Shofeiy mazhabining manbalari quyidagilardir:
1.Qur’oni karim.
2.Sunnati mutohhara.
3.Sahobalar qavllari.
4.Qiyos.
5.Ijtihod.
“Islomda huquq” kitobi mualliflari fikricha, uning davrida huquqiy istidlol, ya’ni fatvolarni dalillar bilan asoslash nihoyat darajada rivojlanadi. Payg‘ambar (s.a.v.)dan rivoyat qilingan hadislarga bo‘lgan chuqur ishonch ul zotga boshqa biror hadisni ochiq shaklda rad kilish imkonini bermaydi. Imom SHofeiy faqat rivoyatga qarshi rivoyat topilgandagina bunday imkoniyatga ega bo‘lardi.
Hanbaliy mazhabi. Hanbaliylik asoschisi Imom Ahmad ibn Hanbaldir. U hijriy 164 – 241, milodiy 780- 855 yillarda hayot kechirgan. Ahmad ibn Hanbalning to‘liq ismi - Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal ibn Hilol ibn Asad az-Zuhaliy al-Marvaziy al-Bag‘dodiydir. Kelib chiqishi arablardan bo‘lmish Ahmad ibn Hanbalning naslu nasabi Robia Adnoniya ismli mashhur ayol mansub bo‘lgan SHaybon qabilasiga borib taqaladi. SHaybonning nasabi Nazzor ibn Ma’d ibn Adnonda Muhammad (a.s.)ning nasablari bilan tutashadi. Otasi Ahmadning yoshligida vafot etib ketdi va uning tarbiyasi bilan oilasi shug‘ullandi.
Abu Zahra shunday deydi: “Ahmad ibn Hanbal (r.h.) Bag‘dodda o‘sib voyaga etdi va u erda o‘zining ilk ta’lim tarbiyasini oldi. Bag‘dod o‘sha paytda fiqh, hadis, lug‘at, falsafa va boshqa ilm sohalarning ulamolari va insonlar bilan to‘lqinlanib turardi”. Ahmad ibn Hanbal Bag‘dod shayxlaridan ta’lim oldi. Keyin ko‘plab mamlakatlarga safar qildi: Hijozga, YAmanga, SHom mamlakatiga. Ahmad ibn Hanbal (r.h.)ning ustozlarini sanab adog‘iga etish qiyin: Hammod ibn Xolid, Usmon ibn Umar, Muhammad ibn YAzid, YAzid ibn Horun, Abdurahmon ibn Mahdiy, Vake’ ibn Jaroh, Muhammad ibn Idris ash - SHofeiy, Ibrohim ibn Sa’d az – Zuhriy. Imom Abu Hanifaning eng yaqin shogirdlaridan bo‘lmish Imom Abu YUsufdan hanafiy fiqhini o‘rgandi. Imom SHofeiyni ustoz deb bilib, undan ham fiqh ilmini o‘rgandi. Shuningdek, Yamanga borib Abdurazzoq ibn Xumordan ta’lim oldi. Mana shunday ilm muhitida o‘sgan Ahmad ibn Hanbal Allohning fazli bilan fiqh va hadis imomlaridan biriga hamda butun islom olamida unga ergashiladigan mazhab sohibiga aylandi. U husni xulq sohibi bo‘lib, o‘ziga ham, insonlarga ham rostgo‘y edi. Rivoyat qilinishicha, abbosiylar sulolasi vakili Mutavakkil o‘z xodimidan Ahmad ibn Hanbalga salom aytib, 10 ming dirham berib yuboradi. U xodimga: “Sen bularni hammasini ehson qilib yubor”, - deb pullarni qabul qilmaydi. SHunda xodim: “Ey, Abu Abdulloh, agar sen bu pullarni qaytarsang, hukmdor bilan o‘rtalaringga nizo tushib qolishidan qo‘rqaman. Senga maslahatim, bu pullarni qabul qil”,-deya ularni Imom Ahmadning oldiga qo‘ydi va o‘zi ketdi. Tun oxirlab qolganda Imom Ahmad o‘z ahli ayollarini, amakilarining o‘g‘illarini chaqirtirib, ularga shunday dedi: “Men bu kecha uxlay olmadim”. Ular birgalikda Basra va Bag‘doddagi ilm ahllaridan muhtoj kishilarning ismlarini yozib chiqdilar. Tong otgandan so‘ng Ahmad ibn Hanbal (r.h.) har bir kishiga ellik dirhamdan to yuz-ikki yuz dirhamgacha berib, pullarni tarqatib yubordi. O‘zida biror dirham ham qolmadi.
Ahmad ibn Hanbal ko‘plab shogirdlarga ustozlik qildi. Zero, undan katta bir jamoa hadis rivoyat qilgan. SHogirdlari sanalmish Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Muslimning o‘g‘li Abdulloh ibn Muslim. Yana Abu Dovud, Abu Zar’a, Abdulloh ibn Ahmad, Abulqosim, Muso ibn Xorun va hakozo ko‘plab kishilar Ahmad ibn Hanbal (r.h.)dan eshitgan va o‘rganganlarini rivoyat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |