Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika univyersiteti



Download 5,79 Mb.
bet30/75
Sana23.03.2022
Hajmi5,79 Mb.
#506918
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75
Bog'liq
min xom ashyo Majmua 2021 13.09. (2)

A.ferrooxidans–ning oddiy kulturasi qo’llanilganda, biomassa miqdori 2,5 g/l–ga ko’paytirilganda, barcha oksidlanuvchi jarayonlarning faolligi oshadi. Biomassaning miqdori va pulpadagi oksidlanmagan temirning mutanosibligini 1:4 darajada saqlash tavsiya etiladi. BI jarayoning tezligini 30% foizga ko’paytirish uchun, biomassa zichligi 1-2 dan 3-6 g/l etganda erishiladi.
Pulpa tarkibida og‘ir metallar ionlari miqdori kup miqdori tashkil etganda, yuqorida aytib utilganday, mikroorganizmlarning faolligini intensivlash uchun, ular moslashtiriladi, yoki konlar tarkibidan adaptatsiya qilinib, ajratib olingan kulturalar qo’llaniladi, yoki ingibirlovchi ionlarni bog‘lab, eritmadan chiqariladi, yoki kimyoviy modifikatorlar qushiladi. Masalan, uranning bakteriyalarga nisbatdan toksik ta’sirini pasaytirish uchun, muhitga ruh, nikel, magniy yoki marganets tuzlari va kaliy, natriy, litiy va ammoniy sulfatlari qushiladi. Mis, nikel, temirning ingibirlovchi ta’sirini kamaytirish uchun, temperaturani pasaytirish yuli bilan erishiladi.
Kompleks tuzuvchi moddalar ham metallarning toksik ta’sirini keskin pasaytirishi mumkin. Masalan, etilendiamintetrauksus kislotaning 2 M miqdori temirning oksidlanishidagi ingibirlovchi ta’sirini pasaytiradi. Sisteinning 10-4 M miqdori, azotnokisliy kumush ta’siridagi oksidlanmagan temirning ingibirlanishining oldini oladi. Termofillarga qo’llaniladigan muhitda esa, achitqilar ekstrakti xuddi shunday ta’sir kursatadi. Yuqori darajada kislota sig‘diradigan xelat birikmalarini qullash ham istiqbolli yunalishlardan biriga kiradi.
Tarkibi past rudalarini ishqorlashda, bakterial eritmalarga karbamidfosfor kislotasining 0,01-25 mg/l miqdori va uning tarkibida fosfatlar, tiomochevina va ammoniy fosfatli aralashma berilganda, mis, ruh, nikel, kobalt, uran, vanadiy va molibdenlarning ishqorlanish jarayoni intensivlashadi. Ayrim hollarda BI kinetikasiga yuza-faol moddalar ham ta’sir kursatadi va ularning ta’siri, fazalar orasidagi aloqalar yaxshilanishidan kelib chiqiladi deb tushuntirilgan, bu jarayon ayniqsa g‘ovakliligi pastligi bilan ajralib turgan rudalar ishqorlanishida kuzatiladi. Bularning ichida eng samaralisi tvin moddasi hisoblanadi. Masalan, oddiy rejimda, tvin-20 (0,01%) berilganda, xalkopiritdan 33 kun davomida 2,32 g/l mis ishqorlandi, tvinsiz esa, faqatgina 0,96 g/l. Ammo, yuza-faol moddalarning qo’llanilishi kutilgan natijalarni bermadi, mumkin, bu hol bakteriyalarning yashash jarayonida, ulardan ajralib chiqadigan yuza-faol moddalar bilan bog‘liqdir, masalan, lipidlar va ularga uxshash moddalar kiritilganda, kutilgan ijobiy natijalar kuzatilmasligi mumkin.
BI–ning biokimyoviy jarayonlarini elektr va magnit maydonlarining qo’llanilishi ham intensivlaydi. Oksidlanmagan temirning Eritmasiga 10 minut davomida 10,9 kA/m magnit maydonli kuchlanish berilganda, uning bakterial oksidlanish tezligi 1,6-1,7 barobar oshdi.
Bakteriyalarni idishdagi ishqorlash texnologiyasida, zichligi baland pulpalarda ishlatganda, oldin aytib utilganday, asosiy yunalishlardan biri, faolligi yuqori, ekstremal sharoitlarga chidamli bakteriyalar shtammlari ishlatiladi.
Oksidlanish jarayonlarining tezlatish uchun, intensiv faktorlaridan biri, mikroorganizmlarni adaptatsiyalash (moslashtirish) masalasi kuriladi. Adaptatsiyadan tashqari, A.ferrooxidans shtammlari faolligini oshirish uchun mikroorganizmlarning yunaltirilgan seleksiyasi va indutsirlangan (sun’iy) mutagenez taklif etiladi. Yuqori faollikka ega indutsirlangan mutantlarni yaratish uchun mutagenlar sifatida ultrabinafsha nurlatish va har hil kimyoviy moddalar, masalan, etilenimin, nitrozoguanidin qo’llanilishi mumkin. Lekin, tudadagi ishqorlash jarayonida ishlatilgan mutantlar ijobiy natija berishmadi, chunki ularni aborigen mikroflora siqib chiqardi. Mikrobiologik jarayonlarning faolligini oshirish uchun istiqbolli yunalishlaridan biri, metabolizm turlari har hil bulgan aralashtirilgan va termofil kulturalarni qullash bo’lib qoladi. Idishdagi ishqorlash jarayoni amaliyoti shuni kursatdiki, mikroflora asosan A.ferrooxidans kulturasi bilan tashkil topgan. Lekin A.thiooxidans va Leptospirillumferro-oxidans bakteriyalari borligi ham aniqlangan, ular sulfid minerallari va temirning oksidlanishida faol qatnashib, ularning miqdori anchayin yuqori bulgan.
Oxirgi yillarda, sulfid minerallarini issiq temperaturalarda oksidlash qobiliyatiga ega mikroorganizmlar guruhiga-termofillarga qiziqish ko’paydi, ular kup miqdorda rudalarning qizish doiralarida va termalarda uchraydi. Ushbu mikroorganizmlar uzining faolligi buyicha A.ferrooxidans–larga teng, balki ulardan ustunroq hamdirlar. Masalan, S. Brierley termofil bakteriyalari molibdenning yuqori miqdorlariga ko’proq chidamliroq bo’lib (2 g/l –gacha), va molibdenitni faol oksidlashadi. Rossiya fanlar akademiyasining mikrobiologiya institutida, termoatsidofil bakteriyalarining sintrof assotsiatsiyasi ajratib olinib, uning tarkibiga Sulfobacillus thermosulfidooxidans va Thiobacillus Sp. turlari kiradilar. Ushbu assotsiatsiya 500C issiqlik darajasi va pH 1,0-3,0 –larda oksidlash funksiyalarini amalga oshiradi. Baqirchiq konining oltinmishyakli konsentratlari bakterial ishqorlanganida, Sulfobacillus thermosul- fidooxidans-Subsp. Asporogenesfakultativ-termofil kulturasi 450S issiqlikda sinaldi. Pirit va arsenopiritning ushbu kultura tomonidan pH 2,5-1,5, OVP 0,77-0,78 V biomassa 1 g/l da, oksidlanish darajasi 87 va 96% foizni tashkil etdi, A.ferrooxidans kulturasi ishlatilganda esa oksidlanish ulchamlari 72,7 va 92,5% foizni tashkil etishdi.
Sulfobacillus thermo-sulfidooxidans bakteriyalarining doimiy yuldoshi bo’lib Leptospirillum thermoferrooxidans avtotrof termoatsidofil bakteriyalari yurishadi, ular oksidlanmagan temirni 45-500C issiqlikda faol oksidlashadi. Ushbu kulturalarning uyushmasi, sulfid minerallarining oksidlanish tezligini 1,5-2 barobarga oshirish qobiliyatiga ega.
Termoatsidofil arxebakteriyalarining ham qo’llanilish imkoniyati kurib chiqilmoqda, ular Fe2+, S0 va sulfid minerallarini 40-800C issiqlikda oksidlash imkoniyatlariga ega, boshqa tYermofil bakteriyalari esa anorganik substratlarini 50-700S ham oksidlashadi.
Lekin bakterial ishqorlash amaliyotida, asosan mezofil tion mikroorganizmlarining assotsiatsiyalari qo’llanilishi afzal kuriladi. Minprok Limited (Avstraliya) firmasi, Mayskiy konining oltinmishyakli konsentratlarini ishqorlashda, 350C –da ishlovchi mezofil bakteriyalarini tavsiya etishgan, garchi, mu’tadil termofil bakteriyalari, 450C issiqlik va pH 1,8-1,25 -da, temirning eritmaga yuqoriroq tezlikda utishini ta’minlashgan bulishsada.

Savollar:


1.Bakterial oksidlash va ishqorlash jarayonlarining asosiy kamchiliklarini kursatib bering?
2. Idishdagi bakterial ishqorlash jarayonini intensivlashning asosiy usllarini kursatib bering?
3. Ozuqa muhiti gazli rejimining oksidlanish poteniali va yuza faol moddalariga ta’sirinitushuntirib bering?
4. Mikroorganizmlar adaptatsiyasi nimalarga ta’sir etishadi?
5. Mezofil bakteriyalari turlarining funksiyalari qaysi issiqliq rejimlarida amalga oshiriladi?
6. Mu’tadil termofil bakteriyalari turlarining funksiyalari qaysi issiqliq rejimlarida amalga oshiriladi?
7. Termofil bakteriyalari turlarining funksiyalari qaysi issiqliq rejimlarida amalga oshiriladi?

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish