz yo zaifmi, hadislardagi holatini bilishimizda esa u sahihmi, hasan yoki zaifmi yordam beradi. Huddi shuningdek , roviyga jarohat yetkazilgan holatini bilishligimizda, jarh qilishliklardagi turlarida qabihroqmi yo kuchsizmi hadislarsa kelishligi bilan esa o’ta zaif yoki o’rta me’yordagi holati, hadisda kelishi bilan esa mardud yo taqvosida noqislik bo’lsa, albatta jarh va ta’dil ilmi bizga roviylarning ahvollarini, uning isnodining holatlarini, hadislarning aahvollarini blishda yordam beradi. Muallif o’z kitobida shundey deydi; men bu kitobni 4 yildan ko’p vaqt davomida birinchi darajadagi tabaqalarining darajalarini yozdim. Alloh uni yanada ziyoda qilishlik bilan ochib qo’ydi. Ularning darajasidagi ikkinchi tabaqani ham Alloh ziyoda qilib ochib qo’ydi. Shunda men bundey roviylarning darajalarini tasvirlab o’ttim va ‘’Toriq ul-hukmi a’la-l-hadisi’’ kitobimning 2-juzida jarh va ta’dil va ilmu rijolga oid ko’plab masalalarni keltirdim. Bu yerda takror bo’lmasligi uchun zikr qilmadim. Bu kitobning vatanini ‘’Toriyqul hukmi a’la –l-hadisi ya’ni hadisda hukm chiqarish yo’llari kitobida ishora qilingan. Bu kitob roviyni adolati bilan yoki jarhi bilan hukm qilish va bunda imomlarning atamalarini o’rganishni o’rgatadi va buning Qur’on bilan birga Payg’ambarimiz hadislarini bilishda kata o’rin tutadi. Bu nomlari atalgan asarlarning har birida o’sha sohadagi taniqli kishilar tilga olinadi. Uchinchi tabaqot kitoblari turli yo’nalishlar bilan bir qatorda turli uslublarda ham yozilgan. Asarlarga ko’ra, shaharlar ,tariqatlar, nomlarning bosh harfiga ko’ra ular jinsi bo’yicha tasniflanadi. Tabaqot kitoblarini yozish musulmon arablar tomonidan boshlanganligi ham aytiladi. Tabaqot yozish islom tarrixining eng boshida Payg’ambarimiz (s.a.v) hayoti bitilgan’’ Siyar’’ilmidan boshlandi. Hadisni sahihligini bilish uchun hadisni yetkazgan roviylarni tekshirish lozimligini bildiradi. Agar shundey qilinmasa , unda hadis ilmida ko’plab nizo va fitnalar yuzaga chiqishi tabiiy edi. Hadis olimlari hadisni rivoyat qilar ekanlar, roviylar uning ishonchliligi haqidagi ma’lumotlarni hadislar bilan yetkazgan. Keyinroq rivoyatchilar haqida alohida asarlar yozila boshlandi. Amalda rivoyat qiluvchilarning kimligini bilish, ularning tug’ilgan va vafot etgan yillarini bilish, kim birinchi kelgan, kim bir-biridan rivoyat qilganligi haqidagi ma’lumotlar o’z ahamiyatga egadir. Ulamolarimiz esa, biror adolatli roviyning adolati qabul qilinishi uchun uning guvohligi ham inobatga olishi kerak deb hisoblashgan. Bu holatda ta’dil hukmini berishda erkak yo ayol bo’lishligi, ozod kishimi yoki qulmi bunu ahamiyati yo’q edi. Roviylarning adolati to’g’risida ular haqida xalq ichida nomlari adolati bilan mashhur bo’lishi shart deb olinmaydi. Shu o‘rinda Xatib Bag’dodiy aytgan quyidagi so’zlarni keltirib o’tamiz. U kishi ‘’Roviy agar siqa va adolati bilan yaxshi tanilgan bo’lsa, uni ta’dil qilganlarni hukmini olish muhim hisoblanmaydi. Ta’dil qilish shart bo’lmagan muhaddsilarimizni quyidagicha keltirib o’tamiz. Ular; Sufyon ibn Uyayna ,Shu’ba Abu



Download 53,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish