«Kaskad» texnikasi
“Kaskad” ni tuzish jarayonida sistemali sxemaning elementlari va tarkiblarini ilgari surish mumkin. Bu esa uning holatini qayta o’ylab ko’rishga imkon beradi.
Siz g’oyani ishlab chiqishda boshi berk ko’chaga qirib qolsangiz, bir-ikki qatlam tepaga qayting va qarang, muhim narsani esdan chiqarmadingizmi, boshqacha yo’l tutish mumkinmi.
Siz chapdan o’ngga yozishga o’rganib qoldingiz. “Kaskad” ni o’ngdan chapga chizishga harakat qiling.
Kaskad texnikasining qoidasi
Ierarxik g’oyalarni tarkibini namoyish etish imkonini beradi. Asosiy maqsad: ijodiy va tahliliy fikrlashni faollashtirish.
To’ldiring!
“Insert” metodi.
O’qituvchi: -Talabalarni yangi mavzu bilan tanishtiradi.
-Ularga mavzuni qisqacha bayoni tushurilgan tarqatma materiallarni beradi;
Talabalardan matn bilan tanishish jarayonida mahsus belgilar yordamida –“V”- tanish ma’lumot; - “+”- yangi ma’lumot “?”- bu ma’lumot men uchun tushunarsiz;
Belgilangan vaqtdan so’ng belgilar tahlil qilinadi;
Yakuniy xulosa shakllantiriladi.
Talaba: -Matn bilan yaqindan tanishadi va mahsus belgilar orqali o’z bilim, ko’nikma va malakalarini ifodalaydi;
O’z-o’zini baholaydi.
Kutiladigan natija: Talabalar yangi mavzu bilan tanishadilar, ta’lim texnologiyalarining ilmi-nazariy asoslari haqida ma’lumot oladilar.
«Insert» texnikasining qoidalari:
1. Tekstni o’qib chiqing.
2. Olingan ma’lumotni tizimlashtiring.
3. Har bir qatorga qalam yordamida belgilar qo’ying.
V – ma’lumotlar mavzuga oid bilimlarimga to’g’ri keladi.
+ – yangi ma’lumotdir.
- – olgan bilimlarimga to’g’ri kelmaydi.
? – meni o’ylantirib qo’ydi, bu masala yuzasidan qo’shimcha ma’lumotlar kerak.
«Insert» jadvali
Javob variantlari
|
V
|
+
|
-
|
?
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
V – bilaman.
+ - yangi ma’lumot.
- - bilganlarimga zid.
? – meni o’ylantirmoqda.
“Debat” usuli.
O’qituvchi: Yangi mavzuni tushuntirishdan avval talabalarga quyidagi muammoli vaziyatni og’zaki bayon etadi.
Muammoli vaziyat:
O’zbekiston tarixi fanidan yangi o’qituvchi darsga kirdi. Mavzuni tushuntirar, lekin daftardan ko’zini uzmas edi. O’qituvchi mavzuni doskaga yozib tushuntirayotganida o’quvchilar uni daftarini berkitib qo’yishdi. O’qituvchi qarasa daftar joyida yo’q, u mavzuni davomini aytolmay qoldi...
- Talabalardan mazkur muammoli vaziyatni kelib chiqishiga sabab bo’lgan holat so’raladi va u tahlil qilinadi, ya’ni muammoli vaziyat, o’quv muammosi, o’quv muammosini yechish uchun izlanish, yechim tartibida;
- Fikrlar umumlashtirilib, yangi mavzuni bayonini boshlaydi.
Talaba: - Muammoli vaziyatni tahlil qilib, o’z munosabatini bildiradi;
- Fikrlarini misol va sabablar orqali tushuntiradi.
Kutiladigan natija: Talabalar muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali muammoli o’qitish, uni tashkil etish bosqichlarini o’rganadilar.
“Klaster” metodi.
O’qutuvchi: - Talabalarni yangi mavzu bilan tanishtiradi;
Doskaga “o’yin” so’zini yozadi.
1. Nimaniki o’ylagan bo’lsangiz, shuni qog’ozga yozing. Fikringizni sifati to’g’risida o’ylab o’tirmay ularni shunchaki yozib boring;
2. Yozuvingizni orfagrafiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang;
3. Berilgan vaqt nihoyasiga yetmaguncha yozishdan to’xtamang. Agar ma’lum muddat biron bir g’oyani o’ylay olmasangiz u holda kog’ozga biror narsani rasmini chiza boshlang. Bu xarakatni yangi g’oya tug’ulgunga qadar davom ettiring;
4. Muayyan tushuncha doirasida imkoniyat qadar ko’proq yangi g’oyalarni yig’indisining sifati va ular o’rtasidagi aloqalarni ko’rsatishni cheklamang.
Talaba: Hamma tushunchalarni qabul qiladi.
1. Nimaniki o’ylagan bo’lsa, shuni qag’ozga yozadi;
2. Yozuvlarning orfagrafik, grammatik jixatlariga e’tibor bermaydi;
3. Berilgan vaqt nihoyasiga yetmagunga qadar o’z fikrini davom ettiradi;
4. Muayyan tushuncha yuzasidan ko’proq ma’lumotlarni yoritishga harakat qiladi;
Texnologiya nihoyasiga yetgach o’qituvchi boshchiligida tahlil qilinadi.
Kutiladigan natija: Talabalar o’yinli texnologiyalarning mazmuni, mohiyati, vazifalari, turlari bilan tanishadilar.
“Burchaklar” metodi.
O’qituvchi: 1. Doskaga “Talabalarni tanqidiy fikrlashni rivojlantirish kerakmi?” degan mulohazani yozadi;
2. Talabalardan mazkur mulohazaga nisbatan munosabatlarini “ha” yoki “yo’q”, “bilmayman” tartibida bildirishlari so’raladi, albatta o’z munosabatini izohlab berish lozim bo’ladi;
3. Talabalardan munosabatlari so’raladi va asoslab berish talab qilinadi;
4.Munosabatlar tinglangach bugungi yangi mavzu bilan tanishtiradi va mavzuni yoritib beradi;
5. Dars yakunlanishiga 10 daqiqa qolgach talabalardan eshitgan ma’lumotlaridan kelib chiqib fikrlari o’zgargan yoki o’zgarmaganligi so’raladi;
6. Umumiy xulosa shakllantiriladi.
Talaba: 1. Berilgan muhokamaga nisbatan o’zining yakuniy munosabatini bildiradi;
2. Yangi mavzu bilan tanishadi;
3. Olgan ma’lumotlarni tahlil qilib o’zining yakuniy munosabatini shakllantiradi.
Kutiladigan natija: Talabalar tanqidiy fikrlashni rivojlantiruvchi texnologiyalar, uning funktsiyalari, ta’lim jarayonida qo’llash yo’llari bilan tanishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |