Gazsimon turli jinsli sistemalarni ajratish Kimyo sanoatida amalga oshiriladigan ishlab chikarish jarayonlari natijasida ba’zan gazsimon turli jinsli sistemalar yuzaga keladi. Bunga kattik moddalarni maydalashda, maydalangan maxsulotlarni sinflarga ajratishda, kattik donador maxsulotlarni barabanli kuritgichlarda va mavxum kaynash katlamida kuritishda, kukunsimon maxsulotlar ishlab chikarishda xosil buladigan changsimon turli jinsli sistemalarni misol kilish mumkin. Bularning tarkibida kup xollarda kimmatli kimyo maxsuloti zarrachalari, ba’zilarida esa atrof muxitni ifloslantiruvchi zarrachalar mavjud buladi. SHuning uchun bunday turli jinsli sistemalarni fazalarga ajratish asosiy jarayonlardan biri xisoblanadi. Ushbu jarayon natijasida kuyidagi maksadlarga erishiladi:
Gazsimon aralashmadan kimmatbaxo maxsulot ajratib olinadi;
Jarayonning borishiga va kurilmalarning ishlashiga salbiy ta’sir kiluvchi gazsimon aralashma tozalanadi;
Atrof muxitning ifloslanishi kamaytiriladi.
Gazsimon turli jinsli sistemalarni fazalarga ajartishning kuyidagi usullari mavjud:
Ogirlik kuchi ta’sirida gaz tarkibidagi kattik zarrachalarni chuktirish;
Gaz tarkibidagi kattik zarrachalarni ogirlik kuchi ta’sirida chuktirishda, gazsimon aralashma tusiklar bilan ta’minlangan chuktirish kamerasidan utkaziladi. Natijada gaz okimi yunalishining bir necha marta uzgarishi va tezligining kamayishi natijasida uning tarkibidagi kattik zarrachalar kamera tagligiga chukadi. CHuktirish kamerasidan chikayotgan gaz kup xollarda yakuniy tozalash uchun gazlarni tozalashga muljallangan filtrlarga yuboriladi.
Gazsimon turli jinsli sistemalarni markazdan kochma kuch maydonida tozalash siklonlarda amalga oshiriladi. Siklonlarning tuzilishi va ishlash prinsipi gidrotsiklonlar (4.5 - rasm) bilan bir xil bulib, ularda tangensial patrubka orkali katta tezlikda kiritilgan gaz okimining spiralsimon aylanma xarakati yuzaga keladi. Natijada xosil bulgan markazdan kochma kuch ta’sirida gaz tarkibidagi kattik zarrachalar siklonning ichki sirti orkali pastga tomon, tozalangan gaz esa markaziy patrubka orkali yukoriga xarakatlanadi. Siklonlar xam asosan gazlarni dastlabki tozalash maksadida kullanilib, undan chikkan gaz kupincha filtrlarga uzatiladi.
Gazsimon turli jinsli sistemalarni suyuklik yordamida fazalarga ajratish, yukori kismidan forsunka yordamida suyuklik purkab beriladigan silindrik kurilmalarda amalga oshiriladi. Bularda gazsimon aralashma kurilmaning pastki kismidan berilib, yukoriga tomon xarakatlanadi. Natijada yukoridan purkab berilayotgan suyuklik tomchilari gaz tarkibidagi kattik zarrachalarni uziga singdirib oladi. Tozalangan gaz kurilma yukorisidan chikariladi. Bunday kurilmalar skruberlar deyiladi.
Katta kuchlanishli elektr maydonini yuzaga keltirgan elektrodlar tuplami orasidan gazsimon turli jinsli sistema utkazilganda uning tarkibidagi kattik zarrachalar elektrodlar sirtiga tortiladi va gazdan ajratib saklab kolinadi