Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika univyersiteti


-Ma’ruza Boyitilgan sulfid konsentratlarini quyultirish



Download 5,79 Mb.
bet26/75
Sana23.03.2022
Hajmi5,79 Mb.
#506918
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
Bog'liq
min xom ashyo Majmua 2021 13.09. (2)

11-Ma’ruza
Boyitilgan sulfid konsentratlarini quyultirish


Reja
1. Quyultirish jarayoni
2. Quyultirish jarayonining asoslari



Quyultirish–ezish bosqichidan keyingi pulpaga ishlov berish tartibi. Bunda pulpaning suvini qisman kamaytirishdan, qattiq jismlarni chuktiruvchi idishning tubiga chuktirishdan iborat va tinigan Eritmani ajratib olish. Ko’pincha chukkan mahsulotda 50% foizgacha suv qoladi va bunday holat qattiq: suyuq mutanosibligini Q:S = 1:1 deb tushuniladi. Quyultirishning chegarasi ishlangan rudaning ezilgan zarrachalarning yirikligidan, zichligidan, fizik-kimyoviy xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Pulpa tarkibidagi zarrachalar xajmi buyicha bir biridan kuchli farq qilishadi. Pulpa tarkibidagi yirik donali zarralar bilan birga kup miqdorda bir necha mikronga va undan ham maydaroq (<0.001 mm) zarrachalar bo’ladi. Yirik zarralar tezroq chukadi, maydalari kup vaqt mobaynida pulpaning urta qatlamida muallaq holatda turishadi.
Ruda pulpasining mayin zarrachalari hajmi buyicha haqiqiy kolloidlarga uxshamaydi, lekin ko’plab holatlarda kolloid hususiyatlari bilan ajralib turishadi. Bunday hususiyatlarni loy moddalari, sulfid minerallarining shlamli qismlari, ko’plab oksidlangan og‘ir metallarning minerallari va h. Bunday mineral zarrachalarining peptizatsiyasi rudali pulpalarning quyulishiga halaqit bErishadi.
Peptizatsiya – bu kolloid zarrachalarining yuzasida adsorbsiya natijasida paydo bulgan zaryadning ionlari. Natijada bunday zarrachalar bir hil zaryadga ega buladi, suyuq fazada esa ularga ko’plab qarama qarshi zaryadli ionlar qoladi. Bir hil zaryadlangan zarrachalar, bir biridan itarilishadi va muallaq holatda qolib chukmaydi. Bunday holatda tindirishni yaxshilash uchun zarrachalarni agregatlar holatigacha kattartiriladi. Agregatsiya elektrolitlar va polimer flokulyantlar yordamida koagulyasiya yuli bilan Erishiladi.
Koagulyasiya qilish uchun pulpa tarkibiga elektrolit kiritiladi, o‘ Eritmada ionlar hosil qiladi, ular uz navbatida zarrachalar yuzasida adsorbsiya (chukib) bo’lib zaryadlanadi, va boshida adsorbsiya bulgan ionlarga qarama qarshi zaryadlangan bo’lib tizimning mustahkamligini ta’minlaydi. Koagulyant qushilganda dispYers zarrachalar zaryadlari neytrallanadi. Bu zarrachalar kattalashadi va tez chukadigan agregatlarga aylanadi. Koagulyant sifatida sianlash jarayonida ohak ishlatiladi, va o‘ bir vaqtning uzida ishqoriy himoyani ham ta’minlaydi.
Flokulyasiyani (chuktirishni) bajarish uchun, pulpa tarkibiga birorta polimYer kiritiladi, uning katta molekulalari bir necha faol zarrachaning yuza qismiga adsorbsiya bo’lib, paydo bulgan “kuprikchalar” yordamida ularni yirik agregatlarga bog‘laydi. Xozirgi sanoat amaliyotida pulpalarning flokulyasiyasi uchun keng kulamda poliakrilamid qo’llaniladi, o‘ uz navbatida kation-anionli polielektrolit bo’lib, uning formulasi - (SN2SNSON2)n. Poliakrilamidning (PAA) uzun molekulalari bir necha qattiq zarrachalarning faol qismlarida adsorbsiya bo’lib, ularni flokulaga birlashtiradi. Poliakrilamid pulpaning Cho’kish jarayonini tezlatadi. 1 tonna ruda tarkibiga kiritilgan 10 g PAA Cho’kish tezligini 2-4 barobar ko’paytiradi.
Pulpalarning quyuqlantirishi mahsus chuktiruvchilarda bajariladi. Pulpa apparatning markaziga uzatiladi. Chukkan quyuq chukma parrak qanotlar yordamida chuktiruvchi marazidagi yukni tushiruvchi tuynukka kuchiriladi va undan nasos yordamida belgilangan joyga junatiladi. Tinigan Eritma yuqoriga kutarilib quyuqlantiruvchining chekkasidagi aylana ariqqa tushib, mahsus yig‘uvchi moslamaga junatiladi. Pulpaning va Eritmaning yig‘ilish tezligini, Eritma toza va tiniq bulganicha boshqarib turiladi.
Pulpaning tindirilish jarayoniga ikkita muhim faza kiradi: qattiq zarrachalarni chuktirib chukmani zichlantirish va Eritmani tiniqlantirish, pulpaning chuktirish zichligi shunday bulishi kerakki, undagi zarrachalar Yerkin holatda og‘irlik kuchi yordamida asta-sekin chukib, ohirgi, Cho’kish tuxtashi nuqtasigacha etganda zichlantirish boshlanadi. Zichlantirish fazasi, yoki chukmani siqishda, zarrachalar bir biriga shunday yaqin joylashadiki, natijada ular chukmaydi, lekin siqiladi, va chukmadagi suyuqlik ham uz navbatida siqilib, paydo bulgan kanallar orqali yuqorida joylashgan suyuq pulpa qatlamlariga chiqadi. Cho’kish fazasi zichlashish fazasiga utishi, chuktirishning tezligi pasayganini ma’lum qiladi va zichlangan mahsulot va suyuq faza orasida, toza va tiniq chegara paydo bo’ladi.
Loyihaga mos ravishda chuktiruvchilarda turtta chegara farqlanadi: A–tinigan; B–chukkan; V–o‘tish; G–zichlashish. Cho’kish chegarasidan zichlashish chegarasiga o’tish, pulpaning aniq zichlangan holatida amalga oshadi va quyuqlantiruvchi mahsulotning tabiatiga, Eritmadagi koagulyantlar va flokulyantlar tarkibiga bog‘liq bo’ladi. Ko’plab pulpalarda bunday utish, pulpaning zichligi, undagi qattiq qismining miqdori 25-33% foizga etganda amalga oshadi. Quyultiruvchidan chiqqan quyultirilgan mahsulotda qattiq qismning miqdori 40-50% foizni tashkil etadi, yoki Q:S = 1,5(1):1 teng bo’ladi.
Tinigan suyuqlik aylana ariqqa oshib tushadi va quyuqlantiruvchidan chiqib oqib ketadi. CHuktiruvchining samaradorligi, uning balandligiga emas, zarrachalarning Cho’kish tezligi va apparatning Yerkin yuzasiga bog‘liq. SHuning uchun quyuqlantiruvchilar kup baland bulmay, lekin keng maydonga ega bulishadi. Chuktiruvchilarning afzal tomoni, ularning tuhtamasdan harakati, elektr quvvatining kam ishlatilishi, loyihaning va unga hizmat kursatishning oddiyligidadir. Bunday qurilmalarning asosiy kamchiligi, ularning besunaqay kattaligi va kup xajmdagi maydon egallashidir.
Yirikligi buyicha sinflangan mahsulot uz oqimi bilan P-50 va S-50 quyuqlantiruvchilariga taqsimlanib utadi
Mayin zarrachalarning chuktirishini tezlatish va chukmaning zichligini oshirish maqsadida, jarayonga 0,010,05% foiz poliakrilamid Eritmasi beriladi. Keyingi bulinishlardagi muhit ishqorligini yaratish uchun va quyuqlantiruv- chilardan chiqadigan suvni tindirish uchun jarayonga ohakli sut beriladi. Ohakli suvning bYerilishi rudaning ezuvchi birinchi, ikkinchi va uchinchi bloklar navbatining zumpflaridan (taqsimlovchi moslama) amalga oshiriladi.
Quyiltirilgan mahsulot 6PS-9 nasoslari yordamida sorbsiya bulinmasiga junatiladi va mahsus g‘alvir-mashinalarda (groxot) +2 mm –li mayda yog‘och taxtacha bulaklari ajratiladi.
Tinitilgan suv (chuktiruvchilardan chiqqani) uchta zumpfda yig‘iladi va 22 NDS nasoslari yordamida ezish sexining, tozalanib aylangan kollektorlariga, rudani qayta ishlash va boyitish jarayoniga takroriy ishlatish uchun junatiladi, yoki boshqa texnologik jarayonlarda qo’llanilishi mumkin. Aylantirilgan suv tarkibida mexanik qushimchalar bulmasligi kerak (texnologik yog‘och parchalari, qumlar, shlamlar va h.).
Quyultirish jarayonining asoslari

Pulpani chuktirish chuktiruvchilarda olib borilib turtta zonaga bulinadi:
1) tinitilgan suyuqlik zonasi;
2) zarrachalarning erkin chukuvchi zonasi;
3) zichlashish yoki siqilish zonasi;
4) tuboldi zonasi, unda pulpa kapkirla yordamida qushimcha zichlashadi va chuktiruvchining markaziga quyultirilgan mahsulotni uchun chiqarish junatiladi.
Quyulishning jarayoniga ta’sir etuvchi omillar:
1) pulpadagi qattiq jismlarning granulometrik tarkibi–mayin zarrachalar sekinroq Cho’kishadi;
2) mineralogik tarkib – kaolin turidagi loyli jinslar qiyinroq quyuladi;
3) temperatura–issiqlik darajasi kutarilishi bilan pulpaning suyuq fazasidagi yopishqoqlik kamayadi va qo’llaniladigan reagentlar ta’siri kuchayadi va natijada quyulish tezligi oshadi.
Quyulishni faollashtirishning asosiy usuli–zarrachalardan agregatlar tuzish. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun, pulpadagi qattiq jismlarni agregatlarga aylantirishda, muhitda mahsus reagentlar yordamida kerakli ishqorlik yaratiladi. Tarkibida oltin bor pulpani quyultirish uchun pH = 10,5 11,2 kursatkichli muhit yaratiladi va Eritmaga poliakrilamid junatiladi, uning uzun iplar kurinishidagi makromolekulalari bir nechta mineral zarrachalarida adsorbsiya bo’lib, ularni yirikoq agregat–flokulaga bog‘laydi. pH muhiti sundirilgan ohak Ca(OH)2 yordamida yaratilib, rudani ezish jarayonida yuboriladi.

Belgilangan parametrlar va jarayonning nazorati

Kursatkichlar nomlanishi

Kursatkich

Davriylik

Namunalar tanlovi va nazorat usuli

Kim nazorat qiladi

1.Chuktiruvchilardagi quyulgan pulpaning zichligi

1480-1440 g/l
T:J=1: 0,91,0

Doimiy

PR-1025 asboblari so KSM-3 ikkilamchi asbob va qo’lda o’lchash

Apparatchik

2.Boshlang‘ich pulpaning zichligi

11201140 g/l
T:J=1: 4,04,74

-«-

Qo'lda ulchash

-«-

3. Quyulgan pulpadagi +0,15 mm –li sinf

Rejaga asosan, shu oydagi 15 g/l ziyod emas

Har 1 soatda Har smenada

Qo’lda o’lchash. Avtomatli namuna olgich

Apparatchik OTK nazoratchisi

4. Quyulgan pulpaning pH -i

10,511,2

Doimiy

P-215 datchigi KSU-3 ikkilamchi asbob bilan

KIPiA –ning navbatchi chilangari

5. Tinigan qatlamning sathi

0,30,6 m

Smenada 8 marta

Qo’lda o’lchash

Apparatchik

Takrorlash uchun savollar.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish