1.3.O’zbekistonda ijtimoiy psixologiya taraqqiyoti
Prezidenti Islom Karimov 1997 yildayoq O’zbekiston Respublikasida kadrlar
tayyorlashning milliy dasturini ishlab chiqarish zarurati to’g’risida gapirib, unda
ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya kabi yangi yo’nalishlarni rivojlantirishga
alohida ehtibor qaratilishi lozimligini tahkidladilar. CHunki ilmiy salohiyatli,
mahnan baquvvat, yurt uchun, xalq va Vatan uchun sadoqatli yangi avlodni
tarbiyalash, unda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish shaxs va jamiyat o’zaro
munosabatlarini yaxshi bilishni taqozo etishini davlatimiz rahbari o’ta ziyraklik
bilan tasavvur qildilar, shu bois Prezidentimizning barkamol avlod tarbiyasiga oid
barcha asrlaridan psixolog olimlar, jumladan, ijtimoiy psixologiya sohasida
izlanishlar olib borayotgan olimlar to’g’ri xulosalar chiqara oldilar.
SHuni alohida tahkidlash lozimki, O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy
psixologik tadqiqotlar dastlab asosan oila va oilaviy munosabatlarga
bag’ishlanganligi bilan xarakterlanadi va shunga bog’liq tarzda oxirgi yillarda ham
shaxsning kamol topishida ijtimoiy muhit omili o’rganilganda, eng avvalo oilaviy
ijtimoiylashuv nazarda tutiladi. Prezidentimiz Islom Karimov 2004 yilda tarixiy bir
xujjatga – “O’zbekistoo xotin-qizlar qo’mitasi faoliyatini takomillashtirish
borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmonlari munosabati bilan
xotin-qizlarni davlat va jamiyat qurilishigi ishtiroklarini to’la tahminlash vazifasi
o’rtaga qo’yildi va gender tadqiqotlarga ham katta yo’l ochildi. Bundan tashqari,
yangi davr avlodining jamiyatda ro’y berayotgan turli xodisalarga munosabati,
ularga beradigan bahosi va ular tahsirida shakllandigan ijtimoiy xulqi masalasi
yurtimizda ijtimoiy tasavur kontseptsiyasi asosida turli yo’nalishli izlanishlar
uchun istiboqlli yo’nalishga yo’l ochdi. Bundan tashqari, yangicha ishlab
9
chifqarish va ijtimoiy munosabatlar sharoitida xodimlar xulqini muvofiqlashtirish
borasida boshqaruv psixologiyasi bo’yicha amalga oshirilayotgan monografik
tadqiqotlar ham yangi davr ijtimoiy psixologiyasining predmeti ekanligini
tahkidlash mumkin. Bundan tashqari, O’zbekistonda tadbiqiy yo’nalishdagi
ijtimoiy psixologik izlanishlarga keng yo’l ochildiki, bu xolat ushbu fanning yangi
davr fani ekanligini isbotlamoqda.
SHuni alohida tahkidlash joizki, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot
yurtimizda XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarning boshida I.Yoqubov tomonidan
o’tkazilgan bo’lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy
rollarining muvofiqligini tahminlovchi sotsial-psixologik omillarni o’rgandi.
Tadqiqot natijasida shu narsa aniqlandiki, oila ahzolarining rollar borasidagi
muvofiq o’zaro munosabatlari oilaviy hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy
majorolar esa, asosan hozirgi zamon o’zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan
bandligi
hamda
oilaviy
munosabatlarda
eskilik
sarqitlarining
saqlanib
qolganligidadir.
Keyinchalik shu kabi oila va oilaviy munosabatlarning ijtimoiy psixologik
fenomenlariga bag’ishlangan tadqiqotlar o’zbekistonlik olimlar G’.B.SHoumarov
va uning izdoshlari, shogirdlari ishlarida rivojlantirildi. Masalan, G’. SHoumarov
va Ye.A.Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida oilada bolalar tarbiyasiga bevosita
tahsir ko’rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillar o’rganildi, chunonchi, unda o’ziga
xos milliy va anhanaviy o’zaro munosabat xususiyatlarining o’rni belgilandi.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o’tkazilgan muhim tadqiqotlardan
biri N.Sog’inovning o’zbek oilasiga xos bo’lgan nikoh va oila munosabatlari-
nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o’zbeklarga xos bo’lgan yosh
xususiyatlari, yosh o’zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning
sabablarini sistematik tarzda o’rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari xech
o’rganilmagan ilmiy mahlumotlar to’plandiki, ularga ko’ra, o’zbek oilasining
qurilishiga sabab bo’ladigan asosiy motiv – bu “Farzandli bo’lish”, (birinchi
o’rinda), ikkinchi o’rinda “Jamoatchilikning gap-so’ziga qolmaslik”, uchinchi
o’rinda “Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va hokazolar
10
aniqlandi. N.Sog’inovning to’plagan mahlumotlari yosh oilalar, mojaroli oilalar va
yoshlar tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lganlar uchun muhim ilmiy yo’l-yo’riqdir. Bu
kabi izlanishlar keyinchalik M. Utepbergenev, M. Dushanov ishlarida davom
ettirildi. Ularda oila va nikoh munosabatlari qoraqalpog’istonliklar va qirg’iz
oilalari misolida o’rganildi.
Oxirgi 10-20 yil oralig’ida O’zbekistonda ijtimoiy tasavvurlar kontseptsiyasi
doirasida o’tkazilayotgan tadqiqotlar (V. Karimova, K. Rahimova,Z. Nishonova,
M. Umarova, O. Hayitov, G. Yadgarova, L. Karimova, K. Farfieva, SH. Eshmetov,
N. Lutfullaeva, O. Qodirova va boshqalar) ayni shu yo’nalishning istiqbolli
ekanligini, shaxs va jamiyat o’rtasidagi murakkab va serqirrali munosabatlarning
ijtimoiy xulqda namoyon bo’lishi mexanizmini tushuntirishda nazariy-metodologik
asosning mavjudligini isbotladi.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |