«Tarmoqlar» metodi. O’qituvchi: Hamma talabalarga tarqatma materiallar tarqatiladi va o’tkazish yo’llarini tushuntiradi.
1. Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz, shuni qog’ozga yozing. Fikringizni sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay ularni shunchaki yozib boring.
2. Yozuvingizni orfagrafiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.
3. Berilgan vaqt nihoyasiga yetmaguncha yozishdan to’xtamang. Agar ma’lum muddat biron bir g’oyani o’ylay olmasangiz u holda kog’ozga biror narsani rasmini chiza boshlang. Bu xarakatni yangi g’oya tug’ulgunga qadar davom ettiring.
4. Muayyan tushuncha doirasida imkoniyat qadar ko’proq yangi g’oyalarni yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang.
Talaba: Hamma tushunchalarni qabul qiladi.
1. Nimaniki o’ylagan bo’lsa, shuni qag’ozga yozadi.
2. Yozuvlarning orfagrafik, grammatik jixatlariga e’tibor bermaydi.
3. Berilgan vaqt nihoyasiga yetmagunga qadar o’z fikrini davom ettiradi.
4. Muayyan tushuncha yuzasidan ko’proq ma’lumotlarni yoritishga harakat qiladi.
Texnologiya nihoyasiga yetgach o’qituvchi boshchiligida tahlil qilinadi.
Kutiladigan natija: Talabalar ushbu pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishni o’rganadilar.
“Baliq skeleti” texnikasi
Ushbu texnologiya katta muammolarning yechimini topishga qaratilgan. Yuqori qismida muammolar turi yozilsa, pastki qismida esa misollar bilan izohlanadi.
“Charxpalak” metodi.
O’qituvchi: Hamma talabalarga tarqatma materiallar tarqatiladi va o’tkazish yo’llarini tushuntiradi.
1.Yaxshilab o’qib chiqib, taxlil eting.
2. Berilgan harakat hususiyatlari ichidan o’zingiz to’g’ri deb topgan harakatni ko’rsatilgan kataklar ichiga istagan belgingiz bilan belgilang.
3.To’rt kishidan iborat kichik guruhga bo’lining va har bir guruh a’zosi o’z belgingizni ko’rsatilgan kataklarga belgilang, bu harakat soat strelkasi bo’yicha amalga oshiriladi.
SHu bu harakat to’rt marotaba amalga oshiriladi. Material o’z egalariga yetib kelganidan so’ng o’qituvchi to’g’ri javoblarni o’qiydi.
4.Agar shaxsiy belgilaringiz to’g’ri javob bilan bir xil bo’lsa, u holda tartib raqamlarni doira ostiga oling, mos kelmasa ochiq qoldiring.
5. To’g’ri va noto’g’ri javoblar hisoblanib tegishli natija olinadi.
Talaba: Hamma tushunchalarni qabul qiladi.
1. Harakatlarni tahlil etib kerakli belgilarni qog’ozga yozadi.
2.Guruhlarga birlashadilar.
3. O’zlari to’g’ri deb topgan harakatlarning kerakli kataklariga o’z belgilarini qo’yadilar.
4. Guruh a’zolari fikrini tahlil etib chiqadilar.
5. Javoblarni qabul qiladilar va tartib raqamlarni doira ostiga oladilar, mos kelmasa ochiq qoldiradilar.
6. To’g’ri va noto’g’ri javoblar hisoblanib tegishli hulosa chiqaradilar.
Kutiladigan natija: Talabalar ushbu pedagogik texnologiyani amaliyotga tadbiq etishni o’rganadilar.
“Blits-o’yin” metodi.
O’qituvchi: O’yinni o’tkazish tartibi bilan tanishtiradi.
1.Talabalarga alohida – alohida tarqatma materiallar beradi va ulardan materialni sinchiklab o’rganishni talab etadi va berilgan o’n uchta harakatni ketma – ketligini belgilash kerakligini, belgilashda esa qog’ozdagi alohida ajratilgan bo’limga raqamlar bilan belgilash kerakligini tushuntiradi. Vazifa yakka tartibda bajariladi.
2. Tartib raqamlari tarqatma materialdagi «Yakka baho» bqlimiga belgilashni tushuntiradi va buning uchun 10 daqiqa vaqt beradi.
3. O’qituvchi talabalardan uch kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etishlarini so’raydi. Guruh a’zolari o’z fikrlari bilan tanishtiradilar, o’zaro tortishib, bahslashib bir-biriga ta’sir o’tkazib, o’z fikrlariga ishontirib kelishgan holda bir muqimga kelib ularga tarqatilgan qog’ozdagi «Guruh bahosi» bo’limiga raqamlar bilan belgilab chiqadilar. Bu vazifa uchun 20 daqiqa vaqt beriladi.
4. Barcha kichik guruhlar o’z ishlarini tugatgach harakatlar ketma- ketligini «To’g’ri javob» bo’limiga belgilashni so’raydi.
5.Endi «To’g’ri javob» bo’limida berilgan raqamlardan «Yakka baho» bo’limida berilgan raqamlarni (yoki aksincha), «Yakka xato» bo’limiga chiqqan farkni yozishni so’raydi. «Yakka baho» bo’limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo’shib chiqib umumiysini hisoblash kerakligini uqtiradi.
6. Xudi shu tartibda «To’g’ri javob» va «Guruh bahosi» o’rtasidagi farq kattadan kichigini ayirish orqali bajariladi, chiqarilgan farqlar soni «Guruh xatosi» bo’limiga yozib yuqoridan pastga qarab qo’shiladi va umumiy son keltirib chiqariladi.
7.O’qituvchi yakka va guruh xatolarini to’plangan umumiy sonlar bo’yicha alohida-alohida sharxlab beradi.
Talaba: Ma’lumotlarni qabul qiladi.
1.Harakatlar ketma-ketligini 10 daqiqa ichida belgilab chiqadi. (yakka).
2. Guruhlarga bo’linadi va ishlab, o’zaro tortishib fikrlashadilar, bir-birlariga ta’sir o’tkazib, «Guruh bahosi» bo’limiga tartib raqamlarini kqo’yadilar.
3. «To’g’ri javob» bo’limini to’ldirib chiqadilar.
4. Yozib olgan «To’g’ri javob» bo’limida berilgan raqamlardan «Yakka xato» bo’limida berilgan raqamlarni ayiradilar. «Yakka baho» bo’limidagi sonlarni yuqoridan pastga qarab qo’shib chiqadilar.
5. Xudi shu harakatni «Guruh bahosi» bo’limi bilan bajaradilar.
6. Natijani o’qituvchi tahlili orqali bilab oladilar.
Kutiladigan natija: Talabalar Blits-o’yin texnologiyasini amaliyotga tadbiq etishni o’rganadilar.
“F S M U” metodi.
O’qituvchi: Texnologiyani o’tkazish bosqichlari haqida ma’lumot beradi.
1.Talabalarga mavzuga oid bulgan biran bir tushunchani belgilab olishni taklif etadi.
2.Har bir talabaga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog’ozlarni tarqatadi.
F – fikringizni bayon eting.
S – fikringizni bayoniga sabab ko’rsating.
M – ko’rsatgan sababingizni isbotlab misol keltiring.
U – fikringizni umumlashtiring.
Har bir talaba yakka tartibda tarqatilgan qog’ozdagi FSMU ning to’rt bosqichini o’z fikrini yozma bayon etgan holda to’ldiradi.
3.Talabalardan kichik guruhlarga bo’linishlarini iltimos qilinadi. Guruhlarda yuqoridagi harakat katta farmatdagi qog’ozlarda amalga oshiriladi.
4.Kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi o’zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o’tadi. Guruh a’zolari barcha fikrlarni o’rgani ularni umumlashtiradilar va himoyaga tayyorlanishlarini tushuntiradi.
5.Guruh a’zolaridan bir vakil fikrlarni himoya qiladi.
6. O’qituvchi tomonidan trening yakunlanadi kerakli hulosalar chiqariladi.
Talaba: Texnologiyani o’tkazish yo’llarini tushunib oladi. Material bilan tanishib chiqadilar.
2. Avval yakka tartibda ishlaydilar so’ng kichik guruhlarga bo’linadilar.
3. Guruhlarda tushuntirilgan harakatlar katta farmatdagi qog’ozlarda amalga oshiriladi.
4.Kichik guruhlarda avval har bir tinglovchi o’zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtiradi. Guruh a’zolari barcha fikrlarni o’rgani ularni umumlashtiradilar va himoyaga tayyorlanadilar.
5.Guruh a’zolaridan bir vakil fikrlarni himoya qiladi.
6. Bildirilgan mulohazalar tahlil etiladi, kerakli ma’lumotlar bilan to’ldiriladi kerakli hulosalar chiqariladi va trening yakunlanadi.
Kutiladigan natija: Talabalar texnologiyani amaliyotga tadbiq etishni o’rganadilar.
Namuna. FSMU texnologiyasi
(F)-Fikringizni bayon eting.
(S)-Fikringiz bayoniga biron sabab ko’rsating.
(M)-Ko’rsatilgan sababni tushuntiruvchi misol keltiring.
(U)-Fikringizni umumlashtiring.
Ushbu texnologiya tinglovchilarni o’z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o’z fikriga boshqalarni ishontirishga, oshkora bahslashishga, egallangan bilimlarni tahlil qilishi, ularni qay darajada egallaganini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o’rgatadi.
“Muammoli vaziyat” metodi.
O’qituvchi: Texnologiyani o’tkazish yo’llarini tushuntiradi va tarqatma materiallar tarqatadi.
2. Muammoli vaziyatning foydali va muammoli tomonlari ko’rib chiqiladi.
3. Haqiqiy muammo tanlab olinib va o’qituvchi ko’rsatmasi bilan kichik guruhlarga bo’linishlari iltimos qilinadi.
4. Har bir guruhga ma’lum bir muammoni belgilab beradi.
5. Guruhlar o’z fikrlarini yozma ravishda bayon etishlari uqtiriladi, himoyaga chiqishlari tashkillashtiriladi.
6. O’qituvchi fikr mulohazalarni taxlil etadi, natijani belgilaydi.
Talaba: Texnologiyani o’tkazish yo’llarini tushunib oladi.
2. Muammoli vaziyatning foydali va muammoli tomonlarini tahlil etadi.
3. Haqiqiy muammo tanlab olinib va o’qituvchi ko’rsatmasi bilan kichik guruhlarga bo’linadilar.
4. Har bir guruhga ma’lum bir muammoni tanlab oladi.
5. Guruhlar o’z fikrlarini yozma ravishda bayon etadilar va himoyaga chiqadilar.
6. Fikr mulohazalarni tahlil etadilar va natijani qo’lga kiritadilar.
Kutiladigan natija: Talabalar texnologiyani amaliyotga tadbiq etishni o’rganadilar.
Namuna. Guruh ikki qismga ajratiladi.
1 - guruh (o’ng tomon) istilo salbiy oqibatlari mustamlakachilik mazmun mohiyatini ko’rsatib beruvchi guruh.
2 - guruh (chap tomon) xalifalik tarkibiga kirgan Movarounnahr o’lkasi uchun uning ijtimoiy - iqtisodiy va ma’naviy sohadagi ta’sirini qo’llovchi guruh.