Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika univyersiteti


-Ma’ruza Mavzu: Chang bakterial tanlab eritmaga o'tkazish jarayoni texnologiyasi



Download 7,64 Mb.
bet74/119
Sana31.12.2021
Hajmi7,64 Mb.
#199482
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119
Bog'liq
2 5325771064926538383

34-Ma’ruza

Mavzu: Chang bakterial tanlab eritmaga o'tkazish jarayoni texnologiyasi
Reja

  1. Chang bakterial tanlab eritmaga o'tkazish jarayoni

  2. Chanlarda tanlab eritish usulining afzalliklari va kamchiliklari

1. Yaratilgan ilmiy asoslar va sanoat tajribalari shuni ko‘rsatdiki,chanlarda tanlab eritish qator afzalliklarga ega.SHuning uchun bu usul qiyin boyitiluvchi mineral xom oshyolarni qayta ilashda qo‘llanadigan gidrometallurgik jaroyonlar bilan birga keng miqyosda qo‘llanishiga zamin to‘g‘diradi.

CHet ellarda 80 yillarning boshlarida bakterial tanlab eritish jaroyonlarini intensiv tadqiq qilish ancha jadallashdi.

Arsenopirit-pirit va pirit boyitmalari bilan nafaqat laboratoriya, yiriklashtirilgan–laboratoriya, shuningdek yarim sanoat miqyosidagi taqiqotlar o‘tkazilgan.

Bu tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, arsenopirit va piritli oltinga boy rudalardagi oltinni bakterial yo‘l bilan ochlgandan kiyin sianlash bilan ajratilganda uning ajralishi 95-98% gacha oshadi.

Masalan: Zimbabve, Malayziya va Janubiy Afrikadagi tarkibida 7-10% margumush 11-58 g/t gacha oltin tutgan boyitmalarni bakterial tanlab eritishda sulfidlarning oksidlanish darjasi 95-98%(arsenopirit va pirit) bo‘lganda oltinni 95% ajratish imkoniyatini beradi.

Bu tadqiqotlarda piritning erish tezligi arsenopiritning asosiy qismi erib bo‘lgandan kiyin keskin oshishi o‘z tasdiqini topdi.

Bakterial tanlab eritishda biomassning yuqori aktivligini saqlash uchun eritmadagi magumushning maksimal miqdori 20 g/l dan oshmasligi zarur. SHuning uchun eritmaning bir qismini eritish siklidan magumushdan tozalash uchun ajratish tavsiya qilinadi.

YAxshi natijalar CHinola (Kanada) va Porgera (Papua - YAngi Gvineya) konlari piritli oltin briktiruvchi boyitmalarni bakterial tanlab eritishda olingan. Piritning oksidlanish darajasi 80-88% etganda CHinola koni boyitmasini (350S, Q:S= 5:1, rN 2-1,8; temir (III)- 35 g/l) sianlab ajratilganda uning ko‘rsatgichi 91-94% tashkil etdi.Bunda mexanik aralashtirishda piritning oksidlanish tezligi soatiga 0,75% etdi.

Mis-pirit oltin briktiruvchi boyitmalar bilan (temir - 34,7%, oltingugurt - 39,7%, magimush - 0,4%, mis 1%, oltin - 13,4 g/t) qayta ishlashning ikkita usuli taqqoslandi: oksidlavchi kuydirish-sulfat kislotada eritish-sianlash va baterial tanlab eritish (BTE)–sianlash. Natija shuni ko‘rsatdiki, «BTE- sianlash» texnologiyasida kuydirishga nisbatan oltinning ajralish darajasi ancha yuqori bo‘ldi. Bo‘ texnologiyaning yuqori samarali ekanligini kapital sarf- xarjatlar va ekspluatatsiya xarjatlarining dastabki hisob-kitiblari ham tasdiqladi.

BTE ning birinchi sanoat qurilmasi 1986 yilda Feyrvyu (JAR) konida sutkasiga 10 t. boyitmani qayta ishlashga mo‘ljallab qo‘rilgan.Kuydirish sexi yopilganidan kiyin qurilmaning ish unmdorligi 55 t/sutkagacha oshirildi (1991y.). Bu qurilmada 8-10% margumush, 24-29% oltingugurt,120-140 g/t oltin biriktirgan murakkab tarkibli boyitma qayta ishlanib, arsenopirit va pirit bilan singib ketgan oltinning 70% ning o‘lchami 2 mkm dan kichikdir.Bo‘ boyitmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sianlashda oltininig eritmaga ajralishi 35% dan oshmaydi. «Kuydirish - sianlash»texnologiyasi qo‘llanilganda oltinni ajralishi 90% atrofida bo‘ldi. Biogidrometallurgik qayta ishlashda bo‘ ko‘rsatgich 95% gacha oshdi (15.1 rasm.). Zavodda tanlab eritish uchun 90 m3 hajmli 10 reaktor o‘rnatilgan bo‘lib o‘larning foydalanadigan umumiy hajmi 764 m3 tashkil qiladi. Tanlab eritish 4 sutka davomida 40…450S va rN 1,8…1,2 da amalga oshiriladi. Bo‘tanadagi kislorodning oxirgi qoldiq miqdori 2 mg/l kamaytirilmaydi. Tanlab eritishdan kiyingi magumushli eritmani neytrallash oxak yoki “so‘ndirilgan oxak”bilan ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda rN 5 atorfida, ikkinchi bosqichda esa 8 atrifida ushlanadi. Bo‘nda Fe3+ va As5+ 3:1 nisbatida bo‘lganda ancha qiyin eriydigan mahsulotlar asosan (FeAsO4)(FeO4)3 temir arsenat va kalsiy sulfat tuzlari hosil bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi.

Arsenatlar cho‘kmalari to‘rg‘un bo‘lib rN 3…10 da erimaydi. CHo‘ktirilgandan kiyin magumushning eritmadagi miqdori 0,5 mg/l dan oshmaydi.

Feyrvyu konidagi bakterial tanlab eritish qurulmasi ekspluatatsiyasi sanoat taqiqotlari tajribalari bu jaroyonni ishlab chiqish va Braziliya, Avstraliya, Gana, AQSH, Kanadadagi (1-3 jadval) ko‘plab oltin ilab chiqaruvchi korxonalarda qo‘llash imkoniyatini tug‘dirdi.

1994 yilda Ashantida (Gana) eng yirik bakterial tanlab eritish (1000 t/sut) qurulmasi Gencor firmasi loyihasi asosida ishga tushurildi.Bo‘ fabrikada qayta ishlanadigan arsenopirit- piritli boyitma 7,7% margumush, 17,5% temir va 11,4% sulfidli oltingugurtni biriktiradi. Arsenopiritning miqdori piritga nisbatan 2-2,5 marta ko‘p, pirrotinning miqdori (12,9%). Bakterial tanlab eritish hajmi 898 m3, oqim bo‘ylab har qaysida 6 tadan reaktorli jami 24 ta reaktorda amalga oshiriladi.



1995 y. sentyabrida “Pompora” (kompaniyasi “Ashanti Goldfilds”) boyitish fabrikasida flotoboyitmani qayta ishlash uchun bakterial tanlab eritish jaroyonlari (BIOX) liniyasi ishga tushurildi.


Download 7,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish