3.3. Elektr stansiya va stansiyalardagi elektr energiyani uzatish sxemasi
Elektr energiyani uzatish sxemasi asbob-uskunalar tarkibidan (generator, transformatorlar soni) va turli kuchlanishdagi taqsimlash qurilmalari (TQ) o‘rtasida yuklamaning taqsimlanishiga bog‘liq.
IEM da elektr energiyani uzatishning struktura sxemasi 2-rasmda ko‘rsatilgan. Odatda bunday stansiyalar 6-10 kV li generator kuchlanishidagi iste’molchilarga ega bo‘lib, bosh taqsimlash qurilmasi (BTQ) qurishni taqozo etadi. Elektr tizim bilan bog‘lanish 110, 220 kV li yuqori kuchlanish liniyalari orqali amalga oshiriladi, shuning uchun IEM da BTQ dan tashqari yuqori kuchlanishli taqsimlash qurilmasi (YuK TQ) quriladi.
Agar IEM yaqinida energiya ko‘p sarf qiladigan korxona mavjud bo‘lsa, u holda ularni 35 va undan yuqori kV li liniyalar orqali ta’minlash mumkin. Bu holda IEM da o‘rta kuchlanishli taqsimlash qurilmasi (O‘K TQ) nazarda tutiladi (2(b)-rasm).
2- rasm. IEM ning elektr energiya berish struktura sxemasi.
I EM ga 100, 250 MVt li kuchli generatorlar o‘rnatilganda, ularni BTQga ulash maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Bu q.t. toklarining ancha ortishiga, binobarin, BTQning hamma apparaturasining og‘irligi bilan tannarxining oshishiga olib kelgan bo‘lardi. Bundan tashqari, ma’lumki, kuchli generatorlar
1 3,8-20 kV li nominal kuchlanishga ega bo‘lib, iste’molchilar esa BTQdan, odatda, 6-10 kV li kuchlanish bilan ta’minlanadi. Bularning hammasi IEMning kuchli generatorlarini yuqori kuchlanishli TQ ga generator - transformator bloki sxemasi bo‘yicha bevosita ulashni - maqsadga muvofiq qiladi (2(v)-rasm).
Turli kuchlanishdagi taqsimlash qurilmalari bir-biri bilan ikki chulg‘amli yoki uch chulg‘amli transformatorlar (avtotransformatorlar) orqali bog‘lanadi.
3-rasm. Kuchli elektr stansiya (IES, GES, AES) larning elektr energiya berish struktura sxemasi.
3-rasmda elektr stansiya (IES, GES, AES) larning elektr energiyani asosan oshirilgan kuchlanishda berishining sxemasi berilgan.
Bunday elektr stansiyalarning yaqinida iste’molchilarning bo‘lmasligi, generator kuchlanishidagi taqsimlash qurilmalarini qurmaslikka imkon beradi. Har bir generator, ko‘pincha, generator kuchlanishidagi o‘chirgich o‘rnatmay, bevosita oshiruvchi transformator bilan biriktiriladi. Bunday ulash blokli ulash deb yurytiladi. Generator - transformatr bloklarining parallel ishlashi yuqori kuchlanishda amalga oshirilib, bunda taqsimlash qurilmasi ko‘zda tutiladi (3-rasm). Agar elektr energiya yuqori va o‘rta kuchlanishda uzatilsa, u holda ular orasidagi bog‘lanish aloqa transformatori (avtotransformatori) (3(b)-rasm) yoki generator blokiga ulangan avtotransformator (3(b)-rasm) orqali bo‘ladi.
Ikki chulg‘amli transformatorlari bo‘lgan podstansiyada elektr energiyani qabul qilish va uni iste’molchilarga uzatish sxemasi 2(a)-rasmda ko‘rsatilgan. Elektr energiya elektr tizimdan podstansiyaning yuqori kuchlanishli TQ ga kelib, transformatsiyalanadi va iste’molchilar orasida past kuchlanishli TQ da taqsimlanadi.
Uzelli podstansiyalar iste’molchilarni ta’minlabgina qolmay, balki elektr tizimning ayrim qismlarini bir-biriga ulaydi. Bunday hollarda podstansiyada PK TQ dan tashqari, yuqori va o‘rta kuchlanishdagi TQ quriladi va uch chulg‘amli transformatorlar yoki avtotransformatorlar o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |