O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
STANSIYA VA PODSTANSIYALARNING ELEKTR JIHOZLARI
fanidan kurs loyihasini bajarish uchun
uslubiy qo‘llanma
TOSHKENT - 2017
УДК 621.316(075)
Tuzuvchilar: kat.o‘q. Shamsutdinov H.F., ass. Pulatov B.M., ass. Hasanov M.Yu. – “Stansiya va podstansiyalarning elektr jihozlari” fanidan uslubiy qo‘llanma - Toshkent, ToshDTU, 2017. 80 b.
Ushbu uslubiy qo‘llanmada kurs loyihasi bo‘yicha kerakli nazariy ma’lumotlar, topshiriqlar, ularni bajarish tartibi hamda katalog ma’lumotlar keltirilgan.
Uslubiy qo‘llanma “5310200-Elektr energetika” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, keltirilgan kurs loyihasi majmui mazkur fanning na’munaviy dasturiga muvofiq keladi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy – uslibiy kengashi qaroriga muvofiq chop etildi.
Taqrizchilar:
|
Taslimov A.D.
|
Toshkent davlat texnika universiteti «Energetika» fakulteti «Elektr ta’minoti» kafedrasi mudiri.
|
Xudoyarov M.B.
|
«Energetika va avtomatika» institutining katta ilmiy xodimi, t.f.n., dots.
|
© Toshkent davlat texnika universiteti, 2017
KIRISH
“Biz yangi davlat, yangi jamiyat qurayotgan ekanmiz, bu tizimda ijtimoiy-siyosiy munosabatlar, odamlarning ongi va tafakkuri ham o‘ziga xos, shu bilan birga, mutloqo yangicha ma’no kasb etishi shubhasiz”[1].
Elektr qurilmalari deganda, elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, transformatsiyalovchi, uzatuvchi, taqsimlovchi, boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi, tok turini, chastotasini va fazalar sonini o‘zgartiruvchi mashinalar, apparatlar, liniyalar va qo‘shimcha jihozlar tushuniladi.
Ishlatilishi bo‘yicha elektr qurilmalari quyidagilarga bo‘linadi:
elektr energiyasini ishlab chiqaruvchilar – elektr generatorlari;
o‘zgartiruvchi va taqsimlovchilar – transformator podstansiyalari, o‘zgaruvchan tokni o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka yoki boshqa chastota tokka aylantiruvchi uskunalar;
elektr tarmoqlari;
iste’molchilar – elektr qabul qiluvchilar.
Elektr iste’molchilari deganda elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylantiruvchi agregatlar, mexanizmlar, qurilmalar tushuniladi.
Mazkur uslubiy qo‘llanma na’munaviy va ishchi dastur talablariga muvofiq yozilgan bo‘lib, Christophe Preve ning “Protection of electrical networks” nomli adabiyotdan bevosita foydalanildi.Uslubiy qo‘llanmada elektr stansiyalari va podstansiyalarining bosh va almashtirish sxemalari, hamda qisqa tutashuv toklarini hisoblash, elektr ta’minoti va taqsimlash qurilmalari, kuch transformatorlari, kommutatsiya va o‘lchov elektr jixozlarlari, tok o‘tkazgich shinalar, podstansiyalar o‘z-ehtiyoj energiya iste’moli qurilmalari, yashindan himoya kabi elektr apparatlarini tanlashga oid ko‘rsatmalar tahlil etilgan.
Qisqartmalar
OTQ-ochiq taqsimlash qurilmasi
TQ-ochiq taqsimlash qurilmasi
BTQ- bosh taqsimlash qurilmasi
YuK TQ- yuqori kuchlanishli taqsimlash qurilmasi
HL-havo liniyalari
A-ajratgich
B-bo‘lgich
U-uzgich
T-transformator
AT-avtotransformator
QT-qisqa tutashtirgich
ZO‘ET-zaxira o‘z ehtiyoj transformatori
O‘ET- o‘z ehtiyoj transformatori
Do'stlaringiz bilan baham: |