Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom



Download 0,53 Mb.
bet1/13
Sana18.02.2022
Hajmi0,53 Mb.
#455671
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
EKO 14-19 guruh jurnali (7) (2) (4)


Filial direktorining 2021-yil
____ -oktabrdagi _______-son buyrug‘iga
1-ilova


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida
NIZOM

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi 824-son hamda “Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-sentabrdagi 563-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish tartibi va yo‘nalishlarini belgilab beradi.




I. Umumiy qoidalar
2. Ushbu Nizom Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida talabalar bilan ishlashning yangi tizimi – tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi, tyutorlikning maqsad-vazifalari, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
3. Tyutor – bu talabalarga nafaqat bilim berish, balki, uning maqsadga erishishi uchun mustaqil ravishda harakat qilishga o‘rgatadigan, o‘z kamchiliklari ustida ishlashga, ajdodlar tajribasini amalda qo‘llashga da’vat etadigan, ta’lim va tarbiya jarayonini birgalikda olib borishda bog‘lovchi vazifasini o‘taydigan yuksak kompetensiyaga ega bo‘lgan shaxs hisoblanadi.
Tyutor talabalarning shaxsiy rivojlanishini yo‘naltiradi va ularning turli respublika hamda xalqaro tanlovlardagi munosib ishtiroki borasidagi faoliyatiga ko‘maklashadi, shuningdek ularni kasbga yo‘naltirish borasida qo‘llab-quvvatlaydi.
Tyutor talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni insonparvarlik, adolat, mehnatsevarlik, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularning ongida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va ma’naviy dunyoqarashini rivojlantirishda ko‘makchi, yo‘l ko‘rsatuvchi vazifasini bajaradi.
Tyutor o‘z faoliyatida amaldagi qonun hujjatlari, filial ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda ushbu nizomga rioya etadi.
4. Quyidagi holatlarda tyutorlik faoliyatini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi:
filial tomonidan tyutor etib belgilanmagan shaxslar tomonidan tyutorlik faoliyatini amalga oshirish;
belgilangan me’yor va talablarga javob bermaydigan, bilim va tafakkur doirasi tyutorlik kasbiga munosib bo‘lmagan mutaxassislarni tyutorlik lavozimiga tayinlash;
5. Filialda tyutorlar faoliyatiga umumiy rahbarlikni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar amalga oshiradi.



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish