Islom Tarixi va Falsafasi


Duo vaqtida ruhiy poklanish



Download 70,4 Kb.
bet5/11
Sana15.04.2022
Hajmi70,4 Kb.
#553205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
kurs ishi 3-kurs

2.2. Duo vaqtida ruhiy poklanish
Avvalo duoning mahnosini bilib olaylik. «Duo» so’zi arab tilida chaqirish, so’rash mahno-larini anglatadi. Ko’pincha duo qilish ҳamda bi-ron narsani talab qilish mahnolari bir-biriga aralashib ketadi. SHuning uchun talab nima-yu, duo nima ekanini aniq bilib olish aloҳida mahno kasb etadi.
Talab — so’rovchi nutq qiladigan lafzning vasfidir. «Menga tilagan narsamni bergin» kabi.
Duo esa so’rovchida paydo bo’ladigan nafsiy holatdir. Mazkur nafsiy holat ikki narsa bilan: qalb va hislarning uyg’oqdigi hamda ularning har birining siniqdek, hokisorlik ila Alloh taologa yuzlanishi bilan va yana duo qiluvchining o’zi qilgan gunohlari uchun Alloh taologa sidqidildan tavba qila boshlashi bilan bo’ladi.
Bunday vaqtlarda qalb g’ofil bo’lishi, hayolda esa boshqa bo’lishi ham mumkin. Albatta, bu holatni duo deb bo’lmaydi.
Bas, shunday ekan, bu ishni qilayotgan odamni «Falonchi Alloh taolodan so’ramoqda», deyishimiz mumkin. Ammo «Falonchi Alloh taologa duo qilmoqda», deya olmaymiz.
Ko’pchilik biror narsaga erishmoqchi bo’lsa turli duolarni o’rganib, yod oladi. Ularni takror-takror o’qib, Alloh taolodan o’z tilagini so’raydi. Ammo so’ragan narsasiga yetisha olmay yuraveradi, chunki u haqiqiy duo qilgani yo’q, shunchaki so’rash bilan band. Duo deb ataladigan nafsiy holatga erishgani yo’q.
Shu bilan birga, u o’zi qilgan gunohdar uchun Alloh taologa sidqidildan tavba qilishni boshlagani ham yo’q. Balki gunoh qilishda davom etayot-gan bo’lishi ham mumkin.
Axir biror odamdan bir narsani so’raydigan odam o’sha beruvchiga nisbatan beodoblik sodir etgan bo’lsa, avval mazkur beodoblik uchun uzr aytib turib, keyin so’rovini so’raydi-ku!? Nima uchun Alloh taologa gunoh qilgan banda U Zotdan uzr so’ramay turib, yana so’rovini so’rashi kerak? Alloh tao-loga osiy bo’lib turib, yana qanday qilib U Zotdan «Menga falon narsani ber» deya talab qila oladi?!
Shuning uchun ham ba’zan o’zi haqida qilgan duosi qabul bo’lgan kishilarning ko’pchilik uchun qilgan duolari qabul bo’lmaydi. Chunki bu kishining o’zi tavbani yaxshi qilib, duoni ixlos bilan qilgan bo’ladi. Ammo ko’pchilik ichida gunohga botib, bunga parvo ham qilmay yurgan kimsalar bo’lishi mumkin.
Bahzilar «Odamlar Allohdan so’raydilar, ammo Alloh ularga hech narsa bermasligi yoki so’ramagan narsalarini berishi ham mumkinmi? » deb so’ray-dilar.
Bu savolga uchta javob bor. Birinchidan:
Duoni ijobat qilish haqidagi oyat so’rovchiga bir narsa berishni o’z ichiga olmagan, balki bu oyat duo qiluvchining duosi ijobat qilinishini o’z ichiga olgan. Duo qiluvchi esa so’rovchidan ko’ra umumiyroq mahnodagi shaxsdir. Shuning uchun ham duoni ijobat qilish so’rovni berishdan ko’ra umumiyrokdir.
Ushbu farq tufayli Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Har kecha Robbimiz dunyo osmoniga tushadi va «Kim Menga duo qiladi, Men unga ijobat qilsam, kim Mendan so’raydi, Men unga ato qilsam, kim Menga istig’for aytadi, Men uni mag’firat qilsam», deydi», deganlar («Irvoul G’aliyl», 449-bet).
Ushbu hadisda Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam duo qiluvchi bilan so’rovchining, ijobat bilan atoning orasini farkdamokdalar.
Ikkinchidan:
Duoning ijobat qilinishi so’ralgan narsani berishdan ko’ra keng va umumiydir.
Imom Muslimning «Sahih»larida rivoyat qilingan hadisda Payg’ambar sollallohu alayhi vasallam buni quyidagicha tafsir qilganlar:
«Qaysi bir odam gunoh aralashtirmasdan, qarindoshlik aloqasini uzmay turib duo qilsa, albatta, Alloh taolo unga buning sababidan uch xislatdan birini beradi:
Uning so’raganini tezda beradi. So’ralgan narsaning mislicha yaxshilikni uning uchun saqlab qo’yadi. So’ralgan narsaning mislicha yomonlikni undan burib qo’yadi», dedilar.
Shunda odamlar: «Ey Allohning Rasuli, unday bo’lsa, (duoni) ko’paytiramiz», dedilar.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Alloh ko’paytiruvchirokdir», dedilar».
AHmad, Hokimlar rivoyat qilganlar. Zahabiy sahih, degan
Uchinchidan:
Albatta, duo talab qilingan narsaga erishishni taqozo qiluvchi sababdir. Sababning esa o’z shartlari va man qiluvchi omillari bor. Qachon shartlar hosil bo’lib, man qiluvchi omillar yo’q bo’lsa, talab qilingan narsaga erishiladi. Agar unday bo’lmasa, maqsadga erishilmaydi. Ba’zan esa duo qiluvchi uchun xayrliroq bo’lgan boshqa natija hosil bo’lishi ham mumkin.
Alloh taolo duolarni ijobat va hojatlarni ravo qiladi.
Jumhuri musulmonlar va boshqa din axdlari ham duo manfaatni jalb va zararni daf qilish uchun eng kuchli sabablardan ekaniga ishonadilar. Bunga sabab Alloh taoloning musulmon bo’lsin, kofir bo’lsin, bandasining duosini ijobat qilib, unga so’raganini berishi, rizq va yordam berishidir.
Imom Ibn Moja «Sunan» kitobida Abu Xurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Alloxdan so’ramasa, U Zot undan g’azablanadi», deganlar.
Alloh taolo O’zining olti sifatiga dalolat qilgani sababli duo qilishga amr qilgandir:
1. Vujud (borligi).
Chunki yo’qqa duo qilinmaydi. Undan biror narsa so’ralmaydi.
2. G’aniyligi (boyligi).
Chunki faqirga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so’ralmaydi.
3. Eshituvchiligi.
Chunki karga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so’ralmaydi.
4. Karamliligi (saxiyligi).
Chunki baxilga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so’ralmaydi.
5. Rahmat.
Chunki rahmsizga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so’ralmaydi.
6. Qudrat.
Chunki ojizga duo qilinmaydi. Undan biror narsa so’ralmaydi.
duoni inkor qiluvchi ushbu olti sifatni in-kor qiluvchidir.
Undan g’ofil bo’lgan olti sifatdan g’ofildir.
Bilingki, sabablarga suyangan holda duo qilmaslik tavhiddagi shirkdir. Sabablarni butuyalay tan olmaslik aqldagi nuqsondir. Sabablarni ishlatishdan yuz o’girish esa ishlarni sabablarga bog’lab qo’ygan shariatga ayb qo’yishdir.
Tavakkul va umidvorlik tavhid, aql va shariat vojib qilgan narsalardan iboratdir. Mo’min banda sabablarga tavakkul qilib (suyanib) ham qolmaydi, ularni behudaga ham chiqarmaydi. Balki Allohga tavakkul qilgan (suyangan) holda, sabablar Allohning irodasi va izni bilan natijali bo’ladi, deb harakat qiladi.
Alloh taolo duolarni ijobat qilishiga dalil:


  1. Download 70,4 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish