XX asrning 80-yillari oxirida Sovet Ittifoqida vaziyat ogʻirlasha boshladi.Mixail Gorbachyovning "qayta qurish"siyosati barbod boʻla boshlagandi.Endi odamlar kommunizm va Sovet Ittifoqining yolgʻon vaʼdalariga ortiq ishonmay qoʻydi.Buning ustiga,birin ketin Ittifoqdan ajralgan davlatlar oʻz mustaqilligini eʼlon qildi va SSSR kuchli zarbaga uchradi.Mixail Gorbachyov Ittifoqni saqlab qolishga boʻlgan urinishlari esa besamar ketdi.
90-yillarning boshiga kelib esa holat yanada keskinlashdi.1991-yilning 19-21-avgust kunlari SSSRda mudhish voqealar boʻlib oʻtdi. Ittifoqda sodir boʻlgan voqealar uning tarkibidagi davlatlarga taʼsir koʻrsatadi.Jumladan, Oʻzbekistonda ham Islom Karimov rahnamoligida mustaqillik sari olgʻa qadamlar tashlana boshlandi.
1989-yil 23-iyunda tajribali iqtisodchi boʻlgan Islom Karimov Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari qilib saylandi.U oʻzi saylangan plenumida soʻzlagan nutqida Oʻzbekistonning Ittifoqda tutgan oʻrni va rolini aniq va ravshan belgilab berdi, madaniy meʼrosni va tarix haqiqatini tiklash, milliy urf-odatlar va anʼanalarni rivojlantirish obyektiv zaruriyat ekanligini taʼkidladi.
1990-yil 24-martda OʻzbekistonSSRda prezidentlik boshqaruvi taʼsis etildi va Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi kotibi Islom Karimov OʻzbekistonSSR prezidenti qilib saylandi.Endi Islom Karimov yanada harakatlarni kuchaytirib mustaqillik tomon tobora kuchli qadam tashlay boshladi.1990-yil 20-iyunda Mustaqillik Deklaratsiyasining eʼlon qilinishi esa oʻzbek xalqining eng katta yutugʻi edi.Islom Karimov bu borada amalga oshirgan tadbirlari esa juda katta ahamiyatga ega boʻldi.
Islom Karimovning say harakatlari bilan oʻzbek xalqi necha yillar kutgan mustaqillik qoʻlga kiritildi.1991-yil 31-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn ikkinchi chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasida Oʼzbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi toʻgʻrisida Islom Karimovning maʼruzasi tinglandi.
Aynan oʻsha kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida eʼtirof etiladigan boʻldi.Bunda Islom Karimovning mustaqillikka erishishda qoʻshgan hissasi beqiyosdir.
Xulosa
Shunday qilib oʻtgan arsning 80-yillari oxiri va 90-yillari boshlarida Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan jarayonlar va voqealarning barchasi mustaqillikka erishish bilan tugadi.Bunda Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning mehnatlari nihoyatda beqiyos boʻldi.Yosh avlodlar oʻzbek tarixida Islom Karimovdek buyuk inson boʻlganligidan faxrlansa arziydi!!!!!!!!