Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika univyersiteti


-Ma’ruza Mavzu: Mineral xom ashyoni flotatsion boyitishdagi samarali natijalar (NKMK GMZ-3 OIF misolida)



Download 5,79 Mb.
bet25/75
Sana23.03.2022
Hajmi5,79 Mb.
#506918
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
Bog'liq
min xom ashyo Majmua 2021 13.09. (2)

10-Ma’ruza
Mavzu: Mineral xom ashyoni flotatsion boyitishdagi samarali natijalar (NKMK GMZ-3 OIF misolida)


Reja
1. Mineral xom ashyoni flotatsion boyitishdagi samarali natijalar
2. Birlamchi boyitish loyihasi

NKMK–ning Shimoliy kon boshqarmasida №3–chi Gidrometallurgik zavodida avvalambor oksidlangan rudalarga ishlov berilardi. Texnologik loyixa tarkibiga boshlang‘ich ruda ezilib, keyin sorbsion sianlashga junatilar edi. Qayta ishlovga sulfid rudalari berila boshlangandan keyin zavodning texnologik loyixasiga yangi jarayonlar–flotatsion boyitish, tarkibida oltin bor flotokonsentratga bakterial oksidlash va biokekning sorbsion sianlashiga qushimcha qurilishlar kiritila boshladi. Kompleksning birinchi navbati ishga tushgandan keyin, ulardagi ayrim texnlogik jarayonlariga mukammallashtirilgan uzgartirishlar kiritila boshladi. Ayniqsa ko’proq o’zgartirishlar flotatsiya bulinmasiga kiritildi (ris. 4.4.1.).
Flotatsion boyitishning texnologik loyihasi va uning reagentlik tartibi boshlang‘ich rudalarning murakkab fizik-kimyoviy uzgarib turishi sababli muhim O’zgarishni talab qildi.
Kukpatas va Daugiztov konlarining piritli va arsenopiritli, tarkibida oltin bor sulfid rudalari flotatsion boyitish jarayoniga berila boshlandi[38]. Sulfid minerallar tarkibidagi oltin ultramayin klaster holatida joylashgan. Tog‘ jinslarini tuzuvchi minerallar kvars-xloritseritsit slanets holatida bo’lib, uglerodli moddalar bilan qorishgan. Uglerodli moddalar mayin dispersli agregat zarrachalardan tuzilgan va kvars, karbonatlar, slyudalar va sulfidlar qirralariga kirgan. Organik modda submikroskopikdan tortib kolloid tarqoq holatda bo’lib, boshqa minerallarning yuzasini pigmentlab, sementlaydi.
Birlamchi boyitish loyihasi ikki pog‘onadan iborat bo’lib, rudaning 80% foizini -0,074 mm sinfdagi yiriklikda ezish muljallangan edi: asosiy va nazorat flotatsiya va asosiy flotatsiyaga konsentratni qayta tozalash operatsiyasi qushilgan edi. Flotoreagentlardan jarayonga natriy sulfogidrati, mis kuporosi, butil kaliy ksantogenati va kupirtirovchi-oksal T-80 (T-92) berila boshladi.
Boyitish loyihasi bilan ishlaganda, flotokonsentrat sifatining kursatkichlari va oltin ajratib olinishi talab me’yorlariga javob bermas edi. Jarayon ustidagi ko’plab qayta takrorlangan tekshiruvlar va boyitish mahsulotlaridagi oltinning yiriklik sinflariga tarqalishi, jarayonda ko’plab miqdorda aylanib yuruvchi shlamlar borligi aniqlandi. Ushbu kamchilik flotatsion konsentratning sifatini kerakli darajaga kutarishga tusqinlik qilib, oltinning ajralishiga ham salbiy ta’sir kursatar edi. Flotatsiya chiqindalarida -0,044 mm yiriklikdagi sinf zarrachalari 55-60% foizni tashkil etar edi va ulardagi oltinning miqdori 70-75% foiz yuqotishga etuvdi. Olib borilgan tajribalar shuni kursatdiki, rudani -0,074 mm maydalikkacha ezib, uning miqdorini 50-55% foizga etkazganda, 60% foiz oltin flotokonsentratga utishi kuzatildi.
Flotatsion jarayonini mukammallashtirish yulidagi izlanishlar, har xil tajribalarni utkazishga undadi va bularning natijasida texnologik loyihaga flotatsiyaning 1 rudani ezish bosqichiga oraliq operatsiya kiritildi va tayyor flotokonsentratga ko’p miqdorda tarkibida oltin bor shlamli moddalar qushila boshladi. Bu uz navbatida flotatsion jarayonda aylanib yuruvchi shlamlar miqdorini kamaytib va flotatsiya chiqindilari tarkibida oltinning yuqotilish miqdorini pasaytirdi.
Tajribalar natijalari buyicha flotatsiyaning 1 va 2 sikllari orasidagi (mejsiklovaya) loyiha tuzildi va flotatsiya bulinmasida ishga tushdi. Natijada flotokonsentratning sifat kursatkichlari 1,5-2,0 barobar ortdi va flotokonsentrat tarkibiga oltin ajralishi 10% foizdan ziyodga ko’paydi.
Jarayonda qayta ishlangan, aylanuvchi suv ishtirok etiladi. Ushbu suv pulpanin yuzafaol komponenti bo’lib, tarkibidagi ko‘plab erigan moddalar jarayonning sifatli o‘tishiga ta’sir kursatadi. Ichimlik suvida va qayta ishlov berilgan aylanma suvning tajribalardagi ko‘rsatkichlarida, ichimlik suvi yordamida flotokonsentratga 5-6% foiz ko’proq oltin o‘tishi aniqlandi. Pulpaning pH kursatkichi ham kuchli O’zgarishlarga moyil, ezish bosqichiga tushgandan keyin pH muhiti 10-10,5 –ni tashkil etdi, tegirmondan chiqishda esa 5,5-6,0 gacha pasaydi.
Suvning tahlili shuni ko’rsatdiki, ezish jarayonida, suvning muhitiga ko’plab miqdorda kalsiy, magniy, ikki valentli temir va sulfat ionlari utganini, ular uz navbatida oltinning flotatsiyasiga kuchli bostiruvchi ta’sir kursatadi.
Suvning umumiy qattiqligini pasaytirish uchun kalsiy, magniy va sulfat ionlarini bog‘lash uchun muhit boshqaruvchilari–kaustik soda va kalsinirlangan sodalar ishlatildi. Ushbu moddalar mis kuporosi bilan birgalikda, rudadagi arsenopiritning faollashtiruvchilari sifatida ma’lum.
Flotatsion jarayonga ularning miqdorini 0,6-1,0 kg/tn ishqoriy reagent sifatida qushilganda, pH kursatkichi 9,2 atrofida bulganda, flotokonsentrat tarkibiga ko’proq oltin o‘tib ijobiy ta’sir ko‘rsatishdi. Flotatsion boyitishning eng yaxshi kursatkichlari pulpadagi pH muhiti 8,8-9,2 bulganida kuzatildi.
O’tkazilgan tajribalar asosida flotatsiya jarayoniga qo’shimcha, loyihaga kirmagan reagentlarni–kaustik va kalsinirlangan sodalarni qushishga qaror qilindi.
Ish jarayonida muhit boshqaruvchilarining sarflanishi qayta ishlovga bYeriladigan sulfid rudalarining tarkibidagi mineral tuzlar miqdori va ularning kislotalik holatiga e’tibor berildi. Bunda, qayta ishlovga beriladigan Daugiztov konining rudalarining Kukpatas sulfid rudalariga nisbatdan yuqori kislotaligi aniqlandi.
Boshqaruvchi reagentlarning optimal sarfini aniqlash, pulpadagi suvning qattiqligi darajasini pasaytirishga yordam berdi va flotatsion jarayyonning sifatini yaxshiladi: natijada, flotokonsentrat takribiga utadigan oltin miqdori 4-5% foizga ko’paydi.
Boyitish loyihasiga qushimcha qilib kiritilgan sikllar orasidagi (mejsiklovaya) flotatsiya va reagent tartibi optimallashi natijasida, oltinning flotokonsentrat tarkibiga 10-15% foiz ko’proq utishiga yordam berdi.

Savollar:


1. Maydalash uskunalarining asosiy turlarini aytib bering?
2. Konusli maydalovchilarining tuzilishi?
3. Rotorli maydalovchilarning tuzilishi?
4. Asosiy ezish agregatiga tushuncha bering?
5. Ezishning qanday turlarini bilasiz?
6. Uzi maydalovchi tegirmonlarning ish uslubi?
7. Gravitatsion boyitishda qanday mahsulotlar paydo bo’ladi?
8. Gravitatsion boyitishda ishlatiladigan uskunalar?
9. Gruvitatsion boyitishning yaxshi tomonlari?
10. Flotatsion boyitishning ahamiyati?
11. Flotoreagentlar turlari va ularning ahamiyati?
12. Flotatsion boyitishning kamchiliklari?
13. Yig‘uvchi va kupiklantiruvchilarga tushuncha bering?
14. Faollashtiruvchi va bostiruvchilarga tushuncha bering?
15. NKMK GMZ-3 OIF dagi flotatsion boyitish bulinmasidagi loyixaga tushuncha bering?
16. Flotatsiya jarayonida qanday yullar bilan suvning qattiqligi bartaraf etiladi?
17. Qaysi qushimcha tadbirlar GMZ-3 OIF dagi flotatsiya jarayoniga samarali natijalar berishdi?
18. Gravitatsion va flotatsion boyitish usullariga tushuncha bering?
19. Qaysi hildagi rudalarni boyitishda flotatsion va gravitatsion usullari yaxshi natija bErishadi?
20. NKMK GMZ-3 OIF dagi flotatsion loyihasining qushimcha uskunalari haqida tushuncha bering?



Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish