Xususiylashtirish - mulkka egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishi.
Hamkorlik siyosati – xalqaro siyosat sub’ektlarining birgalikdagi siyosiy harakatlarda vujudga keladigan masalalar yuzasidan yagona nuqtai nazarlarni ishlab chiqishida ifodalanuvchi munosabat turlaridan biri. Unga ko’ra tomonlar o’z faoliyatining asosiy yo’nalishlarida mustaqillikni saqlab qolgani holda qarashlar mos tushuvchi amaliy masalalarda birgalikda faoliyat ko’rsatadilar. Masalan, gitlerchi Germaniyasiga qarshi davlatlar hamkorligi.
Harakat - ma’lum maqsadlarga erishishga yo’nalgan ijtimoy-siyosiy faoliyat; birlashma, tashkilot.
Huquq - davlat qonunlari bilan beriladigan erkinlik, harakat qilish imkoniyati, nimanidir amalga oshirish yoki nimadandir foydalanish, nimagadir egalik qilish; jamiyatdagi munosabatlarni, kishilar va ularning harakati va xulqini muvofiqlashtirish, davlat va jamiyat organlarini yashashini ta’minlashga imkoniyat berish maqsadlarida davlat tomonidan o’rnatilgan va himoya qilinadigan umum majburiy ijtimoiy me’yorlar va qoidalar.
Huquqiy davlat - huquq, Konstitutsiya va Qonun hukmronlik qiladigan davlatdir. Davlat va uning institutlari, mansabdor shaxslar jamiyat va fuqaro oldidagi o’z ma’suliyatlarini his qilishlari, o’z navbatida jamiyat va fuqaro, uning tashkilotlari davlat oldidagi ma’suliyatlarini his qilishlari kerak. Bu ma’suliyatni oshirish orqali huquqiy demokratik davlat shakllantiriladi va rivojlantiriladi hamda bu jarayon uzoq muddatni talab etadi.
Huquqiy madaniyat – umumiy madaniyatning muhim qismi. Huquqiy madaniyat tarixan asta – sekin shakllangan ijtimoiy voqea bo’lib, hozirgi davrda ilg’or huquqiy davlatlarning va ularning fuqarolarining zaruriy xislati va taraqqiyot omiliga aylangan.
SHok terapiyasi (iqtisodiyotda) – iqtisodiyotni sog’lomlashtirishga yo’naltirilgan qator salbiy oqibatlarni (narxlarning o’sishi, inflyatsiya, bandlikning pasayishi va shunga o’xshash boshqa holatlar) o’z ichiga oluvchi radikal chora-tadbirlar majmuasi.
Evolyutsiya (lotin tilidan tarjimasi – boshlash, vujudga kelish) – tizimning rivojlanish jarayonini anglatadigan tushuncha bo’lib, birinchi galda jamiyatga xosdir. Unga ko’ra, jamiyatda asta-sekin yuz berayotgan o’zgarishlar tizimga, uning tuzilmalari tashkil qilinishi va funktsiyalari sifatli o’zgarishiga olib keladi.
Egalitarizm - fran. egalite-tenglik; umumiy tenglashtirishni jamiyatni tashkil etishning printsipi g’oyasiga asoslangan ijtimoiy-siyosiy fikr yo’nalishlaridan biri.
Elat - bir tilda so’zlashuvchi, o’ziga xos madaniyati mavjud bo’lgan va ma’lum hududda yashaydigan hamda muayyan maqsad asosida birlashgan va o’z tuzilmasiga ega bo’lgan ijtimoiy-tarixiy birlik tushuniladi. Elat— kishilarningtil, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan tarkib topgan birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |