Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali 11-21 tmj guruh talabasi ubaydullayeva diyoraning “payvandlashning asosiy uslublari” fanidan tayyorlagan mustaqil ishi
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QO‘QON FILIALI 11-21 TMJ GURUH TALABASI UBAYDULLAYEVA DIYORANING “PAYVANDLASHNING ASOSIY USLUBLARI” FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI.
2. Anri Lui Le Shatel’e yaratgan payvandlash usuli
3.
III. XULOSA:
I. KIRISH:
Eramizdan 8-7 ming yil oldin eng sodda payvandlash usullari mavjud bo‘lgan. Asosan mis buyumlar payvandlanar edi, mis avval qizdirilib, so’ng bosim bilan payvandlanar edi. Mis, bronza, qo’rg’oshin kabi metallardan buyumlar tayyorlashda, o’ziga xos quyma payvandlash bilan bajarilar edi. Birikadigan detallar qoliplanib, qizdirilar edi va tutashadigan joyiga oldindan tayyorlangan erigan metal quyilar edi. Temir va uning qotishmalaridan buyumlarni tayyorlashda temirchilik o’chog’ida “payvand tobi” darajasigacha qizdirb so’ng toblash natijasida buyumlar tayyorlanar edi. Bu usul temirchilik o’chog’ida payvandlash deb nom olgan. Payvandlash usullari juda sekin rivojlangan, shuning uchun ko’pgina payvandlash jihozlari, qurilmalari va texnik usullari o’zgarishi yuz yillar davomida sezilarli darajada o’zgarmagan.
FANNING RIVOJLANISH TARIXI
Texnika sohasida keskin o’zgarishlar XIX asr oxiri XX asr boshlarida sezila boshladi. 1870-yilda fransuz olimi Z.T.Gramm mexanik elektromagnit mashina uchun uzukli langar ishlab chiqdi, bu elektr generator vazifasini bajarishi mumkin, uning ishi mexanik energiyasi elektr energiyaga aylantirib beradi. 1882-yilda rus injeneri N.N.Benardos erimaydigan ko’mir elektrod bilan elektroyoyli payvandlash usulini ixtiro qildi. O’zining ixtirosiga N.N.Bernados “Elektrogefest” nomini berdi. 1886-yilda u “Elektr tok ta’siri yordamida metallarni biriktirish va ajratish usullari” ga rus patentini oldi. Shuning bilan birga N.G.Slavyanov eriydigan metall elektrod bilan yoyli payvandlashni taklif etdi va bu XX asr boshlarida elektr yoyli payvandlash usuli metallarni biriktirishda yetakchi sanoat usuli bolib kelmoqda.
ANRI LUI LE SHATEL’E YARATGAN PAYVANDLASH USULI
Fransuz olimi Anri Lui Le Shatel’e gaz aralashmalarini yonishini tadqiqot qilish natijasida gaz yordamida payvandlashni ishlab chiqdi. 1895-yilda u fransuz fanlar akademiyasiga atsetilin va kislorod aralashmasi yordamida yuqori haroratli alanga hosil qilish haqida hisobot berdi. XX asr boshlarida birinchi marta yonuvchi gazlarni kislorod aralashmasida payvandlash uchun qo;llab ko’rdi. Birinchi asitilien-kislorod gorelkasi konstruksiyasini Edmon Fushe ishlab chiqdi, unga Germaniyada 1903-yilda patent oldi. 1904-yilda Fransiyada kesish uchun atsetilin-kislorod gorelkasini qo’llashni sinab ko’rishdi. Birinchi bo’lib gaz yordamida payvandlash 1906-yilda Moskva texnika o’quv yurtiga amalga oshirildi. 1911-yildan boshlab Rossiyada avtogen ishi rivojlanish pioneri bo’lib Peterburgdagi “Perun” zavodi hisoblanadi, bu zavodda gaz payvanlash va kesish uchun
Aparatura tayyorlanadi va gaz payvandchilar o’qitilishi boshlagan edi. Elektr yoy yordamida payvandlash, mexanizatsiyasi, avtomatizatsiyasi jarayonlari sohasida asosiy xizmatlar ukrainalik olim alademik E.O.Patonga tegishli. Ikkinchi jahon urushi davrida flyus ostida avtomatik payvandlash mudofaa zavodlarida tank va artelleriya qurollarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega edi.
Aparatura tayyorlanadi va gaz payvandchilar o’qitilishi boshlagan edi. Elektr yoy yordamida payvandlash, mexanizatsiyasi, avtomatizatsiyasi jarayonlari sohasida asosiy xizmatlar ukrainalik olim alademik E.O.Patonga tegishli. Ikkinchi jahon urushi davrida flyus ostida avtomatik payvandlash mudofaa zavodlarida tank va artelleriya qurollarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega edi.
Metallarga gaz alangasida ishlov berishda metallarni gaz-termik kesish yetakchi o’rin egallaydi. Gaz-termik kesishni qo’llamasdan turib bir qator muhim konstruksiyalarni bajarish mumkin emas, ular kimyo, naft va energetika mashinasozligi va apparatsozliklardir hamda boshqa sohalarda ham gaz-termik kesishsiz iloji yo’q. Gaz bilan payvandlashga jihozlar va texnologik usullar bilan yondosh (gaz-kislorod alanga metallni qizdirish manbai bo’lib xizmat qiladigan) jarayonlar ham keng qo’llaniladi.