DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH - davlat korxonalarini va tashkilotlarini xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlariga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar tashkilotlarga aylantirishdir.
DEPUTAT (lotincha deputatus – ―vakil ) – qonunchilik yoki davlatning boshqa vakillik organiga saylangan shaxs, aholining ma‘lum qismi – o‘z saylov organi saylovchilarning yoki butun millatning vakili.
YOPIQ AKTSIYaDORLIK JAMIYaTI - aktsiyalari faqat o‘z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan jamiyat.
JAMOAT FONDI – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo‘shish asosida tashkil etilgan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ma‘rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydigan, a‘zoligi bo‘lmagan nodavlat notijorat tashkiloti jamoat fondi deb e‘tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |