29-Ma’ruza
Mavzu: To'yingan anionitlarni qayta tiklash texnologiyasi.
Reja
To'yingan anionitlarni qayta tiklash texnologiyasi
Desorbsiyalovchi eritmaning kislotali tabiati
Tuyingan anionitda, oltindan tashqari, etarli miqdorda – temir, mis, ruh, nikel, CN- ionlari va h. boshqa aralashmalar bor. Ionitdan oltinni ajratib olib, boshqa aralashmalardan qutilish uchun regeneratsiya qullaniladi. Regeneratsiya asnosida ionitning sorbsion hususiyatlari tiklanib, uni kup marotaba ishlatishga yaroqli qiladi. Natijada, jarayonga qushimcha va yangi ionitni kiritish kamaytirilib, faqatgina smolaning mexanik yuqotilishi tuldiriladi.
Ionitning regeneratsiyasi, sorbsion texnologiyaning muhim va ma’suliyatli qismidir. Bunda, har hil eritmalar yordamida, oltinni desorbsiya (elyuviylanish) qilib, aralashmalardan ajratishdan iborat. Desorbsiya dinamik sharoitda utkazilib, desorbsiyalovchi eritma (elyuent), vertikal kolonnadagi smola qatlamidan utkaziladi. Dinamik usul, elyuentning kam sarflanishini va desorbsiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydi.
Elyuvirlashni faol utkazish uchun elyuvial eritmani, uning etarli darajada yuqori konsentratsiyasini, eritmani yuborish tezligini chegaralashni, temperatura kutarishini tug‘ri tanlash kerak. Ionitning regeneratsiya texnologiyasi uchun bunday omillar uta muhim.
Oltinning eng faol desorbentlari sifatida sulfat-, xlorkislotali eritmalar va CS(NH2)2 –dir, tiomochevinaning desorbsiyalovchi ta’siri shundan iboratki, u oltin bilan kation tipidagi [Au(ThiO)2]+, anionalmashinuvchi smola tomonidan ushlanmaydigan mustahkam birikma hosil qiladi:
2RAu(CN)2 + 4ThiO + 4H+ + SO42- = R2SO4 + 2 [Au(ThiO)2]+ + 4HCN
Desorbsiyalovchi eritmaning kislotali tabiati, sianidning uchuvchi sinil kislota holatida chiqarilishiga olib kelib, reaksiyaning muvozanatini ung tomonga siljitadi. Desorbsiyalovchi eritmadagi tiomochevinaning optimal konsentratsiyasi 80-90 ga va kislotaniki 20-30 g/l –ga tug‘ri keladi. Kislota sifatida kupincha arzon narxli H2SO4 qullaniladi. Oltindan tashqari, tiomochevinali eritmaga kumush va mis utishadi.
Tiomochevina molekulalari anionit tomonidan, fizik adsorbsiya tufayli, uta faol yutiladi. SHuning uchun, oltin bilan tuyingan smola qatlamidan tiomochevinali eritma utkazilganda, elyuatning oqib chiqadigan 1-1,5 hajmi tarkibida tiomochevina umuman bulmaydi, binobarin, oltin ham. Faqatgina anionit mochevina bilan tuyintirilganda va uning konsentratsiyasi elyuatda 10-15 g/l tashkil etganda, oltinning desorbsiyasi boshlanadi.
Oltin elyuatsiyasining bunday hususiyatlarini hisobga olib, smolani tiomochevinali eritma bilan ishlov ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisi, tiomochivanali sorbsiya deb ataluvchida, smola qatlamidan 1-1,5 hajmli aylantirilgan (oltinsiz) tiomochevina eritmasi utkaziladi; oqib chiqadigan elyuatda oltin va tiomochevina bulmaydi, shuning uchun, uni neytrallab, ag‘darmaga (otval) junatishadi. Ikkinchi bosqichda, oltin debsorbsiyasi deb ataluvchi, tiomochevina bilan tuyingan smola qatlamidan qolgan tiomochevinali eritmani (4-5 hajm) junatib, oltin maksimal ravishda tuliq desorbsiyalanadi. Ajratib olingan tarkibidagi oltinli eritma, tovar reagent deb atalib, oltinni chuktirish uchun junatiladi.
Ikki bosqichda amalga oshiriladigan jarayon, birinchidan, tovar reagentda oltinning miqdorini oshiradi va shuning bilan uning qayta ishlanishini soddalashtiradi, ikkinchidan, aralashmalar yig‘ilishini bartaraf etib (birinchi bosqichdagi elatning chiqarilishi tufayli), tiomochevinali eritmaning qayta ishlanishini ta’minlaydi.
Tiomochevinaning kislotali eritmalari bilan smolani elyuatsiya qilish, ionitning kerakli darajada regeneratsiyasini ta’minlamaydi va uning birlamchi hususiyatlarini tiklamaydi. Tiomochevinali eritmalar smola tarkibidan oltin, kumush, misni etarli darajada tula olib chiqadi, lekin qolgan aralashmalar qisman desorbsiya bulishadi. Shuning uchun, smolaning regeneratsiyasida, qoidaga binoan, barcha aralashmalardan qutilish uchun, qushimcha operatsiyalar utkaziladi.
Nazorat savollari
To'yingan anionitlarni qayta tiklash texnologiyasiga ta’rif bering
Desorbsiyalovchi eritmaning kislotali tabiati nima
To'yingan anionitlarga nimalar kiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |