Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik



Download 34,77 Kb.
Sana30.05.2022
Hajmi34,77 Kb.
#621095
Bog'liq
23-мавзу


Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik adolat va tolerantlik
Islom huquqi o ‘z zam inida norm ativ tizim sifatida V II-X asrlarda 
arab xalifaligida feodal jam iyat qaror topayotgan bir davrda shakllangan 
bo ‘lib, islom diniga asoslangandir. Islom m avjud huquq Alloh tomonidan 
yuborilganligiga asoslanadi. Sarvari koinot tarixning muayyan bir 
davrida bashariyatga o'zining rasuli - M uhammad payg‘am bar (taxm inan 
570 - 632-yillar) orqali islom ta ’lim otini ayon etdi. Alloh tom onidan in ’om 
etilgan huquq insoniyatga bir y o ‘la va abadul-abad berilgan. Shu bois, 
jam iyat bu huquqqa amal qilm og'i lozim. Islom huquqi nazariyasi ilohiy 
kashfiyot tushuntirish va sharhlashga muhtoj ekanligini e ’tiro f etadi. Islom
huquqshunoslarining necha asrlik serm ashaqqat ishlari aynan ana shunga, 
ya’ni, tushuntirish va sharhlashga ketgan. Biroq, ulam ing bu sa ’y-harakatlari 
yangi huquq yaratishga emas, balki, Alloh tom onidan nozil b o ‘lgan huquq­
ni faqatgina am aliy jihatdan foydalanish uchun m oslashtirishga qaratilgan, 
xolos.
Islom huquqida Rimning keyingi davriga oid bo'lgan huquqdagi, 


qolaversa, G ‘arb huquqiga xos bo'lgan qonun tushunchasi yo‘q. Nazariy 
jihatdan yolg‘iz Alloh qonunchilik hokimiyatiga ega. Amalda esa, huquq- 
shunos olimlaming asarlari Islom huquqining birdan-bir manbaidir. Is­
lom huquqi mutaxassislar tomonidan yaratilgan va rivojlantirilgan. Davlat 
emas, balki, f i q h - huquq ilmi qonun chiqaruvchilik rolini 
0‘ynaydi1. Huquq 
muayyan normalaming majmui sifatida islom amal qila boshlagan dastlabki 
ikki asr mobaynida shakllandi. Keyingi asrlar amalda bu borada hech bir yan- 
gilik kiritmagan. Ana shu turg‘unlikni ijtihod eshiklarining yopilishi bilan 
bog‘laydilar. XIX asrga qadar Islom huquqiy ongining tadrijiy rivoji diniy- 
huquqiy sharhlar hamda fatvolar majmuida o ‘z ifodasini topgan. Bu sharh va 
fatvolar esa, shariatning an ’anaviy qoidalari va tamoyillarini yangicha tarzda 
talqin etar ekan, hech qachon ulam i ochiqdan-ochiq rad etmagan va ulam ing 
odatiy jarangini o ‘zgartirmagan2.
1 Schacht J. Introduction to Islamic law. Oxford, 1966. - P.5; Batafsil ma’lumodar uchun: Сюкияйнен JI.P. 
Доктрина как источник мусульманского права //Источники права. - М.: 1985. - С. 65-83.
2 Хайдарова М.С. Основные направления и школы мусульманского права //Мусульманское право. 
-М .: 1984.- С . 47.
85

Islomda ham nasroniylikdagi kabi ruh abadiyligi g ‘oyasiga e ’tiqod 


qilinadi. Unda bani bashar Odam Atoning teng huquqli farzandlari sifatida 
qaraladi. M usulmonlar o ‘z qavmlaridagi kofirlarga, bedinlarga hamisha sabr- 
murosa bilan munosabatda bo ‘lish, bag‘rikenglik fazilatini namoyon etib 
kelganlar. Nomusulmon jam oalarga, odatda, o ‘z ichki ishlarini boshqarish 
huquqi berilgan.
Arablam ing islomgacha bo‘lgan urf-odatlari va udumlariga nisbatan 
islomda qashshoqlar, yetim-yesirlar va ayollarga munosabatda anchagina 
ilg‘or tamoyillar k o ‘zga tashlanadi. Garchi, quldorlik saqlanib qolgan bo'lsa- 
da, qullarga huquqlar berilgan, ular, xususan, ishlab topgan m ablag'lari 
asosida haq to ‘lab, ozod bo'lish huquqini olganlar. Majburiy tusda bo ‘lmasa 
ham, harqalay qullaming ozod qilinishi din sharofati bilan sodir bo‘ladigan 
harakat sifatida qo‘llab-quw atlab kelingan. Ilgari keng tarqalgan qiz bolalami 
go ‘dakligidayoq nobud etish, yo‘q qilishdek vahshiy odat taqiqlangan. Qo- 
tillik uchun shaxsiy o ‘ch olganlik yoki boshqa jinoiy qilmishlar yuzasidan 
javobgarlik kuchaytirilgan. Odil sudlov din peshvolari tomonidan Q ur’on 
oyatlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshirilgan. M uqaddas kitob -
Q ur’onda er-xotin ajralishi to‘g ‘risidagi normalar, nikoh bekor bo'lishi 
oqibatida bolalarga nisbatan keltirib chiqadigan qoidalar ham qamrab olingan.
Shu sababli, E. M ayer ta’kidlab aytganidek, “islom tafakkur olami 
inson huquqlarining rivojlangan nazariyasiga ega bo'lm aganligi fakti mu- 
sulmon dunyosining an ’anaviy jam iyatlarida davlat repressiv namunada 
tuzilganligini anglatmaydi; aksincha, tarixan bunday jam iyatlarda ijtimoiy 
va madaniy masalalarga hukmdorlaming aralashmasligidek umumiy namuna 
mavjud bo'lgan. O 'tm ishda qaror topgan an’analar, urug'-aym oq vajam oalar 
singari nohukumat institutlari shaxs erkinligiga ta’sir etuvchi omillar sifatida 
hukmdorlarga nisbatan muhimroq rol o'ynagan. Davlat bilan shaxs huquqlari 
o'rtasida muttasil nizo va mojarolar keltirib chiqaradigan yoki islom 
mutafakkirlarini bunday erkinliklami hukmdorlar egallab olishidan himoya 
etish bilan, inson huquqlarining hozirgi normalari rivoji zamirida yotgan 
tashvish-anduhlar bilan bog'liq masalalar ustida ish olib borishga undaydigan 
shart-sharoitlaming o 'z i y o 'q edi” 1.
Imom Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Abulqosim Zamaxshariy 
singari hadis va ta s a w u f ilmining yetuk namoyandalari inson huquqlari va 
uning ijtimoiy mohiyatini Q ur’oni Karim va Hadisi Shariflarda qo'yilgan 
islom hamda shariat talablari asosida ko'rsatib berishga harakat qilganlar.
1 Qarang: Mayer A.E. The Dilemmas o f Islamic Identity //Human Rights and the World’s Religions. 
Ed. By L.S. Rouner Boston University studies in philosophy and religion. Notre Dame, 1988. - P. 94-95.
86

Islomning bu muqaddas manbalarida insonning taqdiri va hayoti Alloh 


nomi bilan bog‘liq holda ifodalab beriladi. Bunda yer yuzidagi barcha 
insonlaming Alloh oldidagi tengligi g'oyasi, har bir insonga Alloh tomonidan 
berilgan ne’matlardan ulam ing baravar foydalanishi zamrligi g‘oyasi bilan 
chambarchas bog‘lanib ketganini ko'ram iz1.
Q ur’oni Karim va Hadisi Shariflarda insonning Alloh va shariatdagi 
haq-huquqlari inson foydalanishi zarur bo‘lgan alohida huquqlar misolida 
ko‘rsatib berilgan. Masalan, Q ur’oni Karimning “Baqara surasi”dagi 
220-oyatda yetimlaming haqlari to ‘g ‘risida, 223-, 228-229-, 230-oyatlarida 
erkak va ayolning nikohga kirishi yoki nikohdan chiqish huquqi, “Oli im- 
ron surasi”ning 20-oyatida islom diniga e ’tiqod qilish huquqi va insonning 
boshqa huquqlari shariat talablari asosida bayon qilingan. 256-oyatda islom 
dinining adolatliligi quyidagicha bayon etiladi: “Dinda zo‘rlash yo‘q, zero, 
to‘g ‘ri yo‘l yanglish y o ‘ldan ajrim bo‘ldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar) 
ni inkor etib, Allohga imon keltirsa, demak, u mustahkam halqani ushlabdi. 
Alloh eshituvchi va bilguvchidir”2.
Inson huquqlarini shariat talablari asosida ko‘rsatib berishga doir 
bunday yondashish hadislarda ham o ‘zining aniq ifodasini topgan. Har 
bir hadisda jam iyat hayotining alohida bir masalasiga doir talablar ilgari 
surilganligi uchun ham, ularda insonning xilma-xil haq-huquqlari ulam ing 
alohida huquqlari misolida bayon qilib beriladi. Masalan, Imom Buxoriy- 
ning “Al-adab, al-mufirad” (Adab durdonalari) asarida ota-ona haqini ado 
qilish, farzandning ota-onasi oldidagi va ota-onaning farzandi oldidagi haq- 
huquqlari, ziyorat qilish, turar joyga ega bo'lish va boshqa shular singari haq- 
huquqlaming har biri alohida hadislarda berilganki, bunday holni hadislar 
to'g'risida yozilgan har bir asarda uchratish mumkin.
Turli masalalardagi singari inson huquqlari masalasiga doir hadislarda 
ham inson huquqlari masalasi uning haq-huquqlari misolida beriladi. Bunda 
insonning kimningdir oldidagi haqi (Allohning, uning rasuli Muhammad 
Payg'am bam m g yoki jam iyatning) uning huquqi ekanligini ham anglatadi.
Masalan, bordi-yu, bir kishi ikkinchi bir kishidan biror narsa bilan 
qarzdor bo'lib qolgan bo'lsa, bu qarzni qaytarib olish shariatda ikkinchi 
kishining huquqi hisoblanadi va shu ikkinchi kishi o'zining qarzini qaytarib 
olish huquqidan foydalanishi mumkin bo'ladi. Qarz olgan kishining uni 
qaytarib berishi esa, uning huquqi hisoblanmaydi. Shunga ko'ra, islomda va 
uning manbalarida insonning huquqlari uning haqi misolida berilganligini
1 Inson huquqlari. O'quv qo'llanma. /X.Boboyev tahriri ostida. - Т.: O'zbekiston, 1997. - B. 44.
2 Batafsil m a’lumotlar uchun qarang: Qur’oni Karim m a’nolarining tarjimasi. Abdulaziz Mansur 
tarjimasi va izohlari. - Т.: Islom universiteti, 2001.
87

ko ‘ramiz. Jumladan, Imom Buxoriy farzandlar ota-onalarini rozi qilish 


huquqiga ega ekanligini quyidagi bir hadisda shunday bayon qiladi: “Kim 
ota-onasini rozi qilsa, unga tubo (jannat) nasib bo ‘lib, Alloh Taolo uning um- 
rini ham ziyoda qiladi” 1. Bunda farzandning ota-onasini rozi qilishi kerakligi 
Alloh nomi bilan har bir insonning u foydalanishi mumkin bo‘lgan huquqi 
ekanligi nazarda tutilgan.
Inson huquqlari va uni himoya qilish masalasi at-Termiziy qarashlarida 
ham o ‘zining chuqur ifodasini topganligini ko‘ramiz. U1 zot to‘plagan ko'p- 
chilik hadislarda hamda Muhammad payg‘ambar alayhissalomning siyratlari 
madh etilgan asarlarida janob Rasulullohning inson huquqlarini himoya qi­
lish borasida qilgan amallari va yo ‘l-yo‘riqlari to‘g ‘risida qimmatli fikrlar 
bayon qihnadi. Chunonchi, At-Termiziy tomonidan yozilgan “Ash-shamoyil 
an-nabaviya” (Payg‘ambaming alohida fazilatlari) asarida Rasulullohning 
inson huquqini himoya qilish borasidagi amallaridan biri quyidagicha ta’rif- 
lab beriladi: “Muhammad payg‘ambarimiz (s.a.v.)...qachon bir kishining ha- 
qiga tajovuz qilinsa, ul holda g'azablarini hech bir narsa bosolmas erdi. Andin 
intiqom olmay qo‘ymas erdilar”2. Imom Buxoriy, at-Termiziy va boshqa 
ko‘plab hadis ilmining fidoyilari inson, uning sha’ni, obro‘ va martabasi 
muqaddas ekanligini, uning haq-huquqlari Alloh taolo va uning rasuli 
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) tomonidan shariat yo‘li bilan himoya qilini­
shi zarurligi haqida ta'lim berganlar. Bu mutafakkirlaming har biri o‘zlarining 
butun hayotini hadis ilmini o ‘rganishga bag‘ishlash bilan birga, m o'min- 
musulmonlami birovga zulm o‘tkazmaslikka, birovning haqini yemaslikka, 
birovning haq-huquqlari poymol etilishiga yo ‘l qo‘ymaslikka undab keldilar.
Hadisi 
Shariflarda insonning qadr-qimmatini kamsitishga y o i

qo‘ymaslik, uning sha’ni va obro‘siga tajovuz qilmaslik, har kimning sir 


saqlashi, erkin fikr yuritishi, erkin so ‘zlashishi singari shaxsiy huquqlari 
bilan birga, uning mulkka ega bo'lishi, turar joyli bo'lishi va uning daxlsizligi 
singari turli xildagi ijtimoiy huquqlari ham shariat talablariga va qonunlariga 
muvofiq tarzda himoya qilinishi zarurligi o 'z ifodasini topgan3.
Masalan, insonning sir saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligini 
Imom Buxoriy, Muhammad payg'am bam ing xotinlari Oysha ona qizlari 
Fotimadan “janob Rasululloh senga qanday sir aytdilar?” deb so'raganlarida 
Fotima “o 'z onalariga otalari aytgan gapni oshkor qilmasliklarini aytdilar”, 
degan hadisni keltiradi4.
1 Imom Ismoil al-Buxoriy. Al-adab al-Mufrad (Adab durdonalari). - Т.: O'zbekiston, 1990. - B. 20.
2 Abu Iso at-Termiziy. Ash-Shamoyil an-nabaviya. - T.: Cho'lpon, 1993. - B. 61.
3 Inson huquqlari. O 'quv qo'llanma. /X. Boboyev tahriri ostida. - T.: O'zbekiston, 1997. - B. 46.
4 Ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-Jomi’ as-Saxix. - T.: Qomuslar bosh tahririyati, 1992. - B. 159.

Imom Buxoriy, at-Termiziy, al-Mavraziy, al-Barakatiy, an-Nasafiy va 


boshqa ko'plab hadisnavis allomalar to'plagan hadislarda ham insonning 
huquqlari va ulami himoya qilishning zarurligi bilan bog'liq masalalar haqida 
muhim m a’lumotlar keltiriladi. Inson huquqlari masalasining hadislarda 
berilishi bejiz emas. Chunki, islom dinida insonning sha’ni, qadr-qimmati 
yuksak darajaga ko'tarilgan bo'lib, uni tahqirlashga qaratilgan har qanday 
urinish qoralanadi. Islomda barcha m o'm in-m usulm onlar Allohning bandalari 
ekanligi va ular Alloh taolo oldida teng huquqqa ega ekanligi, Alloh taolo 
o 'z bandalarini ulam ing qilmishlariga yarasha himoya qilib turishi to'g 'risid a 
muhim g'oyalar ilgari suriladi1.
Islomda Alloh taolo har bir m o'm inning haq-huquqini kamsitmaslik 
va uni oshirib ham yubormaslikni buyurishi haqida muhim m a’lumotlar 
beriladi. Ulamolaming ta’biriga qaraganda, islomda insonning haq-huquqlari 
o'nta bo'lib, ular:
1. Alloh taoloning haq-huquqlari;
2. Payg'am bar alayhissalomning haq-huquqlari;
3. Ota-onaning haq-huquqlari;
4. Farzandlaming ota-onalardagi haq-huquqlari;
5. Qarindosh-urug'laming haq-huquqlari;
6. Er-xotinning haq-huquqlari;
7. Hokimiyat va raiyatning haq-huquqlari;
8. Q o'shnining haq-huquqlari;
9. Musulmonlaming haq-huquqlari;
10. G 'ayridin xalqlaming haq-huquqlaridan iborat2.
Bu haq-huquqlarda insonning jam iyatdagi huquq va burchlari islom va 
shariat qonun-qoidalari asosida ko'rsatib beriladiki, ulardan foydalanishda 
har bir inson to 'la erkinlikka egadir. Bunday erkinlik insonlarga Alloh taolo 
tomonidan berilgan bo'lib, uni tahqirlashga qaratilgan har qanday urinish in­
son huquqlarini kamsitishdan boshqa narsa emas.
Islom ulamolari tomonidan tasn if qilingan haq-huquqlar orasida eng 
muqaddasi - bu Alloh taoloning haq-huquqlaridir. Alloh taolo tomonidan 
insonlaming tinch va osoyishta hayot kechirishlari, ulam ing o'ziga va 
bir-birlariga yaxshi munosabatda bo'lishlari, hech kimning haq-huquqini 
kamsitish mumkin emasligi to'g'risidagi vahiylari Q ur’oni Karim oyatlari 
orqali nozil qilingan.
M usulmonchilik haq-huquqlari orasida Payg'am bar alayhissalom­
ning haq-huquqlari ham Alloh taolo haq-huquqlaridan keyingi oliy haq-
1 Inson huquqlari. O'quv qo'llanma. /X.Boboyev tahriri ostida. - Т.: O'zbekiston, 1997. - B. 46.
2 O 'sha joyda. - B . 47.
89

huquq hisoblanadi. Chunki, payg‘ambarimizning barcha amallari va pand- 


nasihatlari, ul zotning yo'riqlari insonning haq-huquqlarini hurmat qilish va 
uni kamsitishga yo ‘l qo'ym aslikdan iborat1.
Inson huquqlari masalasi islomda shuhrat qozongan ta s a w u f ilmi- 
ning asosini tashkil etadi. limning bu turi Sharqda keng tarqalgan bo ‘lib, 
0 ‘rta Osiyoda uning vujudga kelishi va rivojlanishiga Ahmad Yassaviy, 
Abduxoliq G ‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, X o‘ja Ahror singari buyuk 
siymolar katta hissa qo‘shdilar. Ulaming ta ’limoti islomda tariqat (Tariqat -
islomda y o ‘l-yo‘riq, yo‘nalish degan m a’nolami anglatadi) deb atalib, bu 
tariqatlarda falsafiy, diniy-axloqiy, huquqiy masalalar to ‘g ‘risidagi muhim 
g ‘oyalar ilgari suriladi. Bu tariqatlardagi g'oyalar uzoq yillardan buyon in­
sonning jamiyatdagi o 'z haq-huquqlarini anglab olishlarida va uni himoya 
qilishlarida muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda2.
Yassaviy, G'ijduvoniy, Naqshbandiy tariqatlarida insonning shaxsiy va 
ijtimoiy huquqlari masalasi insonning Alloh taolo va uning rasuli Muhammad 
alayhissalom oldidagi tengligi misolida bayon qilinadi. Islom tariqatlarida har 
bir kishining dinga e ’tiqod qilishi, uning foydali mehnat bilan shug‘ullanishi, 
ilm olishi, aybsiz jazolanmasligi, qiynoqqa solinmasligi singari masalalar 
b o‘yicha ilgari surilgan g ‘oyalar muhim ahamiyatga egadir.
Alisher Navoiy o'zining “Nasoyim ul-muhabbat” asarida m o'm in- 
m usulmonlaming dinga e ’tiqod qilish huquqiga ega ekanligi to ‘g ‘risida 
Naqshbandiya tariqatida berilgan fikrlarga yuqori baho beradi. Uning 
yozishicha, Bahouddin Naqshband islom shariatiga va uning talablariga rioya 
qilish ixtiyoriy ekanligini qayd qiladi va bu talablam ing ijrosida insonning 
qadr-qimmati kamsitilishiga yo ‘l qo‘yib bo'lm asligi zarurligini ta ’kidlaydi3.
T a sa w u f ilmida bir qancha yo'nalish b o‘lib, ulam ing islomda 
birmuncha keng tarqalgan yo‘nalishlaridan biri Naqshbandiya tariqatidir. 
Unda ilgari surilgan “dil ba yom dast ba kor” (dil - Allohda, qo‘l - ishda) 
mavzusidagi g ‘oya insonni mehnat qilishga undash bilan birga, uning mehnat 
qilish huquqiga ega ekanligini ham bildiradi. Haqiqatan ham, Naqshbandiya 
ta’limotiga amal qilgan kishilar halol mehnat bilan kun kechirish, Allohning 
marhamatlaridan bahramand bo ‘lish, o ‘z oilasini obod qilish, savdo-sotiq 
bilan shug‘ullanish va boshqa shular singari shaxsiy va ijtimoiy huquqlardan 
foydalanishga harakat qilganlar.
T a sa w u f ilmida musulmonlik haq-huquqlariga doir masalalar o'zining 
chuqur ifodasini topgan. Alloh oldida barchaning tengligi g ‘oyasi ta s a w u f il-
1 Inson huquqlari. O'quv qo'llanma. /X.Boboyev tahriri ostida. - Т .: O'zbekiston. 1997. - B. 47.
2 O 'sha joyda.
3 Ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-Jomi’ as-saxix (“Ishonchli to'plam ”). - Т.: Qomuslar bosh tahririyati, 1992. 
- B . 156.
90

mining asosini tashkil qilganligi uchun ham unda Alloh taolo va uning rasuli 


Muhammad alayhissalomning haq-huquqlari juda keng va chuqur ifodalab 
berilgan.
Ahmad 

Yassaviyning “Hikmatlar”, 


Abduxoliq G ‘ijduvoniyning 
“Vasiyatnoma”, Imom G ‘azzoliyning “Oxiratnoma” asarlarida inson zoti 
Alloh buyurgan amallami bajarish bilan uning oldidagi o ‘z haqini ado etishi, 
Alloh va uning payg‘ambari Muhammad alayhissalomning inobati bilan 
berilgan shariat huquqlaridan foydalanishi va shu yo ‘l bilan har bir m o‘min 
komil inson bo ‘lib hayot kechirishi mumkinligi to ‘g ‘risida qimmatli flkrlar 
yozilgan. Shuningdek, ulaming asarlarida ota-onalaming, farzandlaming, 
qarindosh-um g‘laming, em xotinning, davlat rahbarlari va raiyatning, 
qo'shnilam ing haq-huquqlari o ‘zining aniq ifodasini topgan1.
Insonning erkin bo‘lishi g ‘oyasi ta s a w u f ilmining asosini tashkil etadi. 
Chunki, tasaw u fd a insonning xatti-harakatlari, uning jam iyatdagi mavqei 
qanday bo‘lishi mumkinligi Alloh taoloning irodasiga bog'liq ekanligi bilan 
asoslab beriladi. Har bir insonning Alloh taolo visoliga yetishi g'oyasi ta s a w u f 
ilmida uning insonga xos bo'lgan haq-huquqlaridan biri sifatida qaraladi. Bu 
huquq islomda shariat talablariga asoslangan bo'lib, unga to'sqinlik qilish 
Alloh taologa shak keltirish bilan barobardir. Shuning uchun ham, ta s a w u f 
ilmining namoyandalari o'zlarining asarlarida musulmonlik haq-huquqlari 
orasida insonning Alloh taologa iymon keltirishi zarurligini ta’kidlaydilar.
T a sa w u f ilmining yetuk namoyandalaridan biri Ahmad Yassaviy 
o'zining “Hikmatlar” asarida har bir inson Alloh taoloning visoliga yetish 
huquqiga ega ekanligini ko'plab hayotiy misollar asosida tushuntirishga 
harakat qilgan. Shuning bilan birga, Yassaviyning ta s a w u f ilmidagi 
qarashlari uning har bir insonning kiyim-kechakka, uy-joy ga ega bo'lish 
singari huquqlarga ega ekanligi g'oyasi bilan ham chambarchas bog'lanib 
ketgan. Insonga zulm qilmaslik, tazyiqqa duchor etmaslik, shaxsiy hayotiga 
aralashmaslik singari insonparvarlik g'oyalari Yassaviy hikmatlarida o'zining 
chuqur ifodasini topgan.
Sharq olamida mashhur bo'lgan “Fiqh” ilmi inson huquqlari va 
ulami himoya qilishni shariat qonunlari asosida yoritib berishdagi asosiy 
inanbalardan biri hisoblanadi. Fiqh ilmi o 'rta asrlarda sharq mamlakatlarida 
shariat m e’yorlari va tartib-qoidalarini qonuniy y o 'l bilan tartibga solib turish 
zarurati asosida vujudga kelgan2.
Fiqh ilmi islom olamida juda keng tarqalgan bo'lib, uning ijodkorlari 
Q ur’oni Karim, Hadisi Shariflar, Ijmo hamda Qiyosdagi huquqiy ko'rsatm alar,
1 Inson huquqlari. O'quv qo'IIanma. /X.Boboyev tahriri ostida. - Т.: O'zbekiston, 1997. - B. 48—49.
2 O'sha joyda. - B . 49.
91

yo ‘l-yo‘riqlar, qonun-qoidalami o'rganish va ulam ing mohiyatini ochib 


berish bilan shug'ullanganlar. Ular islom va uning qoidalarini mukammal 
o'rganganlar, bu qoidalar orasida huquqshunoslikka oidlarini tanlab olganlar 
va tartibga keltirganlar. Bu ish bilan shug'ullangan mutafakkirlar turli 
davrlarda va turli xil sharoitlarda yashaganlar. Bu hoi, shubhasiz, ulam ing 
masalaga turlicha yondashishlariga sabab bo'lgan. Ulaming ayrimlari 
boshqalarining ishlaridan xabardor bo’lganlari holda, b a ’zilari esa, mutlaqo 
bexabar holda ish olib borganlar. Shu bois, islom olamida fiqh ilmi bilan 
shug'ullanuvchi ko'plab mazhablar yuzaga kelgan. Bu mazhablar uning 
asoschilari nomi bilan atalib kelingan. Fiqhi Hanifiy, Fiqhi Molikiy, Fiqhi 
Shofiy, Fiqhi Xanbaliy singari mazhablar bulaming eng asosiylari bo'lgan. Is­
lom huquqshunosligi qoidalari, Q ur’oni Karim va Hadisi Shariflarda berilgan 
ta ’limotlarga asoslanganligi uchun ham bu mazhablarda huquqiy masalalami 
tahlil qilishga yondashishlarda umumiy, o'xshash tomonlar k o'p b o 'lg an 1.
Islom olamida fiqh ilmi qozilar, mirshablar va ko'plab hukmdorlar 
uchun dasturilamal vazifasini bajargan. Ular jinoyat va jazoni tasnif qilishda, 
aybdorlami jazolash va begunohlami afv etishda fiqh ilmi va uning turli 
mazhablari tomonidan yaratilgan kitoblardan keng foydalanganlar.
Sharqda fiqh ilmining yaratilishi va uning rivojiga Imom al-Buxoriy, 
Imom at-Termiziy, Burhoniddin M arg'inoniy, M oturidiy, Abu Hanifa, 
Imom Molik, Muhammad ibn Idris Shafoiy, Imom Ahmad ibn Xanbal sin­
gari huquqshunoslar katta hissa qo'shganlar. Bulam ing har biri islomni, 
uning qoidalarini, islom shariatida amalda bo'lgan huquqiy masalalami va bu 
haqda mavjud bo'lgan ta’limotlami juda yaxshi bilganlar. Ular Sharq olamida 
o'ziga xos maktab yaratib, bunda shariatda amalda bo'lgan qonun-qoidalami 
huquqiy jihatdan asoslab berishga harakat qilganlar. Ulaming bu sohada 
qilgan buyuk ishlari, yaratgan asarlaridan musulmon mamlakatlaridagi 
qozilar va huquqning boshqa himoyachilari hozirgi kungacha ham foydalanib 
kelmoqdalar.
Inson huquqlari va ularga amal qilishning yo'llari hamda shart- 
sharoitlarini ko'rsatib berish borasida Sharq mutafakkir olimlari, davlat va 
jam oat arboblari tomonidan yaratilgan ta’limotlar o 'z davri uchun qanchalik 
muhim ahamiyatga ega bo'lsa, ular o'zining ahamiyatini bizning davrimizda 
ham yo'qotgani y o 'q 2. Bu ta ’limotlar hozirgi kunda mamlakatimizda 
insonparvar, demokratik jam iyat qurish sharoitida yanada chuqur m a’no 
kasb etmoqda. Buning mohiyati O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti
1 Inson huquqlari. 0 ‘quv qo'llanma. /X.Boboyev tahriri ostida. - Т.: O'zbekiston, 1997. - B. 50.
2 Тиллабаев M.A. Национальные институты по правам человека: международная, зарубежная и 
национальная практика /Отв. ред. А.Х. Саидов. - Т.: Адолат, 2008. - С. 21-22.
92

I.A. Karimov tomonidan juda aniq ta’riflab berilgan: “Buyuk davlat 


poydevorini qurish, dunyoda o ‘zimizga munosib o ‘rinni egallashda 
al-Beruniy, Ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, al-Buxoriy, 
at-Termiziy, Amir Temur, Mirzo U lug'bek, Hoja Bahouddin Naqshbandiy, 
Alisher Navoiy, Bobur Mirzo kabi bobolarimizning bebaho merosi hamisha 
boshimizni baland, qaddimizni tik qiladi, xalqimizning kuchig
Download 34,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish