Ezishning asosiy jarayonlariga kiradi: barabanli aylanuvchi va vibratsiya hosil qiluvchi tegirmonlarda mahsulotni ezish. Ezish apparatinining turini tanlash uchun mahsulotning fizik hususiyatlaridan (mahkamligi, yopishqoqligi, murtligi va h.), uning kattaligidan, jinsdagi usimtalarni qanchalik darajada ochilishi va ezilishi talabi, ezilgan mahsulotning granulometrik tarkibi va talab qilinadigan mahsuldorilikdan kelib chiqiladi.
Ezilish darajasi quyidagi asosiy omillardankelib chiqiladi:
A) rudaning qattiqligi va mustahkamligidan;
B) tegirmonlarning unumdorligidan;
V) oltin va kumushning ajratilish darajasidan;
G) reagentlarni sarflanilishining ko’payishidan;
D) qushimcha ezishga sarflanadigan harajatlardan.
Barabanli tegirmon tuzilishi buyicha silindrli baraban bo’lib, ikki tomonida qopqog‘i va podshipniklarga tiraluvchi bush tanali sapfalardan iborat. Boshlang‘ich mahsulot oldingi sapfaga kiritiladi, ezilgani esa keyingisidan chiqariladi. Baraban uqining uzunasi buyicha mahsulotning aylanib siljishi - yuklanishning, yukdan halos bulishning va boshlang‘ich mahsulotning tuxtovsiz ravishda bostirib kirishining almashinuv miqdoridan kelib chiqadi: mahsulotning hullab ezilishida o‘ suv yordamida etkaziladi, quruq ezishda esa – havo oqimi bilan.
MMS tegirmonlarining mahsuldorligi, boshlang‘ich xom ashyo va chiqadigan -0,074 mm –li mahsulotchiqarishda quyidagi omillardankelib chiqadi:
Boshlang‘ich rudaning yirikligi va mustahkamligidan.
Pulpaning zichligidan.
Tegirmon barabaning tuldirish darajasidan.
Sharli yuklarning miqdoridan, sharlarning xajmidan va sifatidan.
Chiqaruvchi panjaraning teshik xajmi va kesim maydonidan.
Rudaning mustahkamligi va yirikligining usishi tegiromonlarning zuriqishiga olib keladi va ularning ishlab chiqarish unumdorligini kamaytiradi. Jarayonga mayda portlatilgan ruda kelib tushganda, boshlang‘ich va -0,074 mm –li sinfli mahsulot sifatida unumdorlik oshadi, sharlarning emirilishi va elektr quvvatning sarflanishini kamayadi. Tegirmonlardagi pulpaning zichligi kursatilgan reglamentga nisbatdan ko’payishi, pulpaning quyuqlanishiga olib kelib, uning tegirmondan chiqarilishini qiyinlashtiradi. Pulpa zichligining kamayishi, uz navbatida uning siljishini tezlatadi va ruda tanalarining tegirmondagi vaqtini kamaytiradi. Bunda ezish unumdorligi kamayib, ishlab chiqarish mahsuldorligi pasayadi. MMS tegirmoni barabaning ruda va ezish sharlari bilan optimal tuldirilgan darajasi 3540% foiz hisoblanadi. Tuldirish darajasi bundan baland bulsa, tegirmonning zuriqishiga, past bulsa – tegirmonning unumdorligining pasayishiga olib keladi. MMS tegirmonining bushatuvchi panjarasining teshiklari 20 mm hajmda bulishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |