OCHIQ AKTSIYADORLIK JAMIYATI - qatnashchilari o‘zlariga tegishli aktsiyalarini o‘zga aktsiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aktsiyadorlik jamiyati.
OSHKORALIK – demokratiyaning zarur sharti bo‘lib, jamoatchilikning muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar faoliyatiga oid barcha ma‘lumot va xabarlarni bilish huquqi hamda tegishli axborotlarni muhokama va nazorat etish uchun ro‘y-rost e‘lon qilishdir.
PALATALARNING Q O`SHMA MAJLISI – ikki palatali tuzilmaga ega bo‘lgan parlamentlar ish shakllaridan biri. Qator mamlakatlarda parlamentning qo‘shma majlisi parlament vakolatiga kiradigan eng muhim masalalarni: urush holati yoki safarbarlikni e‘lon qilish, davlat byudjetini tasdiqlash, respublika Prezidentini saylash va shu kabilarni hal qilish maqsadida, boshqalarida esa faqat davlat boshlig‘i maktubini tinglash va boshqa tantanali holatlar o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |