Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika univyersiteti


-amaliy mashg‘ulot. Geterofil mikroorganizmlar yordamida oltinni biotexnologik ajratish



Download 5,79 Mb.
bet44/75
Sana23.03.2022
Hajmi5,79 Mb.
#506918
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
Bog'liq
min xom ashyo Majmua 2021 13.09. (2)

6-amaliy mashg‘ulot. Geterofil mikroorganizmlar yordamida oltinni biotexnologik ajratish.

Oltin ishlab chiqaruvchi fabrikalarda (OIF) rudalar, konsentratlar va sinalashdan keyingi chiqindalardan oltinni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqarishda geterotrof mikroorganizmlardan V.Megaterium K-1-7 kulturasiqo’llanildi. Ushbu kultura Qochbuloq konidan ajratib olingan bo’lib, boshqa mikroorganizmlarga nisbatdan eng yuqori oltinni Erituvchi hususiyatlarga ega edi. Tajribalarda pH muhitining boshlang‘ich ko’rsatkichlaridan o’rganildi (4,5 dan 10,5 gacha intervallarda), issiqlik darajasi (20° dan 45°C gacha), Q:S (1:3 dan 1:15 gacha) va havo berishni–aeratsiyani oltin-poroshogi bor PWN-30 muhitida. Natijalar ichida oltinni eng kup bakterial ishqorlovchi optimal muhit sifatida: pH 7,5-8,5, issiqlik darajasi 25-30°C, Q:S=1:7-8 va tebratuvchi (kachalka) kultivirlash usullari aniqlandi.


Oltin ishlab chiqarish sanoatiga samarali texnologiyalarni joriy qilish uchun mineral hom ashyoning eng samarali turi sifatida Kovuldi konining rudalari, Angren OIF chiqindi omborlaridan eskidan yotib qolgan sianlashdan sungi chiqindilar va Angren OIF ning flotokonsentrati qo’llanildi. Bakterial ishqorlash buyicha tajribalarni belkozin M li muhitda, 28-30oC issiqlik darajasida, Q:S=1:10 da, 180 ob/min tebratuvchi uskunada va xujayralar soni 107 xuj/ml bulgan V.Megaterium K-1-7 kulturasi ishtirokida utkazildi (rasm 3.1.). Rasmdan kurinib turibdiki, bakteriyalarning eng kup soni 5-8 chi sutkalarda paydo buldi. Sianlash chiqindilarida bakteriyalarning miqdori 2.5٭107 xuj/ml etdi. Oltinning eng kup miqdorda Erish jarayoni 9-12 sutkalarda kuzatildi, bunda xujayralar rivojlanishi sekinlasha boshlagan edi. OIF ning ruda, konsentrat va sianlash chiqindilaridan 15 sutkadan keyin, oltinning ishqorlanishi 34-35%, 48-54% va 53-58% foizni tashkil etdi. Bunda oltin bilan birga Eritmalarda kumush ham kup miqdorda borligi aniqlandi va uning kursatkichlari 29-36%, 34-38% va 53-58% foizni tashkil etdi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni kursatdiki, bakteriyalar ta’siriga eng qulay mahsulot sifatida sianlashdan keyingi chiqindixonalarning chiqindilari buldi. Bunga qo’shimcha, ular iqtisodiy qulay xom ashyo bo’lib, qushimcha maydalashga extiyoj qolmay, etarli miqdorda organik moddalar bilan ta’minlangan. Shuning uchun keyingi biotexnologik tajribalar OIF chiqindoxona mahsulotlari bilan olib borildi.
Bir qator kengaytirilgan laboratoriya tajribalari Angren (Au – 1.76 g/t) va Chadak (Au–1.1 g/t) OIF chiqindoxonalari chiqindilari bilan olib borildi. Tadqiqotlarning quyidagi sinov parametrlari olindi: M belkozinli ozuqaviy muhit, pH 8.0-8.5, T – 28-30°C, Q:S=1:7.5, aeratsiya 8.5 l/min., Eritmalar har 5 kunda almashtirib turildi. 10 l hajmga ega reaktorlarda tajribalar olib borilib, natijalar shuni kursatdiki, oltinning ishqorlanishi 62-82% foizni, kumushniki esa 47-52% foizni tashkil etdi. Bakterial ishqorlashdan sung suyuq fazadan 142,2 mg “bakterial”oltin ajratib olinib probirniy tahlilda aniqlandi.
Geterotrof mikroorganizmlar yordamida oltinni bakterial ishqorlash tajribalari natijalari, oltinni ishqorlash buyicha texnologik reglament ishlab chiqarishga yordam berib, OIF ning rudalari va sianlashdan keyingi chiqindilarni qayta ishlash uchun tadqiq etishga yordam berdi.
Oltinni bakterial ishqorlash buyicha olib borilgan tajriba-sanoat sinovlari Kovuldi konining rudalari (77 g/t oltin) bilan hajmi 14,8 m3 -li reaktorlarda, ishchi hajmi 6,0 m3 quyidagi rejimda olib borildi: V.megaterium K-1-7 kulturasi, ozuqaviy muhit–drojjali (sinov variantlari), M belkozinli muhit (sinov variantlari) va bakteriyalarsiz nazorat muhiti; pH kursatkichi 7,5-8,5, aeratsiya 2 m3/min, Q:S=1:10. Sinovlar 30 kun davomida olib borildi va har 10 kunda Eritmalar almashtirib turildi. Nazorat variantida oltinni ajratib olish miqdori 30,8% foizni, sinov variantlarida esa – 45,6% foizni tashkil etdi.
Bakterial ishqorlashdan keyingi, tarkibida oltin bor eritmalarni 10 soat tindirilgandan sung, tarkibida Chlorella vulgaris mikro suv utlari bor novlarga (lotoklarga) quyildi va biosorbsiya yordamida suyuqlikdan nodir metallarni ajratib olishga urinildi. Beshinchi sutkada 87% foiz oltin chuktirilib mikro suv utlarining quruq biomassasida 18-24 g/t oltin aniqlandi.
Shunday qilib, geterotrof mikroorganizmlar yordamida oltinni, tarkibida oltin bor OIF ruda va sianlash chiqindilaridan ajratib olinishinining prinsipial imkoniyatlari isbotlandi.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish