Islomshunoslik fakulteti islom tarixi va manbashunosligi irsika kafedrasi


O’zbekiston epigrafik yodgorliklari



Download 158 Kb.
bet3/15
Sana10.03.2022
Hajmi158 Kb.
#488785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
OSIYO TARIXI HAQIDA MA’LUMOT BERUVCHI ENG QADIMGI EPIGRAFIK YODGORLIKLAR

O’zbekiston epigrafik yodgorliklari.

Surxondaryo. Hakim at-Temiziy yodgorlik majmuasi X-XIV asrlar. Bu me'moriy obida Eski Termiz qal'asining shimoliy-g'arbida barpo etilgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy qator diniy-falsafiy asarlar muallifi, din arbobi, yirik mutasavvif va mashhur olimdir. Hakim at-Termiziy maqbarasi qadimgi xonaqoh hujralaridan biri bo'lib, alloma shu yerda faoliyat yuritgan: muridlari, shogirdlari va boshqa darvishlarni qabul qilgan, ular bilan suhbatlashgan. Shu xonaqohda dafn etilgan. Qabr ustiga Amir Temur o'g'li Shohruh Mirzo zamonida katta qabrtosh o'rnatilgan. Qabrtosh Temuriylar davridagi toshtaroshlik, o'ymakorlik va bezakchilik san'atidan dalolatdir. Hakim at-Termiziy 880 yil Termizda vafot etgan. Hayoti davomida to'rt yuzdan ortiq asar yozgan. Shulardan o'ndan ziyodrog'i bizning zamonamizgacha yetib kelgan. Hadis ilmiga bag'ishlangan "Jome' al-usul" nomli qo'lyozma asari O'zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanmoqda.
Surxondaryo. Sulton Saodat majmuasi XI asr. Sulton Saodat sayyidlar sulolasining maqbarasidir. Bu me'moriy majmua oilaviy maqbaralar va marosim xonalaridan iborat bo'lib, asrlar davomida tashkil topgan yaxlit inshootdir. Birinchi maqbarada IX asrning ikkinchi yarmida vafot etgan Hasan al-Amir ismli sayyidning xoki yotibdi. U shu atrofdagi yerlarning egasi, Payg'ambarimiz avlodlaridan hisoblanadi. Sulton Saodat mo'g'ullar istilosi paytida vayron qilingan edi. Termizning sharqiy tomoniga joylashgan bu ziyoratgoh yangidan bunyod etilgan. Qariyb yetti asr (X - XVII) davomida shakllangan bu me'moriy majmua jami yigirmaga yaqin qabrni o'z ichiga oladi. 
Surxondaryo. Abu Iso at-Termiziy maqbarasi Hozirgi Sherobod tumani hududida joylashgan ushbu maqbara XI- XII asrlar me'moriy yodgorliklaridan hisoblanadi. At-Termiziy hijriy 209 yilda (mil. 824-825 y.) tavallud topgan. Hofiz az-Zahabiy "Miyzon al-e'tidol "kitobida Termiziyning hijriy 279 yilda vafot etganini zikr qilib, "Vafot etgan vaqtlarida 70 yoshda edilar", deydi. Ismu nasablari - Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhok as-Sulamiy al-Bug'iy at-Termiziy. Alloma to'plagan hadislar ishonchliligi va mo''tabarligi jihatidan "Sihohi sitta" (oltita eng sahih hadislar to'plami)ning biri sanaladi. Yoshliklarida ko'p yillar davomida Iroq, Hijoz kabi arab o'lkalarida hadis o'rganib, ularni jamlagan. 250 hijriy yilda Termizga qaytganlar. Shu yili Nishopurda Imom al-Buxoriy bilan uchrashib ko'p hadislar xususida mubohasalar olib borganlar. Bu buyuk vatandoshimizdan "Al-Jome' as-Sahih" ("Sunani Termiziy"), "Ash-Shamoil" ("Shamoili Muhammadiya"), "Al-Hol", "At-Tarix", "Az-Zuhd", "Al-Asmou val-kunya" ("Ismlar va kunyalar") kabi asarlar bizgacha yetib kelgan.

Download 158 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish